O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risida” 2009-yil 30-oktabrdagi 1083-I-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risida” 2009-yil 4-dekabrdagi 693-I-son qaroriga muvofiq:
2010-yilda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi 1-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining, Respublika yo‘l jamg‘armasining, budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasining, Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasining 2010-yilgi asosiy parametrlari 3 — 6-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
2. 2010-yilgi Davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.
Belgilab qo‘yilsinki, Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish respublika budjeti mablag‘larining 2010-yil boshidagi bo‘sh qoldiqlari va boshqa qadrsizlanmaydigan manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
* 8-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarga belgilab qo‘yilgan soliq stavkalari 10-ilovaga* muvofiq;
* 10-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ga belgilab qo‘yilgan soliq stavkalari 11-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromad solig‘i stavkalari 10 foiz miqdorida;
respublikada ishlab chiqariladigan va ro‘yxat bo‘yicha chetdan keltiriladigan aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari 12-1 va 12-2-ilovalarga* muvofiq;
* 13-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
* 14-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
* 16-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
* 19-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
* 20-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
* 21-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar va yig‘imlar stavkalari 22 va 23-ilovalarga* muvofiq;
24-ilovada* belgilangan soliqqa tortish obyektlarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga 1,5 foiz miqdorda va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz miqdorida;
* 24-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
mablag‘larni budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi o‘rtasida 25-ilovada* keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlagan holda yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 25 foiz miqdorida;
* 25-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ularning mehnat haqi daromadlaridan majburiy sug‘urta badallari stavkasi 4 foiz miqdorida tasdiqlansin.
o‘simlik yog‘i va alkogol mahsulotlar bo‘yicha aksiz solig‘i to‘la hajmda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi;
jismoniy shaxslarning mulk solig‘ini hisoblab chiqarishda mulkka egalik huquqi bilan jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan soliqqa tortiladigan mulkning inventarizatsiya qiymati 1,1 miqdoridagi koeffitsiyentni hisobga olgan holda qaytadan hisoblab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
yagona soliq to‘lovi tushumlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda Davlat budjeti, Respublika yo‘l jamg‘armasi, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasi o‘rtasida taqsimlanadi;
O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyat olib boruvchi norezidentlar davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish chog‘ida muhr eskizlarini keyinchalik tasdiqlash uchun taqdim etadilar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarida talab qilib olinadigan depozit hisobvaraqlarini ochadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori 4-bandining;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2001-2002 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida” 2001-yil 12-iyundagi 250-son qarori 9-bandining amal qilish muddati 2015-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2010-yilgacha bo‘lgan davrda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007-yil 21-maydagi PQ-640-son qarori 6-bandi ikkinchi xatboshisining amal qilishi 2010-yilning 1-yanvaridan boshlab soliq konsultantlari tashkilotlari — kichik korxonalar va mikrofirmalarga tatbiq etilsin.
14. Mahalliy davlat hokimiyati va davlat boshqaruvi organlarining barcha darajalardagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidagi ulushini ko‘paytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari:
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq;
yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq;
respublikada ishlab chiqariladigan pivo va o‘simlik yog‘iga aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar to‘liq miqdorda mahalliy budjetlar daromadlariga o‘tkaziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromad va xarajat hajmlari, respublika budjetidan dotatsiyalar va subvensiyalarning cheklangan miqdorlari 26-ilovaga* muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 27-ilovaga* muvofiq;
respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari 28-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda joylarda yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va amalda ishlab turganlarini rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlantirilishini rag‘batlantirish yo‘li bilan aholi bandligini oshirish, shuningdek budjet tashkilotlarining xarajatlari va tarmoqlarini maqbullashtirishni nazarda tutgan holda mahalliy budjetlarning dotatsiyaga muhtojligini kamaytirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni davom ettirsin.
tegishli budjetlarga dotatsiyalar, subvensiyalar va ssudalar (daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar bo‘yicha barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq tushishidan, shuningdek, hisoblab yozilgan ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining birinchi navbatdagi xarajatlarini so‘zsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish;
respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti hamda Andijon, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari mahalliy budjetlariga beriladigan daromadlarning tasdiqlangan hajmlariga ushbu hududlarda shakllanadigan soliq tushumlarini hisobga olib, daromadlar va xarajatlar o‘rtasida vujudga keladigan kassa bo‘yicha tafovutlarni o‘zaro hisob-kitob qilish orqali tartibga solgan holda aniqlashtirishlar kiritish huquqi berilsin.
17. 2010-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining zaxira jamg‘armalari miqdorlari 29-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2010-yildan boshlab bir nafar o‘quvchiga (tarbiyalanuvchiga) xarajatlarning bazaviy me’yorlaridan kelib chiqqan holda maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining budjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirish tartibini respublikaning barcha hududlaridagi mazkur muassasalarga tatbiq etsin hamda budjetni rejalashtirish va moliyalashtirishning yangi tartibiga o‘tkaziladigan har bir budjet tashkilotiga moliyalashtirish me’yorlari yetkazilishini ta’minlasin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Moliya vazirligining 2010-yil 1-yanvardan boshlab O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining markazlashtirilgan buxgalteriyalarini tugatish va ularning negizida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tuzilmasida 2 tadan shtat birligiga ega bo‘lgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini moliyalashtirish shu’balarini;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari tuzilmasida 2 tadan shtat birligiga ega bo‘lgan moliya-buxgalteriya xizmatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
bir oy muddatda ixtisoslashtirilgan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari (guruhlari)ni xatlovdan o‘tkazsin va amaldagi talab-ehtiyojga hamda tarbiyalanuvchilarning tegishli kontingenti mavjudligiga qarab, ularning faoliyatini tanqidiy tahlil qilsin;
xatlov natijalariga ko‘ra 2010-yilning 1-martiga qadar ixtisoslashtirilgan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari (guruhlari) tarmog‘ini maqbullashtirish hamda mazkur muassasalarning rahbar va pedagog xodimlarini rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
22. 2010-yilning 1-sentabridan boshlab, tegishli sarf-xarajatlarni budjet mablag‘lari va qisman — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida ota-onalarning har oy to‘laydigan mablag‘i hisobidan moliyalashtirilgan holda olimpiya zaxiralari kollejlarining o‘quvchilari uchun bepul (imtiyozli) ovqatlanish joriy qilinsin. Bunda har bir olimpiya zaxiralari kollejida o‘quvchilar umumiy kontingentining 30 foizidan oshmaydigan miqdorda kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan o‘quvchilarning ota-onalari pul to‘lashdan ozod qilinishlari nazarda tutilsin.
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi 2010-yilning 1-apreliga qadar olimpiya zaxiralari kollejlarida bepul (imtiyozli) ovqatlanish sarf-xarajatlarini qisman qoplashga ota-onalar tomonidan pul to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqib, shuningdek ovqatlanish normalari va o‘quvchilarni bepul (imtiyozli) ovqat bilan ta’minlash nazarda tutilgan olimpiya zaxiralari kollejlari ro‘yxatini tuzib, belgilangan tartibda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2010-yilning 1-yanvaridan boshlab, belgilangan tartibda:
fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar o‘rniga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul to‘lovlarini;
bola tug‘ilganida beriladigan bir yo‘la nafaqalarni Davlat budjeti mablag‘laridan moliyalashtirishni ta’minlasin.
24. 2010-yilga shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar to‘lash ish beruvchilar hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar to‘lash tegishli budjetlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishini ta’minlasin.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiktisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli Qaroriga muvofiq 24-bandning amal qilishi 2013-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilgan.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga muvofiq 24-bandning amal qilishi 2015-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilgan.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli qaroriga muvofiq 24-bandning amal qilishi 2016-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilgan.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli qaroriga muvofiq 24-bandning amal qilishi 2017-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda 2010-yildan boshlab bojxona to‘lovlari bo‘yicha tushumlarning g‘aznachilik hisobvarag‘iga o‘tkazilishi tartibini joriy etish tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlasin;
vazirliklar va idoralarning barcha budjetdan tashqari jamg‘armalari, shu jumladan budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘lariga nisbatdan Davlat budjetining g‘aznachilik ijrosi tartibi joriy etilsin;
bir oy muddatda vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar va soliqqa doir bo‘lmagan to‘lovlar, ma’muriy hamda moliyaviy sanksiyalar ajratmalarining Davlat budjetiga kelib tushadigan ulushini proporsional oshirgan holda, ularning 20 foizgacha kamaytirilishini hisobga olib, ajratmalar miqdorlarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
26. 2009-yilgi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2009-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy parametrlarini quyidagi hajmlarda aniqlashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:
budjet kamomadi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,5 foiz bo‘lgani holda, Davlat budjeti daromadlari 10 421,4 mlrd. so‘m, xarajatlari — 10 658,9 mlrd. so‘m miqdorida;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining daromadlari 4296,5 mlrd. so‘m (shu jumladan Davlat budjetidan dotatsiya — 230,0 mlrd. so‘m, shuningdek, 2009-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra respublika budjeti qoldiqlari hisobiga aylanma kassa naqd pulining to‘ldirilishi — 140 mlrd. so‘m) va xarajatlar — 4063,9 mlrd. so‘m miqdorida;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasining daromadlari 522,0 mlrd. so‘m va xarajatlari — 522,0 mlrd. so‘m miqdorida.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligining G‘aznachiligi budjet tashkilotlari va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2010-yilning yanvar oyida, o‘tkazilgan operatsiyalarni 2009-yilgi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirgan holda, 2009-yilgi Davlat budjeti ijrosi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalar o‘tkazsin.
27. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi har chorakda bajarilishini va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2010-yilgi ijrosini tahlil etish natijalari bo‘yicha, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjetining asosiy parametrlarini belgilangan kamomad doirasida aniqlashtirishga doir takliflar kiritsin.
28. 2010-yilning 1-yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2010-yilning 1-yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 31-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
29. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
30. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi va “O‘zspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 20-oktabrdagi PQ-204-son qarorining 8-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-sentabrdagi PF-4841-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 38-son, 442-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 5-avgustdagi PQ-1169-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi va qarorga 2-ilova.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 4-martdagi 78-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 1-dekabrdagi PQ-229-son qarorida:
“hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida hosil bo‘lgan budjet mablag‘lari tejami (kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lardan tashqari)”;
“vaqtincha foydalanilmayotgan xonalarni va davlatning boshqa mulkini chet tashkilotlarga ijaraga berishdan olingan mablag‘lar”;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-iyuldagi PF-5759-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 7-iyuldagi PQ-404-son qarorining 2-bandiga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Mintaqaviy siyosat jamg‘armasi hamda Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti uchun leksiyalar o‘qiganlik, maqolalar, axborot-tahliliy materiallar tayyorlaganlik uchun ushbu bandda ko‘rsatilgan shaxslar, Mintaqaviy siyosat jamg‘armasi hamda Fuqarolik jamiyatini o‘rganish institutining shtatdagi xodimlari tomonidan olinadigan daromadlar jismoniy shaxslar daromadlari solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5097-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 636-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va respublika avtotransporti parkini yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 14-dekabrdagi PQ-531-son qarorining 3-bandidagi “2010” raqamlari “2014” raqamlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 561-modda)
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Foydalanishga tayyor holda topshirish sharti bilan uy-joy fondini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051-son qarori 3-bandining birinchi xatboshidagi “2014-yil 1-yanvargacha” so‘zlaridan keyin “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari bilan yakka tartibda uy-joy qurish doirasida ular tomonidan amalga oshiriladigan ishlar hajmlari bo‘yicha pudrat tashkilotlari va” so‘zlari qo‘shilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari 4-bandi “k-1” kichik bandining birinchi xatboshidagi “Vatanimizda ishlab chiqarilgan” so‘zlaridan keyin “va import qilingan” so‘zlari qo‘shilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda):
11-bandning birinchi xatboshiga “(ish haqi uchun olingan avanslardan tashqari)” so‘zlari qo‘shilsin.
birinchi xatboshidagi “taqdirda” so‘zidan keyin “tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jami xarajatlarning o‘rni to‘ldirilgandan keyin” so‘zlari qo‘shilsin;
ikkinchi xatboshidagi “tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jami xarajatlar o‘rnini to‘ldirishga va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-avgustdagi PQ-5210-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2021-y., 07/21/5210/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
14. Vazirlar Mahkamasining “2001/2002 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida” 2001-yil 12-iyundagi 250-son qarorining 9-bandidagi “2010” raqamlari “2015” raqamlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Gastrol-konsert faoliyati sohasida soliq solishni va audio-video kassetalarni tarqatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 29-iyundagi 285-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 36-modda) 1-bandida:
to‘rtinchi xatboshidagi “shuningdek” so‘zi “to‘liq miqdorda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi mintaqaviy bo‘limlarining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlariga o‘tkaziladi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“konsertlar va tomosha tadbirlarini tashkil etish yuridik shaxslar tomonidan, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi beradigan bir martalik gastrol-konsert guvohnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
Bir martalik gastrol-konsert guvohnomasini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan belgilanadi.
Yig‘im mablag‘lari “O‘zbeknavo” estrada birlashmasiga tushadi va ulardan bir martalik gastrol-konsert guvohnomasini berish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashda foydalaniladi.
Faoliyatni litsenziyasiz va gastrol-konsert guvohnomasisiz amalga oshirgan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan jazo choralari qo‘llanadi”.
16. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlarining suv ta’minoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-martdagi 98-son qarori 9-bandining ikkinchi xatboshidagi “2010” raqamlari “2011” raqamlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-noyabrdagi 380-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat yuridik shaxs shaklida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari ro‘yxatiga quyidagi mazmundagi 22-band qo‘shilsin:
18. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarining 119-bandida:
“Yangi import avtomobillarni sotish faqat yuridik shaxslar — ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan amalga oshiriladi”;
19. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 3-iyuldagi 302-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 57-modda):
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “mablag‘lari” so‘zidan keyin “budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari” so‘zlari qo‘shilsin;
b) O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari to‘g‘risidagi nizomning 2-bandidagi “mablag‘lari” so‘zidan keyin “budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari” so‘zlari qo‘shilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 83-modda) bilan tasdiqlangan Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi ikkinchi xatboshidagi “budjetdan ajratmalar” so‘zlaridan oldin “budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari va” so‘zlari qo‘shilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 114-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek to‘y, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati ko‘rsatishni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda:
“Litsenziya faqat ijrochilarga — jismoniy shaxslarga va ijodiy jamoalarga — yuridik shaxslarga beriladi”;
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 11-fevraldagi PF-4275-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 9-son, 84-modda)
24. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 11-son, 103-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energiyasi iste’molchilari va energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar tartibi to‘g‘risidagi nizom 9-bandining birinchi xatboshidagi “o‘z mablag‘lari yetishmagan taqdirda, yetishmagan mablag‘larni mahalliy budjetlardan olish yo‘li bilan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
25. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda):
a) 3-bandning ikkinchi xatboshiga “ta’mirlash” so‘zidan keyin “shuningdek kreditorlik qarzlarni to‘lash” so‘zlari qo‘shilsin;
Tibbiyot muassasalari guruhlari | Moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish manbalari: | Moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘larini sarflash yo‘nalishlari | ||||
moddiy rag‘batlantirishga | moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, muassasani modernizatsiya qilish va ta’mirlash, shuningdek kreditorlik qarzlarni to‘lashga | |||||
I guruh muassasalar | Tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan umumiy budjet mablag‘larining 5 foizigacha | homiy va donor tashkilotlardan, shuningdek pulli davolash va xizmatlar ko‘rsatishdan tushayotgan mablag‘lar | budjet mablag‘larini tejash hisobiga hisobot choragining oxirgi ish kunida hosil bo‘lgan mablag‘lar (kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lardan tashqari) | vaqtincha foydalanilmayotgan binolar va davlatning boshqa mulkini chet tashkilotlarga ijaraga berishdan olingan mablag‘lar | 25% | 75% |
II guruh muassasalar | 35% | 65% | ||||
III guruh muassasalar | 40% | 60% | ||||
IV guruh muassasalar | 50% | 50% |
26. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qaroriga 2-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 51-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Faoliyat turlari | Sig‘imi (yo‘lovchi o‘rni va yuk ko‘tarish quvvati, tonna) | Avtomototransport vositasining bir birligi uchun 1 yilga davlat boji summasi (AQSh dollarida) | |
1) yo‘lovchilarni shaharda tashish | avtobuslar | 14 o‘ringacha | 50,0 |
14 o‘rindan ortiq | 100,0 | ||
mikroavtobuslar | 1 ta transport vositasi uchun | 300,0 | |
yengil avtomobillar | 4 o‘ringacha | 75,0 | |
4 o‘rindan ortiq | 125,0 | ||
2) yo‘lovchilarni shahar atrofida tashish | avtobuslar | 19 o‘ringacha | 75,0 |
19 o‘rindan ortiq | 150,0 | ||
mikroavtobuslar | 1 ta transport vositasi uchun | 300,0 | |
yengil avtomobillar | 4 o‘ringacha | 75,0 | |
4 o‘rindan ortiq | 125,0 | ||
3) yo‘lovchilarni shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tashish | avtobuslar | 21 o‘ringacha | 225,0 |
21 o‘rindan ortiq | 600,0 | ||
mikroavtobuslar | 1 ta transport vositasi uchun | 700,0 | |
yengil avtomobillar | 1 ta transport vositasi uchun | 200,0 | |
4) yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish | avtobuslar | 12 o‘rindan ortiq | 1000,0 |
mikroavtobuslar | 1 ta transport vositasi uchun | 800,0 | |
yengil avtomobillar | 1 ta transport vositasi uchun | 250,0 | |
5) yuklarni avtomobil transportida shaharda, shahar atrofida tashish | 3,5 tonnagacha | 50,0 | |
3,5 tonnadan 10 tonnagacha | 100,0 | ||
10 tonnadan 16 tonnagacha | 150,0 | ||
16 tonnadan ortiq | 200,0 | ||
6) yuklarni avtomobil transportida shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tashish | 3,5 tonnagacha | 75,0 | |
3,5 tonnadan 10 tonnagacha | 150,0 | ||
10 tonnadan 16 tonnagacha | 200,0 | ||
16 tonnadan ortiq | 250,0 | ||
7) yuklarni avtomobil transportida xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish | 1 ta transport vositasi uchun | 300,0 |