Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.05.2001 yildagi 212-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001 YIL BOShOQLI DON EKINLARI HOSILINI YIGʻIShTIRIB OLIShGA DOIR TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshoqli don ekinlari hosili oʻz vaqtida va sifatli yigʻishtirib olinishini hamda davlat ehtiyojlari uchun don sotish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalari bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilning 17-mayigacha don oʻrish kombaynlari tayyorlanishi, shuningdek don tozalash texnikasi hamda don tashuvchi transport vositalari taʼmirlanishi tugallanishini taʼminlasinlar, 20-maygacha esa kombaynlar, avtomashinalar va tirkamalar “Oʻzdavtexnazorat” va Davlat avtomobil nazorati inspektorlarining dalolatnomalari boʻyicha komissiya orqali qabul qilib olinishini tugallasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha kombaynlarning, shu jumladan “Keys” va “Klaas” kombaynlari hosil oʻrim-yigʻimida 1-ilovaga muvofiq miqdorda qatnashishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnikaning oʻrim-yigʻim ishlari davrida ishga yaroqli holda boʻlishini taʼminlash uchun ehtiyot qismlar va tuzatish materiallarining zarur zaxirasini yaratsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjaliklar va mashina-traktor parklarining ustaxonalari va texnik xizmat koʻrsatish punktlari hamda koʻchma servis xizmati koʻrsatish va yonilgʻi-moylash materiallari quyish vositalari uygʻun ishlashini tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Don hosili oʻz vaqtida va sifatli yigʻishtirib olinishini tashkil etish va uni amalga oshirish uchun masʼuliyat shaxsan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar hokimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasining va uning mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
don yanchib olinishi va uning kirim qilinishi ustidan nazoratni taʼminlash uchun hosil ekspert baholanishini hamda har bir dala boʻyicha tegishli dalolatnomalar tuzilishini boshoqli don ekinlarini yigʻishtirib olish boshlangungacha tugallasinlar. Don hosildorligining prognoz va amaldagi koʻrsatkichlari oʻrtasida asoslanmagan farq paydo boʻlgan taqdirda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish chora-tadbirlari koʻrilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hamma joyda kombaynlarning guruh boʻlib ishlashini tashkil etsinlar, har bir guruhga transport vositalari, texnik xizmat koʻrsatish va yonilgʻi quyish shoxobchalarini biriktirsinlar. Don yetilishi muddatlari hisobga olingan holda guruhlarning harakat qilish yoʻnalishlari ishlab chiqilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilning 17-mayigacha xoʻjaliklarda xirmonlar tayyorlab qoʻyilishini tugallasinlar, don qabul qilish maydonchalarini, don tozalash qurilmalari va boshqa donni dastlabki qayta ishlash vositalarini tuzatsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
don xoʻjaliklar tomonidan albatta dastlab tozalangan, iflosligi va namligi standart normativlardan ortiq boʻlmagan holda tayyorlov punktlariga yetkazib berilishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorva ozuqasi yetishtirishni koʻpaytirish va sugʻoriladigan yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida suv bilan taʼminlangan uchastkalarda 2-ilovaga muvofiq maydonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlari takror ekilishini tashkil etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir hafta muddatda kombaynchilar, transport vositalari haydovchilari va oʻrim-yigʻimda, donni tozalash va tashishda, texnikaga xizmat koʻrsatishda band boʻlgan boshqa xodimlar mehnatiga ish unumiga va hosil oʻrim-yigʻimi sifatiga qarab haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirishga doir tavsiyalarni ishlab chiqsinlar va xoʻjaliklarga yetkazsinlar. Mehnatga mahsulot bilan haq toʻlash hisobiga don berishni faqat “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi don qabul qilish korxonalariga don sotish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilgandan, urugʻlik fondi gʻamlangandan va mahsulot kirim qilingandan keyin amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi va “Oʻzagromashservis” uyushmasi donni yigʻishtirib olish davrida kombaynlarga va boshqa texnikalarga xizmat koʻrsatishda amaliy yordam berish uchun korxonalarni shartnomalar asosida 3-ilovaga* muvofiq yirik gʻallachilik tumanlariga biriktirib qoʻysinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil boshoqli don ekinlari hosilini tashish uchun yuk avtomobillari, tirkamali transport traktorlari donning kombaynlardan xirmongacha va don qabul qilish punktlarigacha tashishning topshiriqda belgilangan hajmlari bajarilishini taʼminlaydigan miqdorda 4-ilovaga* muvofiq qoʻyilishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda don tashishga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning avtotransportini shartnoma asosida jalb etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, donni don qabul qilish punktlariga tashish boʻyicha transport xarajatlari qishloq xoʻjaligi korxonalari, don mahsulotlari korxonalari va “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi avtokorxonalari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi tomonidan toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Oʻzdavdoninspeksiya”, “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi, “Oʻzdavnazoraturugʻ-markaz”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjaliklarning 2001-yilda oʻzlari yetishtirgan hosildan Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-oktabrdagi 379-son qarorida belgilangan miqdorlarda urugʻlik gʻamlashini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyorlanayotgan don va boshoqli don ekinlari urugʻi sifati ustidan kundalik nazorat oʻrnatsin, don mahsulotlari korxonalarida don va urugʻlarni qabul qilib olish, joylashtirish, tayyorlash va saqlashga doir belgilangan norma va qoidalar qatʼiy bajarilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi tomonidan urugʻchilik xoʻjaliklaridan navli urugʻlarning sifatiga koʻra xarid qilinishiga doir Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 194-son qarori shartlari saqlab qolinsin, superelita urugʻlar tovar don uchun belgilangan narxlardan 300 foiz, elita urugʻlar — 200 foiz, birinchi reproduksiyali urugʻlar — 150 foiz, ikkinchi va uchinchi reproduksiyali urugʻlar 100 foiz yuqori narx boʻyicha xarid qilinadi hamda davlat resurslariga don xarid qilishning umumiy hajmiga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, navli urugʻlar uchun konditsion ogʻirligi boʻyicha haq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil don hosili uchun hisob-kitob qilish boʻyicha ajratilgan transhlarda don tashish boʻyicha avtotransport xizmatlari, shuningdek “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasining, “Oʻzagromashservis” uyushmasining sanoat korxonalari va boshqa tashkilotlarning xizmatlari uchun haq toʻlash xarajatlarini nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi va Jamgʻarmaning moliya agentlari bilan birgalikda Topshirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun yakuniy hisob-kitob qilish tartibiga muvofiq topshirilgan don uchun xoʻjaliklar bilan Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Paxta-bank”, “Gʻalla-bank” va boshqa xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklariga xoʻjaliklar va mashina-traktor parklari, avtoxoʻjaliklarning don oʻrish-yigʻish mavsumi qatnashchilariga har 5 kunda ish haqi toʻlash uchun naqd pulga boʻlgan ehtiyojini Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga toʻliq hajmda taʼminlash tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Don tashishni amalga oshiruvchi temir yoʻl va avtomobil transporti xizmatlari uchun oʻz vaqtida hisob-kitob qilishni taʼminlash maqsadida 2001-yil don hosilini tashish davri uchun joriy yilning 1-noyabrigacha “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi tizimi korxonalari uchun, transport xarajatlarini hisobga olgan holda bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq dolzarb ehtiyojlarga pul tushumidan ajratmalar stavkasi, istisno tariqasida, 15 foizgacha miqdorda belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi davlat zaxirasiga oziq-ovqatbop donni 2001-yilga tasdiqlangan don balansiga qatʼiy muvofiq miqdorda gʻamlab qoʻysin, uning don mahsulotlari korxonalarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-maydagi 209-33-son qarorida belgilanganidek alohida saqlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshoqli don hosilini oʻrib-yigʻib olishning butun davrida xoʻjaliklarga, mashina-traktor parklariga hamda hosilni oʻrib-yigʻib olishda va tashishda qatnashadigan boshqa tashkilotlarga yonilgʻi-moylash materiallarining uzluksiz, belgilangan limitlar boʻyicha berilishini taʼminlasin, “Keys” va “Klaas” kompaniyalari ishlab chiqargan kombaynlar va traktorlar uchun moy yetkazib berishga alohida eʼtiborni qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” kompaniyasi boshoqli don urugʻlarini dorilash vositalarining hamda elevatorlar va omborlarni, shuningdek don mahsulotlarini zararsizlantirish uchun fumigantlarning “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi buyurtmanomalariga binoan oʻz vaqtida tashib keltirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari donning nobud boʻlishi va oʻgʻirlanishi hollarining oldini olish maqsadida donni oʻrib-yigʻib olish joylarida, don xirmonlarida va donni qabul qilib olish punktlarida kecha-kunduz ishlaydigan nazorat postlari tashkil qilsinlar, yongʻindan saqlash boʻyicha zarur tadbirlarning bajarilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi don qabul qilib olish korxonalari darajasida xoʻjaliklar tomonidan don yetishtirish va uni sotish toʻgʻrisidagi statistika hisobotlarining toʻgʻriligini muntazam ravishda tekshirib borsin, aniqlangan buzilishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga darhol axborot bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 14-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
212-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 14-maydagi 212-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yilda boshoqli don ekinlari oʻrim-yigʻimida gʻalla kombaynlarining qatnashishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻalla kombaynlari, jami‎ Shu jumladan, “Keys” va “Klaas” kombaynlari‎ Ulardan Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 10-apreldagi 168-son qaroriga muvofiq olib kelinadigani‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 90‎ 90‎ —‎
viloyatlar:‎
Andijon‎ 305‎ 124‎ 20‎
Buxoro‎ 205‎ 88‎ 11‎
Jizzax‎ 624‎ 210‎ 24‎
Qashqadaryo‎ 1186‎ 234‎ 27‎
Navoiy‎ 145‎ 46‎ 6‎
Namangan‎ 446‎ 93‎ 20‎
Samarqand‎ 698‎ 178‎ 25‎
Surxondaryo‎ 467‎ 159‎ 15‎
Sirdaryo‎ 316‎ 136‎ 12‎
Toshkent‎ 453‎ 155‎ 20‎
Fargʻona‎ 467‎ 112‎ 20‎
Xorazm‎ 70‎ 70‎ —‎
Jami 5472‎ 1695‎ 200‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 14-maydagi 212-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yilda boshoqli don ekinlari yigʻishtirib olingandan keyin sugʻoriladigan yerlarda takroriy qishloq xoʻjaligi ekinlari ekish maydonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

(ming gektarda)

Hammasi Ulardan:

makkajoʻxori‎‎

kartoshka boshqa ekinlar

don uchun‎

silos uchun‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ —‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
viloyatlar:‎
Andijon‎ 14,6‎ 2 10 0,1 2,5
Buxoro‎ 4 —‎ 3 —‎ 1
Jizzax‎ 7,3 0,8 4 0,5 2
Qashqadaryo‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Navoiy‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Namangan‎ 10,3 1 6 0,3 3
Samarqand‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Surxondaryo‎ 7,6 0,6 5 —‎ 2
Sirdaryo‎ 5,1 0,6 3 —‎ 1,5
Toshkent‎ 21 2 10 0,5 8,5
Fargʻona‎ 15,6 1 10 0,1 4,5
Xorazm‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Jami‎ 85,5 8 51 1,5 25