Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.06.2001 yildagi 275-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKA IQTISODIYOTI TARMOQLARINI 2001/2002 YIL KUZ-QISh DAVRIDA IShLAShGA TAYYORLASh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika tarmoqlari, korxonalari va muassasalarini 2000/2001-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar 2000/2001-yil kuz-qish davriga tayyorgarlik koʻrish va ishlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va nuqsonlarni tanqidiy oʻrganib chiqsinlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Nazorat boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash qarorida koʻrsatilgan nuqsonlarga alohida eʼtiborni qaratsinlar va ularni hisobga olgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlar, tumanlar, korxonalar, uy-joylarni, ijtimoiy soha, savdo va umumiy ovqatlanish muassasalarini, transport, qurilish tashkilotlarini, qozonxonalarni va muhandislik inshootlarini 2001/2002-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlab qoʻyish yuzasidan oʻn kun muddatda tadbirlar ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. Maktabgacha bolalar muassasalariga, maktablarga, kasalxonalarga, poliklinikalarga, uy-joylarga issiqlik uzluksiz berib turilishiga alohida eʼtibor bersinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda iqtisodiyot tarmoqlarini 2001/2002 kuz-qish davriga tayyorlash masalalarini hal etish boʻyicha hududiy komissiyalar tashkil etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gaz yoqilgʻisini aholi uchun boʻshatish maqsadida barcha korxonalar va tashkilotlarda ularning qozonxonalari kuz-qish davrida yoqilgʻining zaxira turlari bilan uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun shu yilning 1-oktabriga qadar suyuq va qattiq yoqilgʻining zarur zaxiralarini yaratsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shu yil 1-oktabrgacha yongʻinga qarshi idoralar bilan birgalikda uy-joylar, binolar va inshootlar ahvolini va ulardan foydalanishning texnik talablari normalariga muvofiqligini tekshirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shu yil 1-oktabrgacha qozonxonalarni mukammal tuzatishni tugallasinlar hamda ularning kuz-qish davrida ishlashga tayyorligi toʻgʻrisida tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtirsinlar va dalolatnomalar nusxalarini hududiy komissiyalarga taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, “Oʻzdavneftgazinspeksiya”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2001/2002-yil kuz-qish davrida respublika aholisini tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlash uchun joriy yilning 1-sentabrigacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuz-qish davrida uzib qoʻyilmaydigan korxonalar roʻyxatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining elektr stansiyalari va boshqa sanoat korxonalarini 2001/2002-yil qish davrida yoqilgʻining zaxira turiga oʻtkazish jadvalini ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001/2002-yil kuz-qish davrida shartnomalarga muvofiq respublikaning barcha gaz taqsimlash stansiyalariga belgilangan limitlar va koʻrsatkichlar doirasida isteʼmolchilarga gaz yetkazib berilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isitish mavsumi boshlangunga qadar yer osti gaz omborlariga 4,5 mlrd. kub metr hajmida gaz toʻplanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilning 1-oktabrigacha “Janubiy Tandircha” konidan Shoʻrtan gaz kondensati konining 1-gazni tayyorlash qurilmasigacha 41 km uzunlikdagi gaz quvuri qurilishini tugallasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi 2001-yil 1-noyabrgacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taxiatosh GRESining 2-TG turboagregati, Toshkent GRESining 5-energiya bloki, Yangi Angren GRESining 7-bugʻ qozonxonasi va 4-turbogeneratori, Navoiy GRESining 4-energiya bloki mukammal taʼmirlanishini hamda 10 ming kub metr sovuq suv sigʻadigan zaxira sigʻim qurilishini tugallasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr stansiyalarida tasdiqlangan jadvallarga muvofiq suyuq va qattiq yoqilgʻi jamgʻarilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi 2001-yil 1-noyabrgacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Angren konida 1-uchastkada lenta konveyyerlarini rekonstruksiya qilishni tugallasin hamda qoʻshimcha kirish temir yoʻllari foydalanishga topshirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Apartak” konida temir yoʻl va konveyer liniyasi qurilishining 1-bosqichini tugallasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari, koʻmir, tuz hamda xoʻjaliklarni 2001/2002-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlab qoʻyish bilan bogʻliq boshqa xalq xoʻjaligi yuklari uzluksiz tashilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, tashkilotlar, korxonalar, vagonlar, sisternalarning normativdan ortiq turib qolishiga yoʻl qoʻymaslik, ortish-tushirish, ayniqsa kechasi, dam olish va bayram kunlarida ortish-tushirish ishlarining bir maromda olib borilishini taʼminlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzqurilishmateriallari” kompaniyasi, kon-metallurgiya sanoati korxonalari hamda energiyani koʻp isteʼmol qiluvchi boshqa korxonalar qish oylarida gaz, elektr va issiqlik energiyasi isteʼmol qilishni kamaytirish maqsadida 2001-yil 1-sentabrgacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda oʻzlariga qarashli asbob-uskunalarning yuqori yuklama davrida texnologiya jihatidan yoʻl qoʻyiladigan ish rejimlarini ishlab chiqsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy asbob-uskunalarni taʼmirlash jadvalini ishlab chiqsinlar va uni “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan kelishsinlar, bu ishlarni yilning qish oylarida amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Surxondaryo viloyati hokimligi tuzilgan shartnomalarga muvofiq Xoʻjaikon tuz konidan texnik tuz respublikaning issiqlik bilan taʼminlovchi korxonalariga oʻz vaqtida yetkazib berilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2000/2001-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash masalalarini hal qilish boʻyicha respublika komissiyasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar va boshqa xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining oʻzlariga qarashli obyektlarni 2001/2002-yil kuz-qish davriga tayyorlashning borishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini har oyda eshitib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy komissiyalar iqtisodiyot tarmoqlarini 2001/2002-yil kuz-qish davriga tayyorlashning borishini har oyda koʻrib chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.Y. Atayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 27-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
275-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 27-iyundagi 275-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot tarmoqlarini 2001/2002-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash masalalarini hal etish boʻyicha respublika komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atayev V.Y. ‎ —‎‎ Bosh vazir oʻrinbosari, komissiya raisi
Abdullayev F.S. ‎ —‎‎ Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktori
Abduraxmonov M.S. ‎ —‎‎ Moliya vazirining oʻrinbosari
Obidov A.A. ‎ —‎‎ “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari
Akromov E.M. ‎ —‎‎ “Oʻzqurilishmateriallari” kompaniyasi raisi
Amanboyev A.E. ‎ —‎‎ “Oʻzdavzaxira” bosh boshqarmasi boshligʻi
Gʻulomov S.S. —‎‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
Zoxidov R.Q. ‎ —‎‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat- aksiyadorlik kompaniyasi raisi
Qosimov Y.K. ‎ —‎‎ Ichki ishlar vazirligi Yongʻindan saqlash boshqarmasi boshligʻi
Nazirov F.G. ‎ —‎‎ Sogʻliqni saqlash vaziri
Saidov R.T. ‎ —‎‎ Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi bosh direktori
Klimenko A.I. ‎ —‎‎ “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi bosh direktori
Hasanov B.V. ‎ —‎‎ “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari
Xoʻjayev B.E. ‎ —‎‎ Makroiqtisodiyot va statistika vazirining oʻrinbosari
Xolmuxamedov Oʻ.O. ‎ —‎‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori
Shoismatov E.R. ‎ —‎‎ “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi
Joʻrayev R.H. ‎ —‎ Xalq taʼlimi vaziri


‎Komissiya tarkibiga lavozimiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari kiradi.