Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2021 26.08.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2136
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qarori, 26.08.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2136
Kuchga kirish sanasi
05.09.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir talabani oʻqitish xarajatlaridan kelib chiqib budjet mablagʻlari hisobiga oliy taʼlim muassasalarining xarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 26-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2136]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 4-martdagi 14-son hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 2-martdagi 3-2021-sonli ““Bir talabani oʻqitish xarajatlaridan kelib chiqib budjet mablagʻlari hisobiga oliy taʼlim muassasalarining xarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2136-4, 03.04.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-maydagi PQ-1345-sonli “2010/2011 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga qabul toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 16-avgustdagi 178-sonli “Respublikaning oliy taʼlim muassasalarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir talabani oʻqitish xarajatlaridan kelib chiqib budjet mablagʻlari hisobiga oliy taʼlim muassasalarining xarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 20-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 20-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
329-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2010-yil 20-avgustdagi 67 va 329-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir talabani oʻqitish xarajatlaridan kelib chiqib budjet mablagʻlari hisobiga oliy taʼlim muassasalarining xarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-maydagi PQ-1345-sonli “2010/2011 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga qabul toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 16-avgustdagi 178-sonli “Respublikaning oliy taʼlim muassasalarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oliy taʼlim muassasalari budjetlarini hisoblash uchun xarajatlarning bazaviy normativlari va ularga tuzatish koeffitsiyentlarini qoʻllash yoʻli bilan budjet mablagʻlari hisobidan oliy taʼlim muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xarajatlarning bazaviy normativlari respublika budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan oliy taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — OTMlar deb yuritiladi) uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari hajmini hisoblash maqsadida qoʻllaniladi, mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan OTMlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushadigan mablagʻlarni rejalashtirish (xarajatlar smetasini tuzish) va xarajat qilish Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 9-son, 120-modda) asosan hamda qonunchilikka muvofiq tegishli xarajatlarni moliyalashtirishning ketma-ketligi taʼminlangan holda amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2014-yil 11-fevraldagi 7, 5-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 2136-3, 06.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 115-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xarajatlarning bazaviy normativlari va ularga tuzatish koeffitsiyentlarini qoʻllash yoʻli bilan OTMlar uchun budjet mablagʻlari hajmini aniqlash tegishli yil uchun tasdiqlanadigan respublika budjeti parametrlarining “Oʻrta maxsus, oliy taʼlim va kadrlar malakasini oshirish” xarajatlari doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi har yili kelgusi moliya yili uchun budjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan respublika oliy taʼlim muassasalarining guruhlari boʻyicha bir talabani oʻqitish xarajatlarining bazaviy normativlarini tasdiqlaydilar.
(3-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2011-yil 15-fevraldagi 11, 56-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2136-1, 23.02.2011-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 82-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Moliya yiliga OTM uchun budjet mablagʻlar hajmini aniqlashda quyidagi xarajatlarning bazaviy normativlari qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qonunchilik bilan belgilangan barcha ustama va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda professor-oʻqituvchilar tarkibi, boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik va oʻquv-yordamchi xodimlarning mehnatiga haq toʻlash xarajatlari, stipendiya toʻlovlari, ish haqiga tenglashtirilgan toʻlovlar hamda OTMni saqlash bilan bogʻliq boshqa joriy xarajatlarni (davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga muvofiq kommunal xizmatlar, foydalanish va oʻqitish xarajatlari, joriy taʼmirlash, chiqimga oid materiallar va kam baholi inventarlar hamda boshqa joriy xarajatlar) oʻz ichiga oluvchi bir talabani oʻqitish uchun joriy xarajatlarning bazaviy normativlari, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) asosiy aktivlarni xarid qilish va kapital taʼmirlash uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari hajmi aniqlanadigan OTMning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va yaxshilash xarajatlari boʻyicha xarajatlarning bazaviy normativlari, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan OTMning bitta talabasini ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va shaxsiy gigiyena buyumlari, shuningdek, bitiruv va ishga joylashish uchun beriladigan bir yoʻla nafaqa bilan taʼminlash boʻyicha xarajatlarning bazaviy normativlari, mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) OTMdagi oʻquv jarayonining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, bir talabani oʻqitish xarajatlarining bazaviy normativlariga qoʻllaniladigan tuzatish koeffitsiyentlari, mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bir talabani oʻqitish uchun joriy xarajatlarning bazaviy normativlarini aniqlashda OTMlar talabalarni tayyorlashning asosiy yoʻnalishidan kelib chiqib guruhlarga boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat universitetlari hamda oʻquv jarayonining oʻziga xos xususiyatlari bilan boshqa OTMlardan farqlanadigan OTMlar ham alohida guruhlarga birlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Xarajatlarning bazaviy normativlari va ularga tuzatish koeffitsiyentlarini qoʻllash yoʻli bilan OTM uchun budjet mablagʻlari hajmini hisoblash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. OTMga ajratiladigan budjet mablagʻlari hajmining hisobi quyidagi formula asosida amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BSV = (BNZ1 * K1 * (N + Nko)) + ((BNZ2 * K2 + BNZ3) * (N + Nko)) + (BND1 * (Nds – Ndsv) + BND2 * Ndsv) + (OTsns * Nsns), bunda:
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2014-yil 11-fevraldagi 7, 5-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 2136-3, 06.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 115-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BSV — OTM uchun budjet mablagʻlari hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BNZ1 — mehnatga haq toʻlash, yagona ijtimoiy toʻlov, stipendiya va mehnatga soatbay haq toʻlash xarajatlarini hamda moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ustamalar va qonunchilik bilan belgilangan boshqa ustama va qoʻshimchalarni oʻz ichiga oluvchi OTMning bir talabasi uchun joriy xarajatlarning bazaviy normativi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BNZ2 — 4-guruh xarajatlari boʻyicha OTMning bir talabasi uchun joriy xarajatlarning bazaviy normativi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BNZ3 — asosiy aktivlarni xarid qilish va kapital taʼmirlash uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari hajmi aniqlanadigan OTMning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va yaxshilash xarajatlari boʻyicha xarajatlarning bazaviy normativi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
N — hamma taʼlim yoʻnalishlari va bosqichlari boʻyicha oʻrtacha yillik talabalar soni (sirtqi taʼlim talabalari uchun 0,1 koeffitsiyenti qoʻllaniladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrtacha yillik talabalar soni moliya yilida rejalashtiriladigan talabalar sonining kurslar boʻyicha oʻzgarishini inobatga olgan holda aniqlanadi (qabul, bitiruv, talabalar safidan chiqarish) va quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
N = Un + Up/3 – Uv/2 – Uo * 0,6, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
N — oʻrtacha yillik talabalar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Un — yil boshiga talabalar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Up — talabalarni qabul qilishning kutilayotgan soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uv — bitiruvchi talabalarning kutilayotgan soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uo — talabalar safidan chiqarishning kutilayotgan soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nko — OTMning klinik ordinaturasida oʻqiyotgan shaxslarning oʻrtacha yillik soni (tibbiyot OTMlari uchun);
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2014-yil 11-fevraldagi 7, 5-QQ-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2136-3, 06.03.2014-y.) asosan oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 115-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
K1 — OTMdagi oʻquv jarayonining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib qoʻllaniladigan OTMning mehnatga haq toʻlash, yagona ijtimoiy toʻlov va stipendiya xarajatlari hajmini oshiruvchi tuzatish koeffitsiyenti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
K2 — OTMdagi oʻquv jarayonining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib qoʻllaniladigan OTMning 4-guruh xarajatlari hajmini oshiruvchi tuzatish koeffitsiyenti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BND1 — toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan OTMning bir talabasining taʼminoti boʻyicha xarajatlarning bazaviy normativi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BND2 — toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan OTMning bir bitiruvchi talabasining taʼminoti boʻyicha xarajatlarning bazaviy normativi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nds — toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan OTM talabalarining yil boshiga soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ndsv — joriy moliya yilida toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan OTMning bitiruvchi talabalari soni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OTsns — joriy moliya yilidagi katta ilmiy xodim-izlanuvchining mehnatiga haq toʻlash jamgʻarmasi, yagona ijtimoiy toʻlovni hisobga olgan holda (joriy moliya yilining 1-yanvar holatidagi katta ilmiy xodim-izlanuvchining lavozim maoshidan kelib chiqqan holda hisoblanadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nsns — OTMning oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutlarida oʻqiyotgan katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning oʻrtacha yillik soni.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2014-yil 11-fevraldagi 7, 5-QQ-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2136-3, 06.03.2014-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 115-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Budjet mablagʻlari hisobidan OTMning xarajatlar smetasini tuzish (rejalashtirish)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. OTMning xarajatlar smetasini tuzish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, koʻrib chiqish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami № 2157, 2010-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 440-modda) asosan amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2011-yil 15-fevraldagi 11, 56-sonli qarori (roʻyxat raqami 2136-1, 23.02.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 82-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami”, 1999-y., 9-son, 51-modda) qaroriga, budjetdan moliyalashtirishning tasdiqlangan xarajatlarning bazaviy normativlari va mazkur Nizomning 2, 3 va 4-ilovalariga muvofiq OTM mustaqil ravishda xarajatlar smetasini hamda tasdiqlangan namunaviy shtat birliklari asosida shtatlar jadvalini tuzadi va tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali va professor-oʻqituvchilar tarkibining shtat formulyarlarini tuzish oʻrnatilgan tartibga qatʼiy rioya qilgan holda va xarajatlarning bazaviy normativlari va tuzatish koeffitsiyentlari asosida hisoblangan mablagʻlar hajmi doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xarajatlarning bazaviy normativlari va ularga tuzatish koeffitsiyentlarini qoʻllash asosida hisoblangan OTM uchun budjet mablagʻlari hajmi quyidagi qatʼiy tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish haqi va yagona ijtimoiy toʻlov;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stipendiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan OTM talabalarini moddiy taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal xizmatlar uchun xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan joriy xarajatlar va boshqa xarajatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlar smetasiga ish haqi mablagʻlari bazaviy lavozim maoshlari, Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar va ish haqi stavkalari, ularga qonunchilik bilan belgilangan ustama va qoʻshimchalardan kelib chiqib hamda amaldagi namunaviy shtat birliklari va normativlarga, professor-oʻqituvchilar tarkibining yillik individual ish rejalariga va boshqalarga amal qilgan holda kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona ijtimoiy toʻlov miqdori xarajatlar smetasiga qonunchilikda oʻrnatilgan miqdorlarda kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stipendiya xarajatlari stipendiyalar miqdorlari va amaldagi stipendiya bilan taʼminlash tartibiga muvofiq hisoblanadi;
(10-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2011-yil 15-fevraldagi 11, 56-sonli qarori (roʻyxat raqami 2136-1, 23.02.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 82-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan OTM talabalarining moddiy taʼminoti boʻyicha xarajatlar qonunchilikka muvofiq hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya resurslari, kommunal xizmatlar xarajatlari va joriy xarajatlarni hisoblash natural koʻrsatkichlar, energiya resurslari va kommunal xizmatlarning amaldagi narxlari va tariflariga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, qoida tariqasida, OTMlariga ish haqi va yagona ijtimoiy toʻlovlar uchun ajratilayotgan budjet mablagʻlarining hajmi, davlat granti asosida taʼlim olayotgan talabalar ulushiga mos ravishda nazarda tutiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2014-yil 11-fevraldagi 7, 5-QQ-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2136-3, 06.03.2014-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 115-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. OTMning ayrim budjet xarajatlari boʻyicha debitor qarzdorligi mavjud boʻlganda xarajatlarning bazaviy normativlari asosida hisoblangan budjet xarajatlarining hajmi mazkur qarzdorlik summasiga kamaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OTMning kreditor qarzdorligi xarajatlarning bazaviy normativlari asosida aniqlangan budjet xarajatlar smetasi mablagʻlari doirasida, mablagʻ yetishmagan taqdirda — mazkur OTMning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agar 2010-yilda, OTM uchun I va II guruhlar boʻyicha xarajatlarning bazaviy normativlari va tuzatish koeffitsiyentlari asosida hisoblangan budjet mablagʻlari hajmi 2010-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasidagi tegishli guruhlar boʻyicha rejalashtirilgan mablagʻlar hajmidan koʻp boʻlsa, mablagʻ yetishmovchilik asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq budjetdan qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, agar OTMga xarajatlarning bazaviy normativlaridan kelib chiqib ajratilishi koʻzda tutilgan budjet mablagʻlari hajmi, OTMning 2010-yilgi tasdiqlangan budjet xarajatlari smetasidagi tegishli guruh xarajatlari hajmidan kam boʻlsa, 2010-yilga tasdiqlangan budjet xarajatlari smetasidagi mablagʻlar hajmi kamaytirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ish haqi va stipendiyalar miqdorlarining, energiya resurslar va kommunal xizmatlar narxlari va tariflarining oshishi munosabati bilan OTMlarning budjet xarajatlar smetasi boʻyicha vujudga keladigan qoʻshimcha mablagʻga ehtiyoji asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq budjet mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan oʻrnatilgan tartibda qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan alohida OTMlariga xarajatlarning bazaviy normativlari va ularga tuzatish koeffitsiyentlarini qoʻllash yoʻli bilan hisoblangan IV guruh xarajatlari uchun budjet mablagʻlari hajmiga qoʻshimcha ravishda budjetdan ajratiladigan mablagʻlar nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish uchun OTMlari uchun qoʻshimcha budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, tasarrufida OTMlari mavjud boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning asoslangan hisob-kitoblariga koʻra nazarda tutiladi va oʻrnatilgan tartibda OTMlarning xarajatlar smetasini tuzish jarayonida yoki tegishli moliya yili davomida nazarda tutilishi mumkin (xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish orqali).
(131-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2014-yil 11-fevraldagi 7, 5-QQ-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2136-3, 06.03.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 115-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini roʻyxatdan oʻtkazish, ularga oʻzgartirishlar kiritish hamda xarajatlar smetasi ijrosi boʻyicha hisob-kitob va hisobotlar qonunchilik bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Xarajatlarning bazaviy normativlari va tuzatish koeffitsiyentlarining qoʻllanilishi munosabati bilan OTMlarning budjet xarajatlari qayta hisob-kitob qilinib, OTMlarning 2010-yilga tasdiqlangan budjet xarajatlar smetalariga oʻrnatilgan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. OTM xarajatlarini moliyalashtirish (toʻlash)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. OTM xarajatlarini moliyalashtirish (toʻlash) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish (toʻlash) Tartibi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. OTM xarajatlarini toʻlash oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan respublika gʻaznachilik hisob raqamidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. “Boshqa xarajatlar” IV-guruhi boʻyicha mablagʻlar belgilangan limitlar doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda sarflanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan OTM talabalarini moddiy taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori-darmonlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa xarajatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xarajatlar smetasining toʻgʻri tuzilishi va roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan xarajatlar smetasi hisob-kitoblarida koʻrsatilgan OTMning ishlab chiqarish koʻrsatkichlari (maydoni, kubaturasi, sarflanayotgan kommunal xizmatlar boʻyicha natural koʻrsatkichlar hajmi va ular boʻyicha xarajatlarning tasdiqlangan xarajatlar smetasiga va pasport maʼlumotiga, shartnomalarga va hokazolarga mosligi)ning toʻgʻriligi va asoslanganligi uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq OTM rahbari va bosh buxgalteri shaxsan javobgar hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Shtatlar jadvalini va professor-oʻqituvchilar tarkibining shtatlar formulyarining toʻgʻri tuzilishi hamda Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar, bazaviy lavozim maoshlari, ustama va qoʻshimchalarning toʻgʻri qoʻllanilishi boʻyicha javobgarlik OTMlarining moliya va buxgalteriya xizmatlariga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi OTMlar tomonidan budjet intizomiga rioya qilinishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlaydi, zarur boʻlganda, taqdim etilgan miqdoriy koʻrsatkichlari, shuningdek ishlab chiqarish koʻrsatkichlarining toʻgʻriligi va ulardan xarajatlarning bazaviy normativlarini hisoblashda foydalanilishi ustidan tekshirishlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir talabani oʻqitish xarajatlaridan kelib chiqib budjet mablagʻlari hisobiga oliy taʼlim muassasalarining xarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir talabani oʻqitish xarajatlaridan kelib chiqib budjet mablagʻlari hisobiga xarajatlarni normativ rejalashtirish tartibi tatbiq etilmaydigan oliy taʼlim muassasalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
№‎ Oliy taʼlim muassasalari nomlari‎
1.‎

M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali‎

2.‎

I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali‎

3.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi‎

4.‎ Milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabi‎
5.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi tizimidagi oliy taʼlim muassasalari‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir talabani oʻqitish xarajatlaridan kelib chiqib budjet mablagʻlari hisobiga oliy taʼlim muassasalarining xarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalari guruhlari boʻyicha bir talabani oʻqitish xarajatlarining bazaviy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NORMATIVLARI

ming soʻm
Guruhlar

Oliy taʼlim muassasalari nomlari

BNZ1 — OTM bir talabasiga joriy xarajatlarining bazaviy normativi BNZ2 — OTM bir talabasiga 4-guruh xarajatlari boʻyicha joriy xarajatlarining bazaviy normativi BNZ3 — OTM moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va yaxshilash xarajatlari boʻyicha xarajatlarning bazaviy normativi
1 guruh Toshkent davlat pedagogika universiteti 2 177 96 65
Navoiy davlat pedagogika instituti
Qoʻqon davlat pedagogika instituti
Nukus davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti
Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti
Toshkent davlat yuridik universiteti
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Toshkent moliya instituti
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
2 guruh Samarqand davlat universiteti 2 256 96 65
Qoraqalpoq davlat universiteti
Buxoro davlat universiteti
Urganch davlat universiteti
Termiz davlat universiteti
Fargʻona davlat universiteti
Qarshi davlat universiteti
Namangan davlat universiteti
Andijon davlat universiteti
Guliston davlat universiteti
3 guruh Buxoro muhandislik-texnologiya instituti 2 280 178 90
Fargʻona politexnika instituti
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Namangan muhandislik-pedagogika instituti
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoati instituti
Toshkent avtomobil-yoʻllari instituti
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Navoiy davlat konchilik instituti
Andijon mashinasozlik instituti
Jizzax politexnika instituti
Namangan muhandislik-texnologiya instituti
4 guruh Toshkent davlat agrar universiteti 2 326 178 90
Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti
Andijon qishloq xoʻjaligi instituti
Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali
5 guruh Toshkent arxitektura-qurilish instituti 2 483 122 90
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti
6 gruppa Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 2 516 96 65

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

7 guruh Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2 545 178 90
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali
8 guruh Toshkent tibbiyot akademiyasi 2 906 294 90
Toshkent tibbiyot pediatriya instituti
Andijon tibbiyot instituti
Samarqand tibbiyot instituti
Buxoro tibbiyot instituti
Toshkent farmatsevtika instituti
Toshkent tibbiyot pediatriya institutining Nukus filiali
Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali
Toshkent tibbiyot akademiyasining Fargʻona filiali
9 guruh Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi 8 992 1 023 90‎‎
Oʻzbekiston davlat sanʼat instituti 7 556 292 90‎‎
Oʻzbekiston davlat sanʼat institutining Nukus filiali 6 536 1 897 90‎‎
Toshkent davlat madaniyat instituti 3 028 210 90‎‎
Milliy rassomlik va dizayn instituti 5 012 260 90‎‎
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti 2 527 111 90‎‎
Oʻzbekiston milliy universiteti 3 558 163 90‎‎
Toshkent davlat texnika universiteti 2 875 178 90‎‎
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti 3 164 207 90‎‎
Toshkent islom universiteti 5 646 953 90‎‎
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 4 499 588 90‎‎
Soliq akademiyasi 5 160 978 90‎
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2014-yil 11-fevraldagi 7, 5-QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 2136-3, 06.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 115-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir talabani oʻqitish xarajatlaridan kelib chiqib budjet mablagʻlari hisobiga oliy taʼlim muassasalarining xarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan oliy taʼlim muassasasining bir talabasini taʼminoti boʻyicha xarajatlarning bazaviy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NORMATIVI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r‎ Normativlar‎ Shartli belgilar‎ summasi (ming soʻm)
1.‎ Toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan OTMning bir talabasining taʼminoti boʻyicha xarajatlarning bazaviy normativi‎ BND1 2 101
2.‎ Toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan OTMning bir bitiruvchi talabasining taʼminoti boʻyicha xarajatlarning bazaviy normativi‎ BND2 5 300
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir talabani oʻqitish xarajatlaridan kelib chiqib budjet mablagʻlari hisobiga oliy taʼlim muassasalarining xarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasasining bir talabasini oʻqitish xarajatlarining bazaviy normativlariga qoʻllaniladigan tuzatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOEFFITSIYENTLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r Oliy taʼlim muassasalari nomlari K1 — OTMning mehnatga haq toʻlash, yagona ijtimoiy toʻlov va stipendiya xarajatlari hajmini oshiruvchi tuzatish koeffitsiyenti K2 — OTMning 4-guruh xarajatlari hajmini oshiruvchi tuzatish koeffitsiyenti
1.‎ Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoati instituti 1,137‎
2.‎ Toshkent avtomobil-yoʻllari instituti 1,198‎
3.‎ Toshkent kimyo-texnologiya instituti 1,286‎
4.‎ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1,058‎
5.‎ Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali 1,141‎
6.‎ Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali 1,375‎
7.‎ Toshkent davlat agrar universiteti 1,052‎ 1,064‎
8.‎ Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali 1,158‎ 1,330‎
9.‎ Toshkent tibbiyot akademiyasi 1,313‎ 1,186‎
10.‎ Samarqand tibbiyot instituti 1,555‎
11.‎ Toshkent farmatsevtika instituti 1,385‎
12.‎ Toshkent tibbiyot akademiyasining Fargʻona filiali 1,073‎
13.‎ Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 1,017‎
14.‎ Toshkent davlat sharqshunoslik instituti 1,019‎
15.‎ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 1,109‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 34-son, 296-modda; 2011-y., 7-8-son, 82-modda, 38-son, 391-modda; 2014-y., 10-son, 115-modda)