28.08.2010 yildagi 82-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGI EʼLON QILINGANLIGINING OʻN TOʻQQIZ YILLIGI MUNOSABATI BILAN AMNISTIYA TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilinganligining oʻn toʻqqiz yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq, insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 10-bandiga va 93-moddasi 23-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlar jazodan ozod qilinsin (ushbu Qarorning 8-bandida koʻrsatilgan cheklashlarni hisobga olgan holda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ayollar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga toʻlmagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 60 yoshga toʻlgan erkaklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) chet el fuqarolari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslar, shuningdek ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaxslar jazodan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, shuningdek ushbu Qaror kuchga kirgunga qadar bir yildan oshmagan muddat ichida qonunda belgilangan tartibda jazoni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan ogʻir kasallikka chalingan deb topilgan shaxslar (javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, oʻtalmay qolgan jazo muddati ikki yildan koʻp boʻlmagan, hukmi ushbu Qaror eʼlon qilingan kunga qadar qonuniy kuchga kirgan mahkumlar (javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan shaxslar jazodan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, ushbu Qaror eʼlon qilingan kunga oʻtalmay qolgan jazo muddati uch yildan koʻp boʻlmagan shaxslar manzil-koloniyaga oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qarorning 1 va 2-bandlarida qayd etilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan olib borilayotgan barcha ishlar tugatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tatbiq etilmasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ushbu Qaror — uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan; oʻta xavfli retsidivist deb topilgan; jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan; jazoni oʻtash tartibini muntazam ravishda buzayotgan shaxslarga; shuningdek oʻlim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan shaxslarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu Qarorning 1-bandi — oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ushbu Qarorning 1—4, 6 va 7-bandlari — taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir qilganligi uchun sudlangan shaxslarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ushbu Qarorning 4—6-bandlari muqaddam amnistiya tartibida jazodan ozod boʻlgan va yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Senatning tegishli qoʻmita va komissiyalari ushbu amnistiya akti qoʻllanilishi tartib-taomillarida jamoatchilik nazorati va ochiq-oshkoralik amalga oshirilishida deputatlar korpusining bevosita ishtirokini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Qaror amalga oshirilishi yuzasidan masʼullik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu Qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va uch oy mobaynida ijro etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 28-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 34-son, 288-modda)