Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 02.02.2001 yildagi 67-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ALIShER NAVOIY TAVALLUDINING 560 YILLIGINI NIShONLASh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbek xalqining ulug‘ farzandi Alisher Navoiyning jahon xalqlari ma’naviyati va madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini e’tiborga olib va uning boy ilmiy-ijodiy merosini chuqur o‘rganish va asrab-avaylash hamda dunyo jamoatchiligi, mamlakatimiz aholisi, ayniqsa, yosh avlod orasida keng targ‘ib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Ma’naviyat va ma’rifat” respublika kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Navoiy viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining 2001-yilda ulug‘ shoir Alisher Navoiy tavalludining 560 yilligini keng nishonlash haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alisher Navoiy tavalludining 560 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi hamda tadbirlar rejasi 1 va 2- ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qo‘mita manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda yubiley tantanalariga tayyorgarlik ko‘rish va uni joylarda o‘tkazish tadbirlarini ishlab chiqsin hamda amalga oshirishga kirishsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Navoiy viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Navoiy shahrida 2001-yil may oyida tantanali yubiley tadbirlarini hamda “Alisher Navoiyning ijodiy merosi va uning jahonshumul ahamiyati” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Navoiy viloyati hokimligi hamda viloyat ahli, korxona va tashkilotlari jamoalarining Navoiy shahri markazida dam olish bog‘i barpo etish va u yerda Alisher Navoiy haykalini o‘rnatish to‘g‘risidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida ilmiy-ommabop filmlar yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Alisher Navoiy tavalludining 560 yilligi munosabati bilan 2001-yilda 100 so‘m qiymatdagi esdalik tangalarni muomalaga chiqarish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi, respublika va viloyatlar gazetalari muharriyatlari ommaviy axborot vositalarida Alisher Navoiy hayoti va ijodi, uning jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan o‘rni va ahamiyatini keng yoritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 2-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-fevraldagi 67-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alisher Navoiy tavalludining 560 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Karomatov H. S.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisi‎
Isayev A.N. ‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari‎
Risqiyev T. T.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv asosida)‎
Dilov G‘.D. ‎ —‎‎ Navoiy viloyati hokimi, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari‎
To‘laganov K. N.‎ —‎‎ Toshkent shahar hokimi, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari‎
Shodiyev B. A.‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi bayram va yubiley tadbirlarin� o‘tkazish direksiyasi rahbari, tashkiliy qo‘mita mas’ul kotibi‎
Abdullayev Sh.Yu‎ —‎ Moliya vazirining o‘rinbosari‎
Boliyev A.O.‎ —‎‎ “Ma’naviyat va ma’rifat” respublika kengashi mas’ul kotibi‎
Jo‘rayev X. R.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri‎
Jo‘rayev R.H.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri‎
Yo‘ldoshev B.S.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining prezidenti‎
Ko‘chimov A.‎ —‎‎ “O‘zteleradio” kompaniyasi raisi‎
Mirzayev T.M.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi T�l va adabiyot instituti direktori‎
Murod Muhammad Do‘st‎ —‎‎ O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori‎
Oripov A.‎ —‎‎ O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi‎
Parpiyev B. R.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari‎
Polvonov E.M.‎ —‎‎ “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari‎
Shog‘ulomov R.Sh.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi raisi‎
Yunusov T.M.‎ —‎‎ “O‘zbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi‎
Qo‘ziyev T. K.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi raisi‎
G‘ulomov S.S.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri‎
Mustafoyev I.M.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari‎
Hasanov S. R.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi direktori‎
Husanboyev B.‎ —‎‎ “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Tashkiliy qo‘mita a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga shu lavozimga yangidan tayinlangan shaxs kiritiladi.