Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.01.2001 yildagi 48-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“NAVROʻZ” UMUMXALQ BAYRAMI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGI KUNINING 10 YILLIGIGAChA FOYDALANIShGA TOPShIRILADIGAN OBYEKTLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Navroʻz” umumxalq bayramini va Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligi kunining 10 yilligini bayram qilishga tayyorgarlik koʻrish davomida muhim sanoat va ijtimoiy obyektlar qurilishini va ishga tushirilishini oʻz vaqtida tugallashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralarning 1-ilovaga* muvofiq muhim sanoat va ijtimoiy obyektlarni “Navroʻz” umumxalq bayramigacha va 2-ilovaga* muvofiq obyektlarni Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi kunining 10 yilligigacha foydalanishga topshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-2 ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlar qurilishi va ishga tushirilishini oʻz vaqtida tugallash va taʼminlash uchun 3-ilovaga* muvofiq tarkibda Respublika komissiyasi tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Navroʻz” umumxalq bayramigacha va Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi kunining 10 yilligigacha Toshkent shahrida, viloyatlarda va Qoraqalpogʻiston Respublikasida ishga tushirish moʻljallangan obyektlar qurilishini oʻz vaqtida tugallash vazifalarini hal etishda saʼy-harakatlar muvofiqlashtirilishini taʼminlasin hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarga, hokimiyat va boshqaruv mahalliy organlariga koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi mustahkamlanishida, mamlakat iqtisodiyoti tadrijiy va barqaror rivojlanishida, aholi turmush sharoitlari yaxshilanishida muhim ahamiyatga ega boʻlgan obyektlar qurilishi va foydalanishga topshirilishining borishi ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqorida koʻrsatilgan vazifalar yuklangan hududiy komissiyalar tuzsinlar, ular faoliyatining Respublika komissiyasi bilan mustahkam muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Navroʻz” va Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi kunining 10 yilligi bayramigacha ishga tushiriladigan ijtimoiy va sanoat obyektlarining qoʻshimcha roʻyxatini belgilasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududiy komissiyalar rahbarlari va Respublika komissiyasi aʼzolari hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublika komissiyasi amalga oshirilgan ishlarning natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2001-yil 15-martgacha va 25-avgustgacha axborot bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 23-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48-son