Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.03.2000 yildagi 110-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“AVESTO” YaRATILGANINING 2700 YILLIGINI NIShONLASh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dunyoning eng qadimgi dinlaridan biri zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”ning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan o‘rnini hisobga olgan holda hamda YUNESKO bosh konferensiyasining 1999-yil noyabr oyida Parijda o‘tgan 30-sessiyasining “Avesto” yaratilganining 2700 yilligini dunyo miqyosida keng nishonlash haqidagi qaroridan kelib chiqib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasining taklifiga binoan YUNESKO bosh konferensiyasi 30-sessiyasining “Avesto” yaratilganining 2700 yilligini YUNESKO rahnamoligida 2001-yilda dunyo miqyosida keng nishonlash haqidagi qarori to‘la qo‘llab-quvvatlansin va asos uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Avesto” yaratilganining 2700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish Respublika tashkiliy qo‘mitasining tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika tashkiliy qo‘mitasi “Avesto” yaratilganining 2700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tadbirlari rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasi, Madaniyat ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” kengashi, YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Xorazm viloyati hokimligi va Toshkent Islom universitetining jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish YUNESKO kafedrasi bilan birgalikda 2001-yilning oktyabr oyida “Avesto” va uning insoniyat taraqqiyotidagi o‘rni” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya va tantanali bayram tadbirlarini o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xorazm viloyati hokimligiga “Avesto” yaratilganining 2700 yilligi bayrami munosabati bilan Urganch shahrida bog‘ barpo etish va shaharni ko‘kalamzorlashtirish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Avesto”ning xorijiy davlatlarda va fuqarolarda saqlanayotgan nusxalarini aniqlash hamda ularning katalogini tuzish chora-tadbirlarini belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oltin meros” xalqaro jamg‘armasi, “Sharq” nashriyot-matbaa konserni bilan birgalikda “Avesto”ning to‘la matnini o‘zbek tilida nashrga tayyorlashni va chop etishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda “Avesto” haqida tayyorlangan ilmiy va badiiy asarlarni chop etishni rejalashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “Avesto” yaratilganining 2700 yilligiga bag‘ishlab pochta markalari, xatjildlar chiqarsin va ularning savdosini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari “Avesto” yaratilganining 2700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarni teleko‘rsatuv va radio eshittirishlarda, gazeta va jurnallarda keng yoritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi va O‘zbekiston Teleradio kompaniyasi “Avesto” yaratilganining 2700 yilligi munosabati bilan amalga oshirilayotgan ishlarni targ‘ib qilish, xorijiy axborot vositalarini zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Avesto” yaratilganining 2700 yilligini nishonlash xarajatlari uchun belgilangan tartibda respublika budjeti, Xorazm viloyati budjeti hamda viloyat tashkilotlari va korxonalarining homiylik badallari hisobidan qoplanishini hisobga olgan holda 2-ilovaga* muvofiq mablag‘ ajratsin, shu jumladan 2000-yildagi qismini tasdiqlangan budjet doirasida, 2001-yildagi qismini shu yilning davlat budjetida rejalashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 29-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-martdagi 110-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Avesto” yaratilganining 2700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish Respublika tashkiliy qo‘mitasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Karomatov H.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika tashkiliy qo‘mitasi raisi‎
Mansurov A.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv asosida)‎
Risqiyev T.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv asosida)‎
Isayev A.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika tashkiliy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari‎
Bobojonov I.‎ —‎‎ Xorazm viloyati hokimi, Respublika tashkiliy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari‎
Shodiyev B.‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bayram va yubiley tadbirlarini o‘tkazish direk�iyasi rahbari, Respublika tashkiliy qo‘mitasining mas’ul kotibi‎
Abdullayev F.‎ —‎‎ O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktori‎
Azimov R.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri‎
Bahromov A.‎ —‎‎ O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy (kelishuv asosida)‎
Boliyev A.‎ —‎‎ Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” kengashi mas’ul kotibi‎
Jo‘rayev X.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri‎
Jo‘rayev T.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti‎
Ibrohimov N.‎ —‎‎ Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori‎
Is’hoqov M.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori‎
Ikromov A.‎ —‎‎ YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi mas’ul kotibi‎
Yo‘ldoshev J.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri‎
Komilov A.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri‎
Ko‘chimov A.‎ —‎‎ O‘zbekiston Teleradio kompaniyasi raisi‎
Murod Muhammad Do‘st‎ —‎‎ O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori‎
Oripov A.‎ —‎‎ O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi‎
Parpiyev B.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari‎
Ro‘zmetov A.‎ —‎‎ “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori‎
Sobirov F.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi‎
To‘xtayev A.‎ —‎‎ O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasi raisi‎
Fayziyev Z.‎ —‎‎ “O‘zbeksavdo” kompaniyasi raisi‎
Xayrullayev M.‎ —‎‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori‎
Shog‘ulomov R.‎ —‎‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi raisi‎
Yunusov T.‎ —‎‎‎ “O‘zbekkino” kompaniyasi raisi‎
Yusupov E.‎ —‎‎‎ Urganch shahri hokimi‎
G‘ulomov S.‎ —‎‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri‎
Qo‘ziyev T.‎ —‎‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi raisi‎
Husanboyev B.‎ —‎‎‎ “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eslatma: tashkiliy qo‘mita tarkibiga kirgan shaxslar boshqa ishga o‘tgan taqdirda ularning o‘rniga yangi tayinlangan shaxslar tashkiliy qo‘mita tarkibiga kiritiladi.