Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.01.1999 yildagi 43-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999 YILDA MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI VA UZUM HOSILINI YETIShTIRISh VA UNDAN FOYDALANIShNING PROGNOZ BALANSI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi uzilgan sabzavot, meva, poliz mahsulotlari, uzum yetishtirishni ko‘paytirish, tayyorlash, yetishtirilgan hosilni o‘z vaqtida, sifatli qayta ishlash va sotishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek ularni eksport qilishni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, hududiy “Mevasabzavot” birlashmalari, “O‘zbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyasi, hududiy “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalari hamda Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan 1999-yilda meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy turlarini va uzum yetishtirish, ularni sanoat yo‘li bilan qayta ishlash, iste’mol qilish va eksport qilishning prognoz balansi 1, 1a, 1b, 1v, 1g, 1d-ilovalarga* muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1, 1a, 1b, 1v, 1g, 1d-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, zaruriyat bo‘lganda, 1999-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy turlarini va uzum yetishtirish va ulardan foydalanishning tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlariga tuzatish kiritish yuzasidan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavot mahsulotlari va uzum asosan “O‘zmevasazavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi va hududiy “Mevasabzavot” birlashmalarining ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklarida yetishtirilishini ta’minlasinlar, bunda prognoz balansiga muvofiq meva-sabzavot ekinlari va uzum yetishtirish uchun zarur yer maydonlari ajratilishiga alohida e’tibor bersinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zmevasazavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda qayta ishlovchi korxonalarni ish bilan to‘liqroq ta’minlash maqsadida meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish yuzasidan viloyatlararo shartnoma aloqalari rivojlantirilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 6-avgustdagi 338-son qaroriga muvofiq yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlarini markazlashtirilmagan tartibda eksport qilishning amaldagi tartibi 1999 kalendar yilga saqlab qolinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari meva-sabzavot mahsulotlari chetga chiqarilishi uchun zarur hujjatlar tezkorlik bilan rasmiylashtirilishiga ko‘maklashish maqsadida har bir tuman va shahar hokimligi huzurida banklar, bojxona xizmatlari, “O‘zdavstandart” markazining mintaqaviy organlari, karantin va epidemiologiya xizmatlarining mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari har oyda, keyingi oyning 1-kunida O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga meva-sabzavot mahsulotlari eksportga yuklab jo‘natilishi to‘g‘risidagi tezkor ma’lumotlarni 2-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov) yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari va ularni qayta ishlash mahsulotlari ortilgan avtotransport vositalari respublika hududida to‘siqsiz harakat qilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (N.E. Ermetov) va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi (A.G‘. Ro‘zmetov) yuklab jo‘natish hujjatlari Tartibga muvofiq belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini hamda meva-sabzavot mahsulotlari jo‘natuvchisiga yuk tashishga taqdim etilgan kundan boshlab ikki kecha-kunduzdan ortiq bo‘lmagan muddatda transport vositalari ajratilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 29-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-son