Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.05.2018 19.08.2010 yildagi 180-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.05.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAYANCh KASB-HUNAR KOLLEJI VA UNING FILIALLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-maydagi 391-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “2010/2011 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalariga qabul toʻgʻrisida” 2010-yil 1-iyuldagi 131-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tayanch kasb-hunar kolleji va uning filiallari toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 19-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
180-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-avgustdagi 180-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tayanch kasb-hunar kolleji va uning filiallari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom tayanch kasb-hunar kolleji (keyingi oʻrinlarda tayanch kollej deb ataladi) va uning filiallari maqomini, faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish xususiyatlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tayanch kollej, qoidaga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxtida, viloyatlar maʼmuriy markazlarida va respublikaning yirik shaharlarida zamonaviy oʻquv-metodik va moddiy-texnika bazaga, yuqori malakali oʻqituvchilar va ishlab chiqarishga oʻqitish ustalariga, shuningdek iqtisodiyotning real sektorida talab yuqori boʻlgan mutaxassislar tayyorlashning ijobiy tajribasiga ega boʻlgan namunali va yetakchi kasb-hunar kollejlari negizida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tayanch kollejning filiallari, qoidaga koʻra, tayanch kollej bilan mutaxassislar tayyorlashning bir xil ixtisoslik yoʻnalishiga ega boʻlgan, maʼmuriy markazlar va yirik shaharlardan uzoqda joylashgan kasb-hunar kollejlari orasidan tanlab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tayanch kollej oʻz faoliyatini ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek oʻz ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tayanch kollejning maqsadi va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tayanch kollejning filiallarida ixtisosli mutaxassisliklar boʻyicha oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish va oʻtkazishning talab qilinadigan darajasini taʼminlash, oʻqitishning ilgʻor usullari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ish tajribasini almashish hamda mutaxassislar tayyorlash va ular mehnatidan samarali foydalanishda yuqori natijalarga erishish tayanch kollejni tashkil etishning maqsadi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar tayanch kasb-hunar kollejining asosiy vazifalari hisoblanadi (asosiy faoliyatga qoʻshimcha tarzda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayoni sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv-metodik rahbarlik qilish va filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish, zamonaviy taʼlim va axborot texnologiyalarini, masofadan turib oʻqitish tizimlarini va real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida talab qilingan malakali mutaxassislarni tayyorlashning boshqa ilgʻor usullarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat taʼlim standartlari talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻquv dasturlari va metodik qoʻllanmalarni, oʻqitishning interaktiv usullarini ishlab chiqish va qoʻllashda filiallarga metodik va amaliy yordam berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
filiallarda oʻquv-pedagogika va tarbiyaviy ishlarni olib borishni tashkil etish va amalga oshirishga tayanch kollejlarning yetakchi oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini keng jalb etish, mutaxassislar tayyorlashda yuqori natijalarga erishish uchun ish tajribasini almashishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayanch kollejlarning moddiy-texnika va oʻquv-metodik bazasida filiallarning oʻquvchilari uchun ixtisosli mutaxassisliklar boʻyicha mahorat darslari va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Tayanch kollej va uning filiallarini tanlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kasb-hunar kollejlariga tayanch kollejlar maqomini berish uchun tayanch kollejlar oʻrtasida tanlov oʻtkazishda quyidagilar asosiy mezonlar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur moddiy-texnika bazasi mavjudligi (asbob-uskunalar, oʻquv laboratoriyalari, ustaxonalar bilan jihozlanganlik, darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlanganlik);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali pedagog xodimlar mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy markazdan (yoki yirik shahardan) tuman markaziga, tumandan — aholi punktiga eng maqbul joylashganlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yotoqxonalar mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kasb-hunar kollejlari filiallari maqomini berish uchun tayanch kollejlar oʻrtasida tanlov oʻtkazishda quyidagilar asosiy mezonlar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislar tayyorlashning tayanch kollejdagiga oʻxshash ixtisosli yoʻnalishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy markazlardan yiroqda joylashganlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlarning kasb darajasi va ish tajribasini oshirishga ehtiyoj mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisosli yoʻnalish mutaxassislari tayyorlash boʻyicha oʻquv va oʻquv-metodik ishlarni kuchaytirish va sifatini oshirish zarurligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar kollejlariga tayanch kollejlarning filiali maqomi berilganda ularda yuridik shaxs maqomi saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tayanch kollejlar va ularning filiallari maqomini berish va uni toʻxtatish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, shuningdek tasarrufida kasb-hunar kollejlari boʻlgan vazirliklar va idoralarning takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tegishli mutaxassisliklar yoʻnalishlari boʻyicha tayanch kollejlar va ularning filiallariga oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish, oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari malakasini oshirish masalalarida metodologik yordam beradigan mintaqaviy oliy taʼlim muassasalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tayanch kollejlar va ularning filiallari direktorini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Tayanch kollejning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tayanch kollej (asosiy huquqlarga qoʻshimcha ravishda) quyidagi huquqlarga egadir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boʻlinmasi bilan kelishgan holda filiallar oʻquv-normativ hujjatlar, zarur moddiy-texnika baza, malakali oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, shuningdek ixtisosli mutaxassisliklar boʻyicha oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlanganligini oʻrganish uchun ishchi guruhlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boʻlinmasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
filiallarda yangi mutaxassisliklar ochish va talab boʻlmagan yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlashni toʻxtatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birgalikdagi faoliyatning aniq natijalaridan kelib chiqib filiallar xodimlarini ragʻbatlantirish yoki javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tayanch kollej (asosiy majburiyatlarga qoʻshimcha ravishda) quyidagilarga majburdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birgalikdagi faoliyat yuzasidan filiallarda tayanch kollej qarorlari bajarilishini nazorat qilish va monitoring olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish va ular monitoringini olib borishda hamda ixtisosli mutaxassisliklar boʻyicha filiallar bitiruvchilarini ishga joylashtirishda yordam berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan moliyalashtirishning turli manbalari hisobiga filiallarda budjetdan tashqari mablagʻlar shakllantirilishiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan belgilangan muddatlarda filiallar boʻyicha bajarilgan ishlar toʻgʻrisida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boʻlinmasiga hisobot taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tayanch kollej direktori biriktirilgan kasb-hunar kollejlari — filiallarda oʻquv-metodik ishlarning samaradorligi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Tayanch kollej filiallarining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tayanch kollej filiali (asosiy huquqlarga qoʻshimcha ravishda) quyidagi huquqlarga egadir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
filiallar oʻquv-normativ hujjatlar, zarur moddiy-texnika baza, malakali oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, shuningdek ixtisosli mutaxassisliklar boʻyicha oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlanganligini oʻrganish uchun ishchi guruhlar tarkibida qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-amaliy mashgʻulotlar oʻtkazishni takomillashtirish va taʼlim jarayonini metodik taʼminlash boʻyicha takliflar kiritish huquqi bilan tayanch kollejning ilmiy-pedagogika kengashi ishida qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayanch kollej bilan birgalikda tayanch kollejning moddiy-texnik resurslaridan foydalangan holda oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni olib borish jadvalini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayanch kollej bilan birgalikda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan moliyalashtirishning turli manbalari hisobiga budjetdan tashqari mablagʻlarni shakllantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tayanch kollej filiali (asosiy majburiyatlarga qoʻshimcha ravishda) quyidagilarga majburdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birgalikdagi faoliyatni tashkil etish yuzasidan tayanch kollejga har tomonlama yordam berish va shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
filiallar oʻquvchilari uchun oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish va oʻtkazishda tayanch kollejga yordam berish, oʻquvchilarning qatnashishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birgalikdagi faoliyat yuzasidan tayanch kollej qarorlarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan belgilangan muddatlarda filiallar boʻyicha bajarilgan ishlar toʻgʻrisida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boʻlinmasiga hisobot taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tayanch kollej filiali direktori taʼlim jarayoni sifatli taʼminlanishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Tayanch kollejlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash va filiallarda ishlaganlik uchun ularga ustamalar belgilash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tayanch kollejlarning rahbarlari tarkibi, oʻqituvchilari va boshqa xodimlariga kasb-hunar kollejlarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tayanch kollejlar oʻqituvchilari tomonidan filiallarda mashgʻulotlar oʻtkazilishi oʻrindoshlik yoki mehnatga soatbay haq toʻlash shartlarida belgilangan tartibda bir yilda 360 soatdan ortiq boʻlmagan hajmda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tayanch kollejlar oʻqituvchilariga ish haqini hisoblab chiqish akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilariga ish haqi tariflashtirish va uni hisoblab chiqishning amaldagi tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrindoshlik tartibida oʻquv-pedagogika yuklamasi olib borish uchun tayanch kollejlardan jalb etiladigan oʻqituvchilarning ish haqi ular oʻrindoshlik boʻyicha ishni bajaradigan filialning pedagog xodimlari uchun nazarda tutilgan shartlar boʻyicha, bazaviy tarif stavkaga filialning xarajatlar smetasida nazarda tutilgan oʻqituvchilarning ish haqi fondi doirasida 20 foiz miqdorida ustama qoʻshilgan holda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tayanch kollejlar oʻqituvchilari filiallarda mehnatga soatbay haq toʻlash shartlarida oʻquv mashgʻulotlari olib borganda mehnatga soatbay haq toʻlashning amaldagi miqdori 20 foizga koʻpayadi va ular mehnatiga haq toʻlash filialning xarajatlar smetasida nazarda tutilgan oʻqituvchilarning ish haqi fondi doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Filiallarda oʻrindoshlik boʻyicha yoki soatbay haq toʻlash shartlarida oʻquv-pedagogik yuklamani bajaradigan tayanch kollejlar oʻqituvchilariga ustama toʻlashga mablagʻlar belgilangan tartibda filialning xarajatlari smetalarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tayanch kollejlarning direktorlariga, direktorlarning oʻquv, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha oʻrinbosarlariga va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga bazaviy tarif stavkalarga 20 foiz miqdoridagi har oylik ustamalar filiallar bilan ishlash boʻyicha qoʻshimcha funksiyalar bajarilganligi uchun belgilanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 14-apreldagi 91-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 179-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tayanch kollejlarning direktorlariga, direktorning oʻquv, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha oʻrinbosarlariga va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga har oylik ustamalarni hisoblash belgilangan tartibda ushbu tayanch kollejning shtat jadvalida roʻyxatdan oʻtkazilgan tegishli lavozimlar uchun nazarda tutilgan bazaviy tarif stavkalariga 20 foiz miqdorida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tayanch kollejlarning direktorlariga, direktorlarning oʻquv, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha oʻrinbosarlariga va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga har oylik ustamalar toʻlashga mablagʻlar ushbu tayanch kollejlarning xarajatlari smetalarida nazarda tutiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 14-apreldagi 91-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 179-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tayanch kollejlarning filiallarida oʻquv-pedagogika yuklamasini bajaradigan tayanch kollejlarning oʻqituvchilari va ishlab chiqarish ustalari soni xodimlar umumiy sonining 50 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tayanch kollejlar filiallarida ishlaganlik uchun har oylik ustamalarni toʻlashga xarajatlarni moliyalashtirish ish haqi toʻlash uchun mablagʻlarni moliyalashtirish bilan bir vaqtda belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tayanch kollejlarning xodimlariga ish haqi va har oylik ustamalarni hisoblab chiqish va toʻlashning toʻgʻriligi ustidan nazorat ushbu tayanch kasb-hunar kollejlari rahbarlariga va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining tegishli hududiy boʻlinmalariga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tayinlangan har oylik ustamalar summasi tegishli kasb-hunar kollejining mehnatga haq toʻlash fondiga kiritiladi va ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yagona ijtimoiy toʻlov hisoblanadi. Jismoniy shaxslarning tayanch kollejlarning filiallarida ishlaganlik uchun har oylik ustamalar shaklida olingan daromadlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Tayanch kollejlar va ularning filiallarida oʻquvchilarning oʻquv mashgʻulotlarida qatnashishi monitoringini olib borish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Guruhlarda oʻquvchilarning toʻliqligi va oʻquvchilarning oʻquv mashgʻulotlarida qatnashishi monitoringini amalga oshirish maqsadida har bir tayanch kolleji va uning filiallarida Oʻquvchilarning oʻquv mashgʻulotlarida qatnashishini nazorat qilish daftari (keyingi oʻrinlarda “Nazorat daftari” deb ataladi) yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Nazorat daftari qatʼiy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat daftarining varaqlari ip oʻtkazib tikilgan, tartib raqami qoʻyilgan va surgʻich yoki mastika muhr bilan muhrlangan boʻlishi kerak, har bir varaqqa tayanch kollej yoki uning filiali joylashgan joydagi moliya organi shtampi qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Nazorat daftari har kuni direktor yoki direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari tomonidan bevosita oʻquv mashgʻulotlariga tashrif buyurish, oʻquv kuni mobaynida har bir oʻquv guruhi kamida bir marta qamrab olingan holda yuritiladi (toʻldiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Nazorat daftarida oʻquv guruhi raqami, tekshirish oʻtkazilgan sana va vaqt, fanning nomi, oʻqituvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, oʻquv jurnali boʻyicha tegishli guruh oʻquvchilari soni va ularning amaldagi soni, darsda qatnashmagan oʻquvchilar soni koʻrsatiladi. Tekshirish natijalari oʻqituvchi va direktor (direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari)ning imzolari bilan tasdiqlanadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Nazorat daftariga qasddan yolgʻon maʼlumotlar kiritilganligi uchun tayanch kollejlar va ularning filiallari rahbarlari va oʻqituvchilari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Tayanch kollejlar va ularning filiallarida oʻquvchilarning oʻquv mashgʻulotlarida qatnashishini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Tayanch kollejlar va ularning filiallarida oʻquv guruhlarining oʻquvchilar bilan toʻliqligini va oʻquvchilarning oʻquv mashgʻulotlariga haqiqatdan qatnashishini tekshirish toʻsatdan tekshirishlar oʻtkazish yoʻli bilan tayanch kollej yoki uning filiali joylashgan joydagi moliyaviy organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Guruhlarda oʻquvchilarning toʻliqligi va oʻquvchilarning oʻquv mashgʻulotlarida qatnashishini toʻsatdan tekshirishlar (keyingi oʻrinlarda “toʻsatdan tekshirishlar” deb ataladi) tuman, viloyat va respublika darajalarida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Toʻsatdan tekshirishlar har bir darajada tegishli moliya organi, Gʻaznachilik, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi xodimlaridan iborat maxsus tashkil etiladigan guruhlar tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Maxsus guruhlar tarkibi tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vaziri, viloyat va Toshkent shahar moliya boshqarmasi boshligʻining buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman maxsus guruhiga tegishli tumanning moliya boʻlimi mudiri, viloyat maxsus guruhiga — Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tegishli mintaqa hududiy boshqarmasining masʼul xodimi, respublika maxsus guruhiga — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika maxsus guruhi tarkibiga hududiy moliyaviy boshqarma va Moliya vazirligining ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi rahbarlari va xodimlari ham kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Tuman maxsus guruhi aʼzolari soni tegishli tumanda har bir tayanch kollej va uning filialini bir oyda kamida ikki marta toʻsatdan tekshirish hisobidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyat maxsus guruhlari har bir tayanch kollej va uning filiali yil choragida kamida ikki marta toʻsatdan tekshirilishini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika maxsus guruhi mintaqalardan tushadigan axborotni tahlil qilishdan kelib chiqib toʻsatdan tanlab tekshirishlar oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Toʻsatdan tekshirish bir oʻquv kuni mobaynida har bir tayanch kolleji yoki uning filialida kamida 10 ta guruhni qamrab olgan holda oʻquv guruhidagi oʻquvchilarni bevosita sanash va Nazorat daftarida aks ettirilgan maʼlumotlar bilan taqqoslash yoʻli bilan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda birinchi navbatda Nazorat daftariga muvofiq ushbu kunda tayanch kollej yoki uning filiali rahbariyati tomonidan oʻquvchilarning mashgʻulotlarda qatnashishi tekshirilgan oʻquv guruhlari tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Bir tayanch kollej yoki uning filiali maxsus guruhning ayni bir aʼzosi tomonidan faqat ushbu muassasa maxsus guruhning boshqa aʼzolari tomonidan ikki marta tekshirilgandan keyin toʻsatdan tekshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Toʻsatdan tekshirishlar yakunlari boʻyicha dalolatnoma tuziladi, uni maxsus guruh vakili va tayanch kollej yoki uning filiali direktori imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnomada toʻsatdan tekshirish oʻtkazilgan sana va vaqt, oʻquv guruhi raqami, fanning nomi, oʻqituvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, roʻyxat boʻyicha oʻquvchilar soni va oʻquvchilarning amaldagi soni, mashgʻulotda qatnashmayotgan oʻquvchilar soni aks ettiriladi hamda Nazorat daftari maʼlumotlari bilan oʻquvchilarni haqiqatdan sanab chiqish maʼlumotlari oʻrtasida farq aniqlanishining barcha holatlari qayd qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Agar uchta toʻsatdan tekshirish oʻtkazish yakunlari boʻyicha tayanch kollej yoki uning filiali oʻquvchilarining 25 foizidan ortigʻi qatnashmayotganligi holatlari aniqlansa, u holda, maxsus guruhning toʻliq tarkibi jalb etilgan holda uch kun mobaynida tayanch kollej yoki uning filiali oʻquvchilari har bir oʻquv mashgʻulotida har kuni familiyalar boʻyicha sanab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Uch kunlik monitoring natijalari boʻyicha materiallar oʻquvchilarni oʻquv mashgʻulotlariga jalb etish, tayanch kollej yoki uning filiallarida bir turdagi mutaxassisliklarning kam sonli guruhlarini birlashtirish yoʻli bilan oʻquv guruhlarida oʻquvchilarning toʻliqligini taʼminlash chora-tadbirlarini va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlarni koʻrish uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining tegishli hududiy boshqarmalariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Tuman maxsus guruhlari har oyda keyingi oyning 7-kunigacha tekshirilgan har bir tayanch kollej yoki uning filiali boʻyicha oʻtkazilgan toʻsatdan tekshirishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shu jumladan Nazorat daftari maʼlumotlari bilan oʻquvchilarning amalda sanab chiqilishi maʼlumotlari oʻrtasidagi tavofutning aniqlangan holatlarini, shuningdek oʻquvchilarning past davomati boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida viloyat moliya organlariga maʼlumot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Viloyat maxsus guruhlari har oyda navbatdagi oyning 20-kunigacha oʻtkazilgan toʻsatdan tekshirishlar toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan maʼlumotlarni tegishli tahliliy materiallar va jadvallar bilan birgalikda Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Oʻquv guruhlari oʻquvchilar bilan toʻlishining pastligi aniqlangan taqdirda tayanch kollej yoki uning filiali direktori tomonidan taʼlim muassasasida bu turdagi mutaxassisliklarning kam sonli oʻquv guruhlarini birlashtirish chora-tadbirlari koʻriladi, oʻqituvchilarning oʻquv yuklamasi esa kamaytirish tomoniga qayta koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, tayanch kollej yoki uning filiali xarajatlari smetasi boʻyicha rejali mablagʻ ajratish kam sonli oʻquv guruhlari birlashtirilishi va oʻqituvchilarning oʻquv yuklamasi qisqartirilishi munosabati bilan belgilangan tartibda kutilayotgan mablagʻni tejash summasiga kamaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Qoʻpol intizomiy va moliyaviy buzishlar aniqlanganda materiallarning nusxasi qonun hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlar koʻrish uchun tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga ham beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Tayanch kollejlar va ularning filiallari xodimlarining ishga kelishi va ishdan ketishini hisobga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Xodimlarning ishga kelishi va ishdan ketishini hisobga olish maqsadida har bir tayanch kollej va uning filialida rahbariyat tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining ishga kelishi va ishdan ketishini hisobga olish daftari (keyingi oʻrinlarda “Oʻqituvchilarni hisobga olish daftari” deb ataladi);
(47-bandning 1-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 14-apreldagi 91-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 179-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Shtatdagi boshqa xodimlarning ishga kelish va ishdan ketishini hisobga olish daftari (keyingi oʻrinlarda “Boshqa xodimlarni hisobga olish daftari” deb ataladi) tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobga olish daftarlari har kuni yuritiladi (toʻldiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Hisobga olish daftarlari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobga olish daftarlari varaqlari ip oʻtkazib tikilgan, tartib raqami qoʻyilgan va surgʻich yoki mastika muhr bilan muhrlangan boʻlishi kerak, har bir varaqqa tayanch kollej yoki uning filiali joylashgan joy boʻyicha moliya organi shtampi qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Oʻqituvchilarni hisobga olish daftari tayanch kollej yoki uning filiali direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan, boshqa xodimlarni hisobga olish daftari esa — direktorning maʼmuriy-xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobga olish daftarlarining yuritilishi va saqlanishi hamda unga kiritiladigan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun tayanch kollej yoki uning filiali direktorining oʻquv va maʼmuriy-xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Hisobga olish daftarlarida xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi, egallab turgan lavozimi (pedagoglar uchun — taʼlim fani), ishga kelish va ishdan ketish sanasi va vaqti koʻrsatiladi. Hisobga olish daftarlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar har bir xodim hamda tayanch kollej yoki uning filiali direktorining oʻquv va maʼmuriy-xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari imzolari bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Hisobga olish daftarlari bir ish kuni mobaynida ikki marta toʻldiriladi (qayd etiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tayanch kollejlar va ularning filiallari xodimlari (keyingi oʻrinlarda “xodimlar” deb ataladi) har kuni, ishga kelgan zahoti Hisobga olish daftariga ishga kelish vaqti toʻgʻrisidagi yozuvni kiritgan holda direktorning tegishli oʻrinbosarlari tomonidan qayd etiladi va bu imzo bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunga oʻxshash tartibda xodimlar tomonidan har kuni ishdan ketish oldidan Hisobga olish daftariga ishdan ketish vaqti toʻgʻrisidagi yozuv kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish kuni yakunlari boʻyicha Hisobga olish daftarlarini tayanch kollej yoki uning filiali direktori tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Xodim uzrli sabab bilan ishda hozir boʻlmagan taqdirda imzolar ustuniga tegishli belgi qoʻyiladi (malaka oshirish — m/o, xizmat safari — x/s, kasallik varaqasi — k/v, oʻz hisobidan taʼtil — oʻz/t va hokazo).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Hududiy moliyaviy boʻlimlar rahbarlari Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi hududiy boshqarmalarining tumanlarga biriktirilgan taftishchi buxgaltyerlari bilan birgalikda bir oyda kamida ikki marta hisobga olish daftarlarining toʻgʻri va oʻz vaqtida yuritilishini tekshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirish yakunlari boʻyicha materiallar belgilangan tartibda zarur chora-tadbirlar koʻrish uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tegishli hududiy boshqarmalariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Nazorat-taftish boshqarmalari tomonidan tayanch kollejlar va ularning filiallari reja tartibida taftish qilinganda moliya-xoʻjalik faoliyati tekshirilishi bilan birgalikda Hisobga olish daftarlari toʻgʻri yuritilishi va hududiy moliya boshqarmalariga taqdim etiladigan hisobotlar tuzilishi tekshiriladi, bu ham taftishlar dalolatnomalarida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Tayanch kollejlar va ularning filiallarining birgalikdagi faoliyati jarayonida yuzaga keladigan nizolar va kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 33-son, 278-modda; 2014-y., 16-son, 179-modda)