Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.11.1999 yildagi 510-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“LOKOMOTIVLAR PARKINI YaNGILASh” LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq xo‘jaligi yuklarining uzluksiz tashilishini ta’minlash, shuningdek “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining lokomotivlar parkini zamonaviylashtirish va yangilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Direktorlar kengashi “Lokomotivlar parkini yangilash” loyihasini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga LIBOR+1% foiz stavkasi bo‘yicha 13 yil muddatga, shu jumladan to‘rt yil imtiyozli muddatga 40 mln AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit berilishini (1999-yil, iyul) ma’qullaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha qiymati 40 mln AQSh dollarini tashkil etishi, undan 39,6 mln AQSh dollari yuk elektrovozlarini sotib olishga, 0,4 mln AQSh dollari bir martalik vositachilik haqini to‘lashga yo‘naltirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kredit bo‘yicha qarz oluvchi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit mablag‘lari, ular bo‘yicha foizlar va vositachilik haqi “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi mablag‘lari hisobiga 1-ilovaga muvofiq jadvalga binoan qaytariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘laridan ishlatishda va texnika xizmati ko‘rsatishda eng kam sarf-xarajatlarni ta’minlovchi yuk elektrovozlari sotib olish uchun tender asosida foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tender komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi loyiha mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan tovarlar, bajariladigan ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilinsin (bojxona rasmiylashtiruvi uchun boj yig‘imlaridan tashqari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasidagi kredit bitimini imzolashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oldidagi majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kafolatni imzolashga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati yuzasidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki uchun maqbul shakldagi yuridik xulosani belgilangan tartibda bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi buyurtmanomalariga ko‘ra loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini davlat boji undirmasdan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi buyurtmanomalariga ko‘ra loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy tashkilotlarning vakillariga to‘lovlar undirmasdan vizalar, zarurat bo‘lganda ko‘p martalik vizalar berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari L.A. Axmetov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 26-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
510-son

Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-noyabrdagi 510-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Lokomotivlar parkini yangilash” loyihasi bo‘yicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kreditini qaytarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JADVALI

Loyiha qiymati 40,0 mln AQSh dollari‎
Kredit summasi 40,0 mln AQSh‎ dollari
Foiz stavkasi LIBOR+1 foiz*‎
Bir martalik vositachilik haqi 0,4 mln AQSh dollari
Majburiyat uchun vositachilik haqi 0,5 foiz
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

To‘lov turlari

yillar bo‘yicha

1999‎ 2000‎ 2001‎ 2002‎ 2003‎ 2004‎ 2005‎ 2006‎ 2007‎ 2008‎ 2009‎ 2010‎ 2011‎ 2012‎ Jami

Asosiy qarzni qaytarish

4,0‎ 4,0‎‎ 4,0‎‎ 4,0‎‎ 4,0‎‎ 4,0‎‎ 4,0‎‎ 4,0‎‎ 4,0‎‎ 4,0‎‎ 40,0‎‎

Foizlar, vositachilik haqlari va boshqa to‘lovlar

0,42‎ 0,39‎ 1,16‎ 1,93‎ 3,02‎ 2,53‎ 2,24‎ 1,95‎ 1,66‎ 1,37‎ 1,08‎ 0,79‎ 0,5‎ 0,22‎ 19,26‎

Jami

0,42‎ 0,39‎‎ 1,16‎‎ 1,93‎‎ 7,02‎ 6,53‎ 6,24‎ 5,95‎ 5,66‎ 5,37‎ 5,08‎ 4,79‎ 4,5‎ 4,22‎ 59,26‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:

kredit olish 3,5 yil mobaynida har biri 5,7 mln AQSh dollaridan 7 ta teng ulushlar bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*) LIBOR stavkasi hozirgi paytda 6,1234 foizni tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)