Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.11.1997 yildagi 520-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AHMAD AL-FARG‘ONIY TAVALLUDINING 1200 YILLIGINI NIShONLASh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aniq fanlar rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ vatandoshimiz, qomusiy alloma Ahmad al-Farg‘oniy ilmiy merosining xalqimiz ma’naviy-madaniy hayotidagi o‘rnini, alloma tavalludining 1200 yilligi YUNESKOning 1998-yildagi tadbirlari rejasiga kiritilganligini hisobga olib hamda uning merosini avaylab-asrash va avlodlarga to‘la yetkazishga keng yo‘l ochish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Madaniyat ishlari vazirligi, respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi va ilmiy-ijodiy ziyolilarning Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligini 1998-yilda YUNESKO ishtirokida keng miqyosda nishonlash haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu sanaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qo‘mita tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda tadbirlar ishlab chiqsin va uni amalga oshirishga kirishsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi, YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya, Farg‘ona viloyati hokimligi birgalikda 1998-yilning oktyabr oyida “Ahmad al-Farg‘oniy ilmiy merosining jahon fani taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzuida xalqaro konferensiya va tantanali bayram tadbirlarini tayyorlasinlar va o‘tkazsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi munosabati bilan Farg‘ona viloyatida quriladigan va ta’mirlanadigan inshootlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Fan va texnika davlat qo‘mitasi Ahmad al-Farg‘oniyning xorijiy davlatlardagi kutubxonalarda va fuqarolarda saqlanayotgan merosini aniqlash va to‘plash uchun 1997-yildan boshlab maxsus arxeografik ekspeditsiyalar tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, o‘quv yurtlariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar 1997-1998-yillarda o‘z tasarruflaridagi barcha turdagi ta’lim muassasalarida Ahmad al-Farg‘oniy o‘quvlarini tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Davlat matbuot qo‘mitasi 1997—1999-yillarda Ahmad al-Farg‘oniy asarlari va uning hayoti va ijodiga oid nashrlarni o‘zbek, arab, rus, ingliz va fransuz tillarida chop etishni ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat ishlari vazirligi, Davlat matbuot qo‘mitasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, Badiiy akademiya, “O‘zbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Bastakorlar uyushmasi o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha Ahmad al-Farg‘oniy merosining mohiyatini va bugungi kundagi ahamiyatini ochib beruvchi eng yaxshi ilmiy, adabiy-badiiy, tasviriy san’at, televideokino, publitsistika, musiqa asarlari uchun xalqaro tanlovlar e’lon qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi 1998-yilda Ahmad al-Farg‘oniy hayoti va ilmiy faoliyati haqida 2 qismli hujjatli, ilmiy-ommabop, publitsistik film yaratishni va uning xorijiy tillarga dublyaj qilinishini rejalashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “O‘zbek allomalari” turkumida pochta markalari va konvertlar chiqarishni muntazam yo‘lga qo‘ysin va uning birinchisini Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligiga bag‘ishlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ommaviy axborot vositalari Ahmad al-Farg‘oniy hayoti va ilmiy faoliyatining jahon ilm-fani taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini, yubileyga tayyorgarlikning borishini keng yoritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi va “O‘zteleradio” kompaniyasi Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi munosabati bilan amalga oshirilayotgan ishlarni targ‘ib-tashviq qilish, xorijiy ommaviy axborot vositalarini zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Belgilab qo‘yilsinki, yubiley tadbirlarini tayyorlash va o‘tkazish, shuningdek yubiley inshootlarini qurish va ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va mahalliy budjetlar hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yubiley tadbirlarini o‘tkazishga korxonalar va tashkilotlar, jamg‘armalarning, shuningdek xorijiy homiylarning o‘z ulushlarini qo‘shish haqidagi taklif-istaklari qo‘llab-quvvatlansin va ularga nisbatan qonunlarda belgilangan soliqqa oid tegishli imtiyozlar joriy qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 27-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
520-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 27-noyabrdagi 520-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jo‘rabekov I.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisi‎
Azizxo‘jayev A.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari‎
Norov V.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi (kelishuvga muvofiq)‎
Risqiyev T.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi (kelishuvga muvofiq)‎
Yunusov R.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari‎
Mo‘minov N.‎ —‎‎ Farg‘ona viloyati hokimi, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari‎
Jo‘rayev T.‎ —‎‎ O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari‎
Aminov N.‎ —‎‎ Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazining rahbari‎
Ahmedov A.‎ —‎‎ O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining bo‘lim mudiri‎
Jo‘rayev X.‎ —‎‎ Madaniyat ishlari vaziri‎
Ismoilov U.‎ —‎‎ Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari‎
Yo‘ldoshev J.‎ —‎‎ Xalq ta’limi vaziri‎
Ko‘chimov A.‎ —‎‎ “O‘zteleradio” kompaniyasi raisi‎
Nazarov A.‎ —‎‎ “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi bosh direktori, bastakor‎
Oripov A.‎ —‎‎ Yozuvchilar uyushmasining raisi‎
Sayfiddinov J.‎ —‎‎ Moliya vaziri‎
Salimov O.‎ —‎‎ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri‎
To‘laganov K.‎ —‎‎ Toshkent shahar hokimi‎
To‘xtaboyev X.‎ —‎‎ “Oltin meros” jamg‘armasi raisi‎
Shog‘ulomov R.‎ —‎‎ Davlat matbuot qo‘mi�asi raisi‎
Yunusov T.‎ —‎‎ “O‘zbekkino” DAK raisi‎
Qo‘ziyev T.‎ —‎‎ Badiiy akademiya raisi‎
Habibullayev P.‎ —‎‎ Fan va texnika davlat qo‘mitasi raisi‎
Hazratqulov M.‎ —‎‎ O‘zA bosh direktori‎
Husanboyev B.‎ —‎‎ “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 27-noyabrdagi 520-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi munosabati bilan Farg‘ona viloyatida quriladigan va ta’mirlanadigan inshootlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Farg‘ona shahrida:

1.‎ Ahmad al-Farg‘oniy haykalini o‘rnatish.‎
2.‎ Ahmad al-Farg‘oniy bog‘ini qayta obodonlashtirish.‎

Quva shahrida:

1.‎ Shahriston arxeologik yodgorligini ta’mirlash va obodonlashtirish.‎
2.‎ Ahmad al-Farg‘oniy ramziy maqbarasini barpo etish.‎
3.‎ Ahmad al-Farg‘oniy muzeyini qurish.‎
4.‎ Shahriston yodgorligi oldida madaniy-maishiy majmua barpo etish.‎