Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 01.08.1997 yildagi 383-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

BUXORO VA XIVA ShAHARLARINING 2500 YILLIGIGA BAG‘IShLANGAN TANTANALI TADBIRLARNI O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligini yuqori saviyada nishonlashni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tadbirlarini o‘tkazish dasturi, rejasi va sarf-xarajatlar smetasi 1, 2 va 3*-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1—3-son ilovalar keltirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Fanlar akademiyasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari yubiley munosabati bilan belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi yubiley qatnashchilarini yuqori darajadagi mehmonxonalarga joylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yubiley ishtirokchilarining yashashi uchun to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan narxlarda va so‘mda to‘lashga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi va “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi tashkiliy qo‘mita buyurtmanomalariga binoan yubiley tadbirlari qatnashchilariga transport xizmati ko‘rsatsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi yubiley tantanalari o‘tkaziladigan joylarda namunali savdo xizmati ko‘rsatishni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligini o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasi buyurtmanomasiga binoan tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus reyslar tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilangan tartibda respublika budjetidan mablag‘ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bevosita Buxoro va Xiva shaharlarida o‘tadigan tadbirlarning sarf-xarajatlari mazkur viloyatlarning ichki imkoniyatlari hamda homiylar hisobidan qoplanishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 1-avgust,

383-son