O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
1998—2000-YILLARDA PAXTA, BOShOQLI DON EKINLARI, ShOLI VA KARTOShKA EKISh MAYDONLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Almashlab ekish sxemalarini yaxshilash, yerlardan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligi korxonalari ishidagi samaradorlikni oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining 1998—2000-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha ilovaga muvofiq paxta maydonlari — 1500 ming gektar, sug‘oriladigan yerlarda boshoqli don ekinlari maydonlarini — 1000 ming gektar, lalmi yerlarda — 310 ming gektar, sholi maydonlarini — 170 ming gektar va kartoshka maydonlarini — 27 ming gektar etib saqlab qolish maqsadga muvofiqligi haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Xo‘jaliklarga va mahalliy boshqaruv organlariga boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish maydonlarini mustaqil belgilash huquqi berilsin. Yangi yerlarni o‘zlashtirish hisobiga ko‘paygan maydonlardan asosan ozuqa ekinlari ekishni kengaytirish uchun foydalanilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi 1998—2000-yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda ushbu qarorga amal qilsinlar.
3. Sug‘oriladigan yerlardan yuqori samarali foydalanishini tashkil etish, qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish va shu asosda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmlarini amalda ko‘paytirish Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining birinchi darajali vazifalari deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 24-iyun,
317-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 24-iyundagi 317-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
1998—2000-yillarda paxta, boshoqli don ekinlari, sholi va kartoshka ekish maydonlari
| Paxta | Boshoqli don ekinlari | Sholi | Kartoshka | |||
| jami | shu jumladan | |||||
| sug‘oriladigan yerlarda | lalmi yerlarda | |||||
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 145 | 28 | 28 | | 99 | 0,3 |
| viloyatlar: | | | | | | |
| Andijon | 110 | 70 | 70 | | 1 | 2 |
| Buxoro | 129 | 60 | 60 | | 0,2 | 0,5 |
| Jizzax | 111 | 201 | 101 | 100 | 0,3 | 1,3 |
| Qashqadaryo | 173 | 244 | 152 | 92 | 0,1 | 1,8 |
| Navoiy | 44 | 37 | 35 | 2 | 0,2 | 0,4 |
| Namangan | 95 | 70 | 70 | | 3,2 | 2,8 |
| Samarqand | 97 | 167 | 93 | 74 | 1 | 5,2 |
| Surxondaryo | 120 | 111 | 96 | 15 | 5,6 | 0,7 |
| Sirdaryo | 141 | 99 | 89 | 10 | 7 | 0,3 |
| Toshkent | 108 | 115 | 98 | 17 | 11,4 | 7 |
| Farg‘ona | 127 | 92 | 92 | | 1 | 3,2 |
| Xorazm | 100 | 16 | 16 | | 40 | 1,5 |
| Jami | 1500 | 1310 | 1000 | 310 | 170 | 27 |