Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 30.06.2010 yildagi PQ-1358-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGINING O‘N TO‘QQIZ YILLIK BAYRAMIGA TAYYORGARLIK KO‘RISh VA UNI O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biz uchun eng buyuk, eng aziz qadriyat bo‘lmish istiqlolimizning har bir sanasi yangi tariximiz solnomasida tom ma’noda yorqin sahifa bo‘lib, xalqimizning fidokorona mehnati, bunyodkorlik salohiyatining yana bir amaliy namoyoni, erkin, ozod va farovon hayotimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli sifatida keng nishonlanib kelmoqda. Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar el-yurtimiz, ayniqsa, yosh avlodimiz qalbida ona yurt tuprog‘ini ko‘zga to‘tiyo qilib yashash, Vatanga mehr va sadoqat tuyg‘usini yuksaltirishda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ana shu muhim yo‘nalishda shakllangan an’analarni uzviy davom ettirgan holda, o‘tgan davr mobaynida barcha soha va tarmoqlarda qo‘lga kiritgan ulkan marralar, yutuq va natijalarimizning mohiyati va ahamiyatini, qadr-qimmatini teran idrok etish, ularni el-yurtimiz va xalqaro jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilish, bayram tadbirlarini xalqimiz qalbida chuqur taassurot qoldiradigan yuksak saviyada o‘tkazish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘n to‘qqiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasining tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi bir hafta muddatda “Bu muqaddas Vatanda azizdir inson”, degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu dasturni tayyorlashda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘tgan o‘n to‘qqiz yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li O‘zbekistonimiz uchun siyosiy sohada, davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiyot, ijtimoiy hayot va ma’naviyat, sud-huquq tizimi, tashqi siyosat va xavfsizlikni ta’minlash borasida rivojlanish va yuksalish, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallash davri bo‘lganini chuqur ochib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqillik yillarida erishgan eng katta boyligimiz — xalqimizning tinch va osuda hayoti, jamiyatimizdagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik kabi oliyjanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga uyg‘un bo‘lib yashash tamoyili tobora mustahkamlanib borayotganini targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shu o‘tgan davrda betakror merosimiz, boy tariximiz, dinu diyonatimiz, ko‘hna urf-odat va an’analarimizning qayta tiklangani, odamlarimizning dunyoqarashi tubdan o‘zgarib, Vatan taqdiri va istiqboliga daxldorlik tuyg‘usi ma’naviy hayotimizning uzviy qismiga aylanib borayotganini har tomonlama ochib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istiqlol xalqimiz uchun yangi-yangi imkoniyatlar tug‘dirib berayotganini, har bir yurdoshimizning o‘z iste’dod va qobiliyatini namoyon etishi, mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, hech kimdan kam bo‘lmaydigan hayot barpo etishning mustahkam zamini bo‘lib kelayotganini o‘tkaziladigan barcha tadbirlarning ma’no-mazmuniga teran singdirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biz tanlab olgan milliy taraqqiyot yo‘li asosida yurtimizda keng ko‘lamli islohotlar yangi bosqichda davom ettirilayotgani, O‘zbekistonning jahon moliyaviy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari, aholining hayot darajasini barqaror saqlab qolish borasida erishayotgan amaliy natijalari, taraqqiyotning o‘zbek modeliga xos ustuvor tamoyillar dunyo jamoatchiligi tomonidan keng e’tirof etilayotganiga alohida e’tibor qaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizda qabul qilingan muhim ijtimoiy dasturlar, jumladan, “Barkamol avlod yili” davlat dasturining ijobiy samaralarini, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, ularning ham ma’naviy, ham jismoniy sog‘lom bo‘lib kamol topayotganini aniq va ta’sirchan hayotiy misollar yordamida yoritib berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab aholining keng qatlamlari o‘rtasida ma’rifiy uchrashuvlar, jonli muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar o‘tkazish maqsadida taniqli olimlar, adiblar va san’atkorlardan iborat ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot guruhlari tashkil etilsin hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishi ta’minlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklariga, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Nuroniy” va “Mahalla” jamg‘armalariga Mustaqillik bayramining o‘n to‘qqiz yilligini munosib nishonlash uchun joylarda tegishli komissiyalar tuzish hamda respublika dasturida belgilab berilgan asosiy maqsad va vazifalarni amalga oshirish, bayram munosabati bilan shahar va qishloqlarda, mahalla va guzarlarda, ko‘pqavatli uylar atrofida obodonlashtirish ishlarini olib borishni ko‘zda tutadigan tadbirlar rejasini ishlab chiqish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur reja va dasturlardan o‘rin olgan tadbirlarni rasmiyatchilik va balandparvozlik holatlariga yo‘l qo‘ymasdan, keng jamoatchilikning vakillarini jalb etgan holda, oddiy odamlarning qalbi va ongiga yetib boradigan, ularning ruhi va kayfiyatini ko‘taradigan, yangi marralar sari ilhomlantiradigan ta’sirchan shaklda o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Respublika komissiyasi o‘z yig‘ilishlarida dasturda belgilangan chora-tadbirlar markazda va joylarda qanday amalga oshirilayotgani yuzasidan har qaysi hudud, vazirlik va idora rahbarlari hisobotini muntazam ravishda eshitib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda o‘tkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga ommaviy tomoshalar bo‘yicha yuksak professional mahorat va tajribaga ega bo‘lgan ssenarist va rejissorlar, yozuvchi va shoirlar, kompozitor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, iste’dodli yosh san’atkorlar, folklor san’ati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Madaniyat va sport ishlari vazirligi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, Yozuvchilar va Bastakorlar uyushmalari bilan birgalikda yurtimiz istiqlolini tarannum etishga qaratilgan eng yaxshi qo‘shiqlar, musiqa asarlari uchun “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika tanlovining yakuniy bosqichini o‘tkazsin. Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari Mustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan birgalikda avgust oyining oxirida mamlakatimiz mustaqilligiga bag‘ishlangan “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy tanlovining yakuniy bosqichini o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi va Bastakorlar uyushmasi yosh ijrochilar o‘rtasida “Nihol” mukofotiga nomzodlarning respublika saralash bosqichini hamda g‘oliblar ijrosidagi konsert dasturini avgust oyining birinchi yarmida yuqori darajada tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilab qo‘yilsinki, o‘tkaziladigan bayram tadbirlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy budjetlar hamda joylardagi ishlab chiqarish korxonalari, xo‘jaliklar, jamg‘armalar hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mustaqillikning o‘n to‘qqiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur Qarorning ijrosini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 30-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1358-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 6-son, 257-modda)