11.08.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1658-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 11.08.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1658-1
Kuchga kirish sanasi
21.08.2010
Hujjat 21.08.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“IKKILAMChI BOZORDA ERKIN KONVERTATSIYA QILINADIGAN VALYUTADA AMALGA OShIRILADIGAN QIMMATLI QOGʻOZLAR BILAN BITIShUVLARGA HISOB-KITOB-KLIRING XIZMATI KOʻRSATISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 11-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1658-1]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 29-dekabrdagi 2006-17, 5, 283-V-son “Ikkilamchi bozorda erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada amalga oshiriladigan qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarga hisob-kitob-kliring xizmati koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1658, 2007-yil 22-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 7-8-son, 79-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktori K. TOLIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 20-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-14-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 20-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 20-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18/2-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi hamda Markaziy bank Boshqaruvining 2010-yil 20-iyuldagi 2010-14, 63, 18/2-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ikkilamchi bozorda erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada amalga oshiriladigan qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarga hisob-kitob-kliring xizmati koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Muqaddimada “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi, “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida”gi, “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, 7-son, 354-modda), “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, 1-2-son, 6-modda), “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) muqaddimada “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi, “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida”gi, “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, 7-son, 354-modda), “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, 1-2-son, 6-modda)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda HKP deb yuritiladi) — qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining tegishli litsenziyasi asosida qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar boʻyicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarni amalga oshiruvchi qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdolarning tashkilotchisi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan va birja yoki birjadan tashqari qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil etish boʻyicha faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshiruvchi, HKP bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma tuzgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HKP aʼzosi — qimmatli qogʻozlar bozorida oʻzi tuzgan bitimlar boʻyicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish toʻgʻrisida HKP bilan shartnoma imzolagan qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdolar qatnashchilari — HKP aʼzolari yoki oʻz nomidan va oʻz hisobidan yohud oʻz mijozlari uchun qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni tuzish uchun tashkillashtirlgan savdolarda ishtirok etuvchi mijozlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo hisob raqami — deponentning qimmatli qogʻozlarini saqlash va tashkillashtirilgan savdolarga qoʻyilgan yoki tashkillashtirilgan savdolarda tuzilgan bitimlar boʻyicha olingan qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish uchun moʻljallangan Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining (keyingi oʻrinlarda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) hisobga olish registrlaridagi yozuvlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HKPdagi shaxsiy hisob raqam — mijoz yoki HKP aʼzosining, shuningdek, savdolar tashkilotchilari va Markaziy depozitariyning pul mablagʻlarini hisobga olish uchun moʻljallangan HKPning hisobga olish registrlaridagi yozuvlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlovga qarab yetkazib berish — qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni bajarish tartibi, bunda qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlarini oʻtkazish faqat hisob-kitob-kliring operatsiyalari ishtirokchilarining hisob raqamlarida amalga oshirilgan bitimlarni bajarish uchun moʻljallangan zarur miqdordagi qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlari borligi tekshirilganidan va guvohlantirilganidan (tasdiqlanganidan) soʻng amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“savdolarga chiqarish harakati toʻxtatildi” boʻlimi — birja va birjadan tashqari savdo tizimlarida sotish uchun qoʻyiladigan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish uchun moʻljallangan maxsus boʻlim. Mazkur boʻlim faqat savdolar qatnashchisining Markaziy depozitariydagi savdo hisobvaragʻida ochilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yetkazib berish harakati toʻxtatildi” boʻlimi — tashkillashtirilgan savdolar natijalariga koʻra qimmatli qogʻozlar boʻyicha majburiyatlarni hisobga olish uchun moʻljallangan. Mazkur boʻlim faqat savdolar qatnashchisining Markaziy depozitariydagi savdo hisob raqamida ochilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatuvchi bank — HKPning oʻzi tomonidan xoʻjalik faoliyatini yuritish uchun moʻljallangan HKPning talab qilib olinguncha depozit hisob raqamiga va (yoki) HKP aʼzolari va mijozlarining pul mablagʻlarini hisobga olish va saqlash uchun moʻljallangan talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqamiga xizmat koʻrsatish boʻyicha HKPga xizmatlar koʻrsatuvchi bank”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. HKP faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, 7-son, 354-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-apreldagi 196-son “Qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Qimmatli qogʻozlar bozorida hisob-kitob-kliring palatalari toʻgʻrisida”gi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 65-modda), mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 21-bandning oltinchi xatboshisidagi “ikkinchi darajadagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 32-son, 275-modda)