Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.08.1996 yildagi 299-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-YIL HOSILI UChUN KUZGI BOShOQLI DON EKINLARI EKIShNING TAShKILIY-IQTISODIY ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari ekishni oʻz vaqtida va uyushqoqlik bilan oʻtkazish, gʻalla yetishtirishni koʻpaytirishda xoʻjaliklar va aholini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining boshoqli don ekinlari ekish maydonlari, don yetishtirish va xoʻjaliklar tomonidan uni “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi korxonalariga sotishga oid takliflari 1, 2-ilovalarga muvofiq qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha boshoqli don ekinlari ekish jadvaliga 3-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlarning hokimliklari bilan birgalikda joriy yilning 1-noyabriga qadar 1997-yil gʻalla hosilini xarid qilish uchun, 1996-yil 1-sentabrdagi bir tonna gʻalla uchun jahon narxlarining 70 foizini xarid narxlari bazasi sifatida qabul qilgan holda, xoʻjaliklar bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 1-aprelga qadar kontraktatsiya shartnomalarida koʻrsatib oʻtilgan gʻalla qiymatining kamida 40 foizi miqdorida xoʻjaliklarga bosqichma-bosqich avans toʻlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi jahon bozori konyunkturasini hisobga olgan holda, lekin gʻalla uchun vujudga kelgan oʻrtacha jahon narxlarining 70 foizidan kam boʻlmagan darajada boshoqli don ekinlari uchun xarid narxlari boʻyicha 1997-yil 1-maygacha takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi preyskurant narxlari tasdiqlangandan soʻng, tuzilgan shartnomalarga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-dekabrdagi 458-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi Andijon viloyatida boshoqli don ekinlari urugʻchiligi bazasini yaratish toʻgʻrisidagi masalani oʻrganib chiqsinlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlari, Qishloq xoʻjaligi vaziri (Jumaniyozov), “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi raisi (Yusupbekov) va “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi raisi (Mutalov) zimmasiga Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 22-avgustdagi 353-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan urugʻlarni dorilash jadvaliga qatʼiy rioya qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin. Tovar dondan urugʻlik sifatida foydalanish qatʼiy man etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi gʻalla ekuvchi xoʻjaliklarning ulush qoʻshib qatnashishi asosida qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga boshoqli don ekinlari urugʻlarini tayyorlash yuzasidan xizmat koʻrsatish uchun ixtisoslashtirilgan markazlar barpo etishni va koʻrsatib oʻtilgan markazlar urugʻlarni tozalash, kalibrlash, navlarga ajratish, dorilash uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar va urugʻlarning unib chiqishini tadqiq etuvchi laboratoriya asboblari bilan jihozlanishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi va “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi shu yilning 15-sentabrigacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshoqli don ekinlari uchun naturada maydonlar va massivlar ajratishni nihoyasiga yetkazsinlar, ularni unumli va suv bilan taʼminlash kafolatlangan yerlarda hamda xoʻjaliklarda qabul qilingan almashlab ekish sxemalarini (qishloq xoʻjaligi ekinlarining navbatlashishini) hisobga olgan holda joylashtirishni koʻzda tutsinlar. Zarur boʻlganda ekin maydonlarining mavjud tuzilmasini qayta koʻrib chiqsinlar va paxta hamda don ekinlari ekishni tumanlar hamda xoʻjaliklar boʻyicha qayta taqsimlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻoriladigan yerlarda bir gektar yerga 250 kg va lalmi yerlarda kamida 100 kg urugʻlik sarfi hisobidan zarur miqdorda urugʻlik tayyorlashni taʼminlasinlar va maydonlarga faqat tozalangan va dorilangan urugʻlarni eksinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekish texnikasining tayyorligini va xoʻjaliklarda zarur miqdorda fosfor oʻgʻiti toʻplanishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mexanizatorlar va ekish mavsumining boshqa qatnashchilari uchun zarur ish sharoitlari yaratsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekish mavsumi davrida tumanlarda hokimlar boshchiligida, ularga urugʻlik sarfi belgilangan normalarga muvofiq boʻlishi, ular oʻsimliklar kasalliklarini koʻzgʻatuvchilarga qarshi dorilanganligi uchun javobgarlik yuklangan holda, komissiyalar tuzsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi boshoqli don ekinlari ekiladigan maydonlarni suv bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi bilan birgalikda bir hafta muddatda qishloq xoʻjaligi korxonalari mineral oʻgʻitlar, urugʻlarni dorilovchi moddalar, gerbitsidlar, haydov traktorlari va ularga ehtiyot qismlar bilan kafolatli taʼminlashga oid chora-tadbirlarni tasdiqlasinlar va ularni tayyorlov va ekish mavsumi davrida amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 1997-yil mart oyiga qadar “KEYS” firmasining 400 ta haydov traktori va 200 ta gʻalla oʻrish kombaynini sotib olish imkoniyatlarini, ularni xarid qilishning moliyaviy manbalarini aniqlagan holda, oʻrganib chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi ekish mavsumi davrida yonilgʻi-moylash materiallarini, mineral oʻgʻitlarni va urugʻlarni dorilovchi moddalarni, schyotlarida mablagʻlari boʻlmagan xoʻjaliklarga oldindan 15 foizlik toʻlovlarsiz, qarzlarni xoʻjaliklarga avans toʻlovlari toʻlanishiga qarab uzish sharti bilan, uzluksiz berilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda boshoqli don ekinlari ekilgan maydonlarning hammasini nazorat oʻlchovidan oʻtkazsinlar Vazirlar Mahkamasiga mazkur masala boʻyicha axborot 1996-yil 15-noyabrga qadar taqdim etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari R.A. Giniyatullin va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 27-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
299-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-avgustdagi 299-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EKISh MAYDONLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎ming gektar

Boshoqli don ekinlari

‎‏Qishloq xoʻjaligi korxonalarida

shu jumladan:‎‎ Aholi xoʻjaliklarida (sugʻoriladigan yerlarda)

sugʻoriladigan yerlarda‎

lalmi yerlarda‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 28‎ 28‎ —‎ 4‎
viloyatlar:‎
Andijon‎ 70‎ 70‎ —‎‎ 5‎
Buxoro‎ 60‎ 60‎ —‎‎ 10‎
Jizzax‎ 221‎ 101‎ 120‎ 10‎
Qashqadaryo‎ 335‎ 152‎ 183‎ 15‎
Navoiy‎ 45‎ 35‎ 10‎ 3‎
Namangan‎ 70‎ 70‎ —‎‎ 7‎
Samarqand‎ 213‎ 93‎ 120‎ 15‎
Surxondaryo‎ 119‎ 96‎ 23‎ 10‎
Sirdaryo‎ 106‎ 89‎ 17‎ 4‎
Toshkent‎ 125‎ 98‎ 27‎ 4‎
Fargʻona‎ 92‎ 92‎ —‎‎ 11‎
Xorazm‎ 16‎ 16‎ —‎‎ 2‎
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha‎ 1500‎ 1000‎ 500‎ 100‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-avgustdagi 299-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yilgi boshoqli ekinlar doni yalpi hosili va xoʻjaliklar tomonidan uni “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi korxonalariga sotish hajmlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

ming tonna‎

‎‏
Gʻalla yalpi hosili Aholi xoʻjaliklaridagi yalpi hosil‏ “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi korxonalariga gʻallani preyskurant narxlar boʻyicha sotish‎‎

Jami‎

shu jumladan bugʻdoy‎ Jami‎ shu jumladan bugʻdo‎y
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 89.5‎ 89.5‎ 12‎ 22.4‎ 22.4‎
viloyatlar:‎
Andijon‎ 357.8‎ 357.8‎ 21‎ 89.4‎ 89.4‎
Buxoro‎ 194.7‎ 169.7‎ 30‎ 48.7‎ 42.45‎
Jizzax‎ 379.0‎ 359.0‎ 30‎ 94.75‎ 89.9‎
Qashqadaryo‎ 573.7‎ 513.7‎ 45‎ 143.35‎ 128.0‎
Navoiy‎ 115.8‎ 105.8‎ 9‎ 28.95‎ 26.45‎
Namangan‎ 326.3‎ 316.3‎ 28‎ 81.6‎ 79.1‎
Samarqand‎ 431.6‎ 411.6‎ 45‎ 107.9‎ 102.95‎
Surxondaryo‎ 373.7‎ 358.7‎ 30‎ 93.5‎ 89.85‎
Sirdaryo‎ 305.3‎ 285.3‎ 12‎ 76.35‎ 71.4‎
Tosh�ent‎ 400.0‎ 390.0‎ 13‎ 100.0‎ 97.5‎
Fargʻona‎ 400.0‎ 390.0‎ 44‎ 100.0‎ 97.5‎
Xorazm‎ 52.6‎ 52.6‎ 6‎ 13.1‎ 13.1‎
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha‎ 4000‎ 3800‎ 325‎ 1000.0‎ 950.0‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-avgustdagi 299-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari ekish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jadvali
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎(ming gektar)

Barcha toifadagi yerlar‎ Shu jumladan, sugʻoriladigan yerlarda Lalmi yerlarda

Ekish maydoni

Ekish muddatlari Ekish maydoni Ekish muddatlari Ekish maydoni Ekish muddatlari
boshlan.‎ tugallanishi‎ boshlan.‎‎ tugallanishi‎‎ boshlan.‎‎ tugallanishi‎‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 28 10.09 10.10 28 10.09 10.10‎ —‎ —‎‎ —‎‎
viloyatlar:‎
Andijon‎ 70 15.09 15.10 70 15.09 15.10‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Buxoro‎ 60 20.09 20.10 60 20.09 20.10‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Jizzax‎ 221 15.09 15.11 101 15.09 15.10‎ 120‎ 15.10‎ 15.11‎
Qashqadaryo‎ 335 20.09 15.11 152 20.09 20.10‎ 183‎ 20.10‎ 15.11‎
Navoiy‎ 45 20.09 15.11 35 20.09 20.10‎ 10‎ 25.10‎ 15.11‎
Namangan‎ 70 15.09 15.10 70 15.09 15.10‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Samarqand‎ 213 20.09 15.11 93 20.09 20.10‎ 120‎ 20.10‎ 15.11‎
Surxondaryo‎ 119 20.09 15.11 96 20.09 20.10‎ 23‎ 25.10‎ 15.11‎
Sirdaryo‎ 106 15.09 15.11 89 15.09 15.10‎ 17‎ 20.10‎ 15.11‎
Toshkent‎ 125 15.09 15.11 98 15.09 15.10‎ 27‎ 15.10‎ 15.11‎
Fargʻona‎ 92 15.09 15.10 92 15.09 15.10‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Xorazm‎ 16 10.09 10.10 16 10.09 10.10‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
Jami: 1500 10.09 15.11 1000 10.09 20.10‎ 500‎ 15.10‎ 15.11‎
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-dekabrdagi 458-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)