Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NAVOIY VILOYATI TOMDIBULOQ TUMAN MARKAZIDA YaShOVChILARNI KOʻChIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi seysmologiya institutining Navoiy viloyati Tomdibuloq tuman markazi mintaqasida yaqin vaqtlarda tektonik hodisalar namoyon boʻlishi xavfi toʻgʻrisidagi prognozlari va Tomdibuloq tuman markazini koʻchirish boʻyicha respublika komissiyasi xulosasini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tomdibuloq tuman markazini koʻchirish boʻyicha respublika komissiyasi, Navoiy viloyati hokimligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda Tomdibuloq tuman markazidagi seysmik ishonchliligini yoʻqotgan uylarda yashovchi 54 oilani koʻchirishni 1996-yil 30-avgustgacha tugallasinlar;
koʻchiriladigan oilalarni zarur sanitariya-maishiy sharoitlar (suv, elektr energiyasi, yoqilgʻi va boshqalar) bilan taʼminlasinlar;
koʻchirilayotgan oilalarga ularning xohishlariga qarab viloyat shaharlari, shaharchalari va qishloqlarida shaxsiy uy qurish uchun yer uchastkalari bersinlar.
2. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
1996-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari boʻyicha davlat budjeti mablagʻlari hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan joriy yil qurilishlarining, ularni Tomdi tumanining yangi markazi obyektlari boʻyicha 2,9 mln soʻmga (1991-yil narxlari) koʻpayishini hisobga olgan holda qurilishlar aniq roʻyxatini aniqlashtirishga oid taklif kiritsinlar;
1997-1998-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturi loyihalarini tuzishda 1-ilovaga muvofiq qurilish obyektlariga markazlashtirilgan kapital mablagʻlar ajratishni va mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini nazarda tutsinlar;
Navoiy viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda Tomdibuloq tumani markazida yashovchilarni avariya holatidagi uylardan yangi joyga koʻchirish boʻyicha xarajatlarni qoplash manbalari va tartibini belgilasinlar.
3. Navoiy viloyati hokimligi 1-ilovada koʻrsatilgan obyektlarning kapital qurilish prognozlarida belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzavtotrans” davlat-aksionerlik korporatsiyasi, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi, Oʻzbekbirlashuvning 1996-1997-yillarda oʻz mablagʻlari hisobiga 2-ilovaga muvofiq tuman yangi markazi infrastrukturasi obyektlarini qurish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Tomdibuloq tuman markazini koʻchirish boʻyicha respublika komissiyasi zimmasiga yuklansin.
Komissiya va Navoiy viloyati hokimligi 1997-yil 1-yanvardan boshlab har yarim yillik yakunlari boʻyicha mazkur qarorning bajarilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1996-yil 31-iyul,
273-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-iyuldagi 273-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
1997-1998-yillarda davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan Navoiy viloyati Tomdi tumani yangi markazining obyektlari
ROʻYXATI
| T/r | Obyektlar nomi | Smeta qiymati 1991-yilgi narxlarda ming soʻm va quvvati | 1996 — 1998-yillarga topshiriq | shu jumladan yillar boʻyicha | ||||
| tasdiqlangan LSHga | 1996-yil 1.01 gacha amalda bajarilgan | qoldiq | 1996-y. | 1997-y. | 1998-y. | |||
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 |
| 1. | Turar joy imoratlari, ming soʻm kv.m |
16649 21433 |
5744 2363 |
10905 18570 |
10905 8570 |
1150 1950 |
4850 8100 |
4905 8520 |
| 2. | Qozonxona, ming soʻm Gkal/soat |
599 3.62 |
98 — |
501 3.62 |
400 1.8 |
— — |
280 — |
120 1.8 |
| 3. | Maktablar, ming soʻm oʻquvchi oʻrni |
6187 1360 |
1528 — |
4659 1360 |
2250 320 |
750 — |
750 — |
750 320 |
| 4. | Qishloq vrachlik punkti, ming soʻm oʻrin |
180 50 |
— — |
180 50 |
180 50 |
180 50 |
— — |
— — |
| 5. | Shaharcha ichidagi avtoyoʻllar, ming soʻm |
4480 | 1070 | 3410 | 782 | 182 | 300 | 300 |
| 6. | Muhandislik tarmoqlari, ming soʻm |
992 | — | 992 | 500 | 150 | 175 | 175 |
| 7. | Asosli suv yoʻllarini kengaytirish, ming soʻm km |
3170 9.4 |
2627 — |
543 9.4 |
543 9.4 |
543 9.4 |
— — |
— — |
| 8. | Zarafshok-Tomdi asosiy suv yoʻllari, ming soʻm km |
7401 27 |
4440 — |
2961 27 |
2961 27 |
— — |
1480 — |
1481 27 |
| 9. | Sanepidemstansiya binosi, ming soʻm obyekt |
1375 1 |
7 — |
1368 1 |
1368 1 |
— — |
1368 1 |
— — |
| 10. | Kasalxona, ming soʻm oʻrin |
5671 100 |
— — |
5671 100 |
1000 — |
— — |
— — |
1000 — |
| | Jami: | 46704 | 15514 | 31190 | 20889 | 2955 | 9203 | 8731 |
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-iyuldagi 273-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Navoiy viloyatining Tomdi tumani yangi markazida vazirliklar va idoralarning oʻz mablagʻlari hisobiga quriladigan obyektlar
ROʻYXATI
| T/r | Obyektlar nomi | Buyurtmachi | Qurilish yillari |
| 1. | Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasi | “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi | 1997-yil |
| 2. | “Issiq non” doʻkoni boʻlgan kichik novvoyxona | Oʻzbekbirlashuv | 1996-1997-yillar |
| 3. | Kundalik ehtiyoj mollari doʻkoni, 65 m2 | Oʻzbekbirlashuv | 1997-yil |
| 4. | 256 nomerli ATS (yangi bino berilgan holda) | Aloqa vazirligi | 1997-yil |
| 5. | Soatiga 25—30 yoʻlovchini qabul qila oladigan avtostansiya | “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi | 1997-yil |
| 6. | Tuman ichki ishlar boʻlimi maʼmuriy binosi | Ichki ishlar vazirligi | 1997-yil |