22.07.2010 yildagi 156-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKANING QISHLOQ TUMANLARIDA ONALAR VA BOLALARNING REPRODUKTIV SALOMATLIGINI MUSTAHKAMLASHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Barkamol avlod yili” Davlat dasturini bajarish yuzasidan va profilaktik sogʻliqni saqlashni yanada rivojlantirish, eng avvalo qishloq tumanlarida onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash, “Sogʻlom ona — sogʻlom bola” maqsadli vazifani izchil amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasining 2010 — 2016-yillarda qishloq tumanlarida yashaydigan homilador ayollarni tarkibida shu jumladan foli kislotasi mavjud boʻlgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlarning maxsus komplekslari bilan taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-oktabrdagi 297-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 44-son, 537-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010 — 2016-yillarda respublikaning qishloq tumanlarida yashaydigan homilador ayollar uchun xarid qilinadigan, tarkibida shu jumladan foli kislotasi mavjud boʻlgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlar maxsus komplekslari tarkibidagi vitaminlarning eng kam roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-oktabrdagi 297-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 44-son, 537-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning qishloq tumanlarida yashaydigan homilador ayollar uchun xarid qilinadigan, tarkibida shu jumladan foli kislotasi mavjud boʻlgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlar maxsus komplekslarini xarid qilish, taqsimlash va ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning qishloq tumanlarida yashaydigan homilador ayollar uchun xarid qilinadigan, tarkibida shu jumladan foli kislotasi mavjud boʻlgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlar maxsus komplekslarini xarid qilish boʻyicha Idoralararo tender komissiyasi tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yilda homilador ayollar uchun polivitaminlar kompleksini xarid qilish uchun ijtimoiy sohaga va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga nazarda tutilgan xarajatlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga 8,0 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011 — 2016-yillarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining asoslangan buyurtmanomalari boʻyicha respublikaning qishloq tumanlarida yashaydigan homilador ayollar uchun xarid qilinadigan, tarkibida shu jumladan foli kislotasi mavjud boʻlgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlarning maxsus komplekslarini sotib olishga zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-oktabrdagi 297-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 44-son, 537-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi uchun olib kiriladigan, tarkibida, shu jumladan, foli kislotasi ham mavjud boʻlgan 1-ilovaga kiritilgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlar maxsus komplekslari 2020-yil 1-yanvargacha bojxona toʻlovlari (bojxona yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan ozod qilinsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Polivitaminlarning maxsus komplekslari respublikaning qishloq tumanlaridagi homilador ayollar soniga, preparatlarning zarur tarzda transportda tashilishiga va saqlanishiga, ularning homilador ayollarga maqsadli ajratilishiga, shuningdek polivitaminlar komplekslaridan foydalanishning zarur tarzda hisobga olinishi va hisobot berilishiga qarab hududlar boʻyicha asosli taqsimlanishini taʼminlash uchun masʼuliyat Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi polivitaminlar komplekslarini xarid qilishga ajratiladigan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini, shuningdek asosli va aniq tarzda taqsimlanishini, tuman tibbiyot birlashmalari va qishloq vrachlik punktlarigacha yetkazib berilishini, zarur tarzda omborga joylashtirilishi va saqlanishini, homilador ayollarga aniq tarzda ajratilishini muntazam ravishda tekshirib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasi ommaviy axborot vositalari, shu jumladan mahalliy televideniye, radio va gazetalar orqali homilador ayollarning reproduktiv salomatligini va ularning boʻlajak farzandlari salomatligini mustahkamlash uchun polivitaminlar komplekslarini qabul qilishning muhimligi toʻgʻrisida aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari respublikaning qishloq tumanlarida homilador ayollar salomatligini mustahkamlashga va aholining tibbiy madaniyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yoritilishiga har tomonlama koʻmaklashsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 22-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
156-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 22-iyuldagi 156-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010 — 2016-yillarda respublikaning qishloq tumanlarida yashaydigan homilador ayollar uchun xarid qilinadigan, tarkibida shu jumladan foli kislotasi mavjud boʻlgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlar maxsus komplekslari tarkibidagi vitaminlarning eng kam
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxati
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-oktabrdagi 297-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 44-son, 537-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vitaminlar nomi Oʻlchov birligi Bir kecha-kunduzga vitaminlarning eng kam miqdori TIF TN kodi
Bir kecha-kunduzga vitaminlarning eng kam miqdori mavjud boʻlgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlarning maxsus kompleksi: —‎ —‎ 2106909803,
‎3004501009
Foli kislotasi (folatsin, V9, Vs vitamini) Mkg‎ 400‎
“A” vitamini (retinol) ME‎ 1500‎
“E” vitamini (tokoferol) ME‎ 10‎
“D” vitamini (kalsiferollar) ME‎ 200‎
S vitamini (askorbin kislota) mg‎ 75‎
V1 vitamini (tiamin) mg‎ 1,5‎
V2 vitamini (riboflavin) mg‎ 1,7‎
V6 vitamini (piridoksin) mg‎ 2,6‎
B12 vitamini (sianokobalamin) Mkg‎ 4‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Komplekslarda mineral moddalar, shu jumladan temir va kalsiy mavjud boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 22-iyuldagi 156-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning qishloq tumanlarida yashaydigan homilador ayollar uchun xarid qilinadigan, tarkibida shu jumladan foli kislotasi mavjud boʻlgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlar maxsus komplekslarini xarid qilish, taqsimlash va ajratish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2010-yil 27-yanvardagi PQ-1271-son qarorini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan hamda respublikaning qishloq tumanlarida, shu jumladan shahar tipidagi posyolkalarda yashaydigan homilador ayollar uchun tarkibida shu jumladan foli kislotasi mavjud boʻlgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlarning maxsus komplekslarini (keyingi oʻrinlarda “polivitaminlar komplekslari” deb ataladi) xarid qilish, taqsimlash, ajratish, hisobga olish va ulardan foydalanilganligi toʻgʻrisida hisobot berish tartibi va mexanizmini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Polivitaminlar komplekslariga har yilgi ehtiyojni aniqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi har yili joriy yilning oktabr oyigacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga keyingi yilda homilador ayollarning kutilayotgan soni hamda mintaqalar va qishloq tumanlari boʻyicha polivitaminlar komplekslariga boʻlgan ehtiyoj toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bir homilador ayolga polivitaminlar komplekslariga boʻlgan ehtiyoj uni homiladorlikning 5 oyi mobaynida polivitaminlar komplekslari bilan taʼminlashdan kelib chiqib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Polivitaminlar komplekslarini xarid qilish, taqsimlash tartibi va mexanizmi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Polivitaminlar komplekslarini xarid qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 21-noyabrdagi 456-son qarori talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tender asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻzbektenderkonsalting” agentligi tender komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Har yili Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratiladigan davlat budjeti mablagʻlari 2010 — 2016-yillarda polivitaminlar komplekslarini moliyalashtirish manbai hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-oktabrdagi 297-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 44-son, 537-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tender savdolari faqat qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan va Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestriga kiritilgan polivitaminlar komplekslariga eʼlon qilinishi mumkin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyingi davrda tender savdolariga qoʻyiladigan polivitaminlar komplekslarini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalarida klinik qoʻllash tajribasi kamida 2 (ikki) yil boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tender savdolari shartlari tovarni ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchining polivitaminlar komplekslari isteʼmol oʻramiga “Sotish man etiladi” degan yozuvni yozish va har bir oʻramga qoʻllash boʻyicha davlat tilidagi yoʻriqnomani ilova qilish majburiyatini nazarda tutishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgandan keyin mintaqalar boʻyicha polivitaminlar komplekslarini omborga joylashtirish va taqsimlashni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Polivitaminlar komplekslari mintaqalargacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari tomonidan yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mintaqalarda polivitaminlar komplekslari omborga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari davolash muassasasining dorixona omborlaridan birida joylashtiriladi va saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyalar polivitaminlar komplekslarini tumanlar, qishloq vrachlik punktlari va ularning filiallari boʻyicha taqsimlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Polivitaminlar komplekslari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari davolash muassasasi dorixona omboridan tuman tibbiyot birlashmalari tomonidan yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Polivitaminlar komplekslarini tumanlarda omborga joylashtirish va saqlash tuman tibbiyot birlashmasining kasalxona ichki dorixonasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Polivitaminlar komplekslari tuman tibbiyot birlashmasining kasalxona ichki dorixonasidan qishloq vrachlik punkti va uning filialining moddiy javobgar shaxsi tomonidan yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Polivitaminlar komplekslari qishloq vrachlik punkti va uning filialining katta tibbiyot hamshirasi xonasida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yetkazib berish va omborga joylashtirishning har bir bosqichida polivitaminlar komplekslarini berish tegishli tovar hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Polivitaminlar komplekslarini ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Polivitaminlar komplekslari faqat respublikaning qishloq tumanlarida, shu jumladan shahar tipidagi posyolkada yashaydigan ayollarda homiladorlik aniqlangandan keyin tuman koʻp tarmoqli poliklinikasi, qishloq vrachlik punkti vrachi tomonidan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Polivitaminlar komplekslari tuman koʻp tarmoqli poliklinikasi, qishloq vrachlik punkti vrachi tomonidan homiladorlik aniqlangan paytdan boshlab quyidagi sxema boʻyicha tayinlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqichda — homiladorlik aniqlangandan keyin birinchi uch oyda har bir ayolga 60 kun mobaynida qabul qilish hisobidan kelib chiqib polivitaminlar kompleksi beriladi. Soʻngra homiladorlikning keyingi ikki oyi mobaynida polivitaminlar komplekslarini qabul qilish toʻxtatilishi zarur;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqichda — ikki oylik tanaffusdan soʻng har bir ayolda homiladorlikning keyingi 90 kuni mobaynida qabul qilish hisobidan kelib chiqib polivitaminlar kompleksi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Polivitaminlar komplekslari berilishi hisobi tuman koʻp tarmoqli poliklinikasi, qishloq vrachlik punkti vrachi tomonidan homilador ayolning ambulatoriya kartasiga yozuvni qayd etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Homilador ayol maxsus roʻyxatdan oʻtkazish jurnaliga polivitaminlar komplekslari olinganligi toʻgʻrisida imzo chekadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Homiladorlik toʻxtatilgan taqdirda ayolga polivitaminlar kompleksini berish toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Polivitaminlar komplekslari berilishini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish maxsus jurnallarda tuman koʻp tarmoqli poliklinikasi, qishloq vrachlik punkti vrachi va qishloq vrachlik punkti filialining moddiy javobgar oʻrta tibbiyot xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Polivitaminlar komplekslaridan foydalanishni hisobga olish va hisobot berish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari hisobot beriladigan yil choragidan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga polivitaminlar komplekslari taqsimlanishi va ajratilishi boʻyicha hisobot taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi polivitaminlar komplekslarini xarid qilishga ajratiladigan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni, shuningdek ularning asosli va aniq tarzda taqsimlanishini, yetkazib berilishi va homilador ayollarga ajratilishini tizimli asosda tekshirib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Polivitaminlar komplekslari maqsadli ajratilishi va ulardan foydalanish uchun masʼuliyat Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari va tuman tibbiyot birlashmalariga yuklanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 30-son, 253-modda; 2014-y., 44-son, 537-modda; 2017-y., 14-son, 228-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)