Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.12.1995 yildagi 451-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING BESh YILLIGIGA BAGʻIShLANGAN “OʻZBEKISTON — VATANIM MANIM” MAVZUIDA QOʻShIQLAR KOʻRIK-TANLOVINI OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatanga cheksiz mehr, Vatan himoyasini muqaddas burch deb anglamoq, taqdir hijronga duchor etganda Vatan sogʻinchida kuyish, Vatan uchun jon bagʻishlash xalqimizning qonida, naslida bor. Yuz yillar, ming yillar mobaynida shakllangan, millatimiz koʻrki boʻlmish bu ezgu fazilatlar bugun — istiqlol davrida yangicha mazmun va ahamiyat kasb etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi davlatchiligimizni barpo etish, ham siyosiy, ham maʼnaviy, ham iqtisodiy mustaqillikni uzil-kesil taʼminlash, mamlakatimizning dunyoda oʻzining qadimiy va boy tarixi hamda zamonaviy salohiyatiga munosib oʻrinni egallashi, qullikdan, istibdod asoratidan butkul xalos boʻlgan ozod va obod yurtning haqiqiy egalari boʻlmish magʻrur va sobit farzandlarni kamolga yetkazish — bugungi davrimizning eng dolzarb vazifasidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu ulugʻ maqsadlar asosida ozod Vatanimizni va uning xalqini ulugʻlaydigan, keksayu yosh, katta-kichik, shu aziz yurtni panoh tutgan har bir insonni muqaddas Vatanimiz himoyasi va buyuk kelajagi yoʻlida mard va fidoyi boʻlishga chorlaydigan yangi, zamonaviy qoʻshiqchilik sanʼatini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Madaniyat ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasi, Bastakorlar va Yozuvchilar uyushmalari hamda Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazining “Oʻzbekiston — Vatanim manim” mavzuida qoʻshiqlar koʻrik-tanlovini oʻtkazish haqidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekiston — Vatanim manim” koʻrik-tanlovini oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasi tarkibi 1-ilovaga, koʻrik-tanlov hayʼati 2-ilovaga va koʻrik-tanlov toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Koʻrik-tanlovni oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasi bir hafta muddatda tegishli tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari eng yaxshi qoʻshiqlarni tanlash uchun qoʻshiqchilik kengashlari tuzsinlar va koʻrik-tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Koʻrik-tanlov Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining besh yilligi arafasida — 1996-yilning iyul oyida yakunlansin. Gʻoliblik va ragʻbatlantirish mukofotlari joriy etilsin. Moliya vazirligiga respublika budjetidan 4-ilovaga muvofiq mablagʻ ajratish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasiga koʻrik-tanlovga tushgan qoʻshiqlarning sifatli yozib olinishi va efirga uzatilishini taʼminlash topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Davlat matbuot qoʻmitasi koʻrik-tanlov hayʼati saralagan asarlar nota toʻplamini nashr etishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Koʻrik-tanlov muassislari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi qoʻshiqlar matni, musiqasi, ijrosi, efirga uzatilishi va tirajlari bilan bogʻliq boʻlgan mehnat haqi, gonorar miqdorlarini oshirish haqidagi yangi tartibni 1 oy muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasi tasdigʻiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Koʻrik-tanlov jarayoni va uning yakunlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 5-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
451-son

Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-dekabrdagi 451-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining besh yilligiga bagʻishlangan “Oʻzbekiston — Vatanim manim” mavzuidagi qoʻshiqlar koʻrik-tanlovini oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

I.H.Joʻrabekov ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi ‎
X.R.Joʻrayev ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari (kelishuv boʻyicha) ‎
S. S. Saidqosimov ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari ‎
—‎‎ Aʼzolari: ‎
R.Abdullayev ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasining raisi ‎
N.Aminov ‎ —‎‎ Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazining raisi ‎
J.Jabborov ‎ —‎‎ Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi ‎
Sh.Yoʻldoshev ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri ‎
Jamol Kamol ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi ‎
A. Koʻchimov ‎ —‎‎ “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi raisining oʻrinbosari ‎
N.Muhammadiyev ‎ —‎‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat vaziri, bastakor ‎
A.Nazarov ‎ —‎‎ Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi ‎
A.Oripov ‎ —‎‎ Oʻzbekiston xalq shoiri ‎
O. Salimov ‎ —‎‎ Oʻzbek�ston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri ‎
R. Farhodiy ‎ —‎‎ Shoir ‎
R.Shogʻulomov‎ —‎‎ Oʻzbekiston Davlat matbuot qoʻmitasi raisi‎
T.Gʻofurjonov ‎ —‎‎ Sanʼatshunoslik instituti direktori‎
E.Hayitboyev ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri‎
Z.Hakimov ‎ —‎‎ “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi raisi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-dekabrdagi 451-son qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining besh yilligiga bagʻishlangan “Oʻzbekiston — Vatanim manim” mavzuidagi qoʻshiqlar koʻrik-tanlovi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HAYʼATI

T. Gʻofurjonov ‎ —‎ Sanʼatshunoslik instituti direktori, rais ‎
D. Omonullayeva ‎ —‎ bastakor, rais oʻrinbosari‎
A. Joʻrayev ‎ —‎‎ jurnalist, kotib ‎
aʼzolari: ‎
M. Bafoyev ‎ —‎‎ bastakor ‎
K.Bahriyev ‎ —‎‎ Jurnalist ‎
X.Davron ‎ —‎‎ shoir ‎
J. Jabborov ‎ —‎‎ Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi ‎
F. Zokirov ‎ —‎‎ bastakor, xonanda ‎
A. Ikromov ‎ —‎‎ bastakor ‎
A. Ismoilov ‎ —‎‎ bastakor ‎
A. Koʻchimov ‎ —‎‎ “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi raisining oʻrinbosari ‎
F. Mamadaliyev ‎ —‎‎ xalq hofizi, professor ‎
A.Nazarov ‎ —‎‎ bastakor ‎
X. Sultonov ‎ —‎‎ yozuvchi ‎
M.Ulugʻova ‎ —‎‎ shoira ‎
A.Faynberg ‎ —‎‎ shoir‎
R.Farhodiy ‎ —‎‎ shoir‎
O. Hotamov ‎ —‎‎ xalq hofizi ‎
R.Yunusov ‎ —‎ M. Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining direktori‎
M. Yusuf ‎ —‎ shoir‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-dekabrdagi 451-son qaroriga
3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining besh yilligiga bagʻishlangan “Oʻzbekiston —‎‎ Vatanim manim” mavzusidagi qoʻshiqlar koʻrik-tanlovi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil davlat boʻlgandan buyon istiqlol, Vatan mavzuida yaratilgan, har tomonlama badiiy yetuk qoʻshiqlarni saralash, yangilarini yaratish, ijodkorlarni yangi-yangi asarlar yozishga ilhomlantirish va ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov fuqarolarimiz qalbida Vatanga cheksiz mehr, Vatan himoyasini muqaddas burch deb bilish, taqdir hijronga duchor etganda Vatan sogʻinchida kuyish, Vatan uchun jon bagʻishlash, oʻz yurtining haqiqiy egasi boʻlish kabi tuygʻularni kamol toptirishni koʻzlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu ulugʻ maqsadlar asosida ozod Vatanimizni va uning xalqini ulugʻlaydigan, keksayu yosh, kattayu kichik, shu aziz yurtni panoh tutgan har bir inson muqaddas Vatanimiz himoyasi va buyuk kelajagi yoʻlida mard va fidoyi boʻlishga chorlaydigan yangi, zamonaviy qoʻshiqchilik sanʼatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovda malakali va havaskor xonandalar, ansambllar ishtirok etadilar. Ishtirokchilarning yoshi chegaralanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovda barcha janrdagi qoʻshiqlar bilan qatnashish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovda bolalar bogʻchalarida, maktablarda, oliy oʻquv yurtlarida, oliy oʻquv yurtlarida, harbiy qismlarda joʻr boʻlib kuylanadigan mustaqillik va Vatan tuygʻusi yoʻgʻrilgan ommaviy qoʻshiqlarga alohida eʼtibor beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrik-tanlov gʻoliblari uchun quyidagi mukofotlar taʼsis etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 ta birinchi — 125 ming soʻm
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 ta ikkinchi — 70 ming soʻmdan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 ta uchinchi — 50 ming soʻmdan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 ta ragʻbatlantiruvchi —‎‎ 30 ming soʻmdan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovni oʻtkazish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov 1995-yilning dekabr oyidan boshlanib, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 5 yilligi arafasida — 1995-yilning 15-iyulida yakunlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtkazish joyi — “Bahor” konsert zali.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov ikki bosqichda boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bosqich. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bosqich. 1996-yilning mart—‎‎iyul oylarida mustaqillikning 4 yilligi davomida va undan soʻng yaratilgan yangi asarlarning saralash respublika yakuniy koʻrigi oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshiq janrlari boʻyicha gʻolib deb topilgan ijrochilar Mustaqillikning 5 yilligi bayram tantanalarida va televideniye orqali namoyish etiladigan bayram konsertlari dasturidan imtiyozli oʻrin olish huquqiga ega boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastlabki saralash bosqichida ijrochilar fonogrammasiz — jonli hamda bir yoki bir nechta qoʻshiqlari bilan qatnashishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijrochilarning koʻrik oʻtkaziladigan joyga kelishi bilan bogʻliq barcha sarf-xarajatlar tegishli mahalliy hokimliklar hisobidan toʻlanadi. Shuningdek, koʻrik-tanlovning yuksak saviyada tashkil etilishi bilan bogʻliq moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashda muassislar, hammuassislar va homiylar faol ishtirok etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻoliblarni aniqlashda koʻrik-tanlov hayʼati koʻrikda ishtirok etgan asarlar haqida jamoatchilik tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarga tayanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼatning koʻrik-tanlov yakunlari haqidagi qarori Mustaqillik bayrami arafasida ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-dekabrdagi 451-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining besh yilligiga bagʻishlangan “Oʻzbekiston —‎‎ Vatanim manim” mavzuidagi qoʻshiqlar koʻrik-tanlovi gʻoliblari uchun beriladigan mukofotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mukofotlar‎‎ Soni‎ Miqdori‎
1.‎ birinchi oʻringa‎ 1 ta‎ 125 ming soʻm‎
2.‎ ikkinchi oʻringa‎ 3 ta‎ 70 ming soʻmdan‎
3.‎ uchinchi oʻringa‎ 3 ta‎ 50 ming soʻmdan‎
4.‎ ragʻbatlantiruvchi mukofot‎ 3 ta‎ 30 ming soʻmdan‎

Jami:‎

10 ta‎

575 ming soʻm‎