Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.04.1995 yildagi 156-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UY-JOY VA JAMOAT BINOLARIDA ENERGIYANI TEJAYDIGAN TIZIMLARNI IShLAB ChIQISh VA TAJRIBA TARIQASIDA JORIY ETISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada energiyani tejaydigan uy-joylar va jamoat binolari qurilishini rivojlantirishning texnikaviy va tashkiliy masalalarini puxta ishlab chiqish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent shahar hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda 1995-1996-yillarda Toshkent shahrida tajriba tariqasida besh qavatli 32 kvartirali energiyani tejaydigan uy-joyni ilmiy jihatdan ishlab chiqish, loyihalash, qurishni va ularning natura sinovlarini amalga oshirsinlar hamda natijalari bo‘yicha kelgusida qurilishda qo‘llanish uchun tavsiyanomalar bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi 1995-yilning Sh choragida tajriba tariqasidagi uy-joy qurilishi uchun yer uchastkasi ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi tajriba tariqasidagi besh qavatli 32 kvartirali uy-joy qurilishi bo‘yicha buyurtmachi va bosh pudratchi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi ko‘rsatib o‘tilgan uy-joyning 1996-yilning III choragida foydalanishga topshirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi “Qahrabo” ilmiy — ishlab chiqarish firmasi ishtirokida energiyani tejaydigan arxitektura yechimlarini nazarda tutuvchi tajriba dasturini, 1995-yilning IV choragida tajriba tariqasidagi g‘isht-panel konstruksiyali uy-joy qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini bergan holda, ishlab chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tajriba tariqasidagi qurilishda uy-joy va jamoat binolarini markazlashtirilmagan tartibda issiqlik bilan ta’minlashning yangi tizimini ishlab chiqish va sinab ko‘rish bo‘yicha tadbirlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tadbirlardagi 1995-yil uchun belgilangan, shuningdek ushbu qarorning 1-2-bandlaridagi ishlarni tegishli manbalar hamda joriy yilda ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshirsinlar, 1996-1997-yillar uchun istiqbolni shakllantirishda taqdim etilgan hisob-kitoblar va smetalarga muvofiq maqsadli mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsinlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va “O‘zABK” qo‘shma korxonasiga markazlashtirilmagan issiqlik manbalarining tajriba namunalarini tayyorlash uchun metall va butlovchi mahsulot sotishda, shuningdek tajriba tariqasidagi uy-joy qurilishini zarur moddiy-texnika resurslari bilan kontrakt asosida ta’minlashda ko‘maklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 28-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
156-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 28-apreldagi 156-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tajriba tariqasidagi qurilishda uy-joy va jamoat binolarini markazlashtirilmagan tartibda issiqlik bilan ta’minlashning yangi tizimini ishlab chiqish va sinab ko‘rish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TADBIRLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Topshiriqlarning nomi va ularni bajarish bosqichlari Asosiy bajaruvchi va yordamchi bajaruvchilar

Bajarish muddatlari ‎boshlanishi-tugashi

Ishlarning qiymati (hisoblan gan)* ming so‘m ‎‏ ‎‏Buyurtmachi
Kutiladigan natijalar ‎‏
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎
I. Issiqlik bilan ta’minlashning markazlashtirilmagan tizimlarining ilmiy-texnikaviy yechimlarini va tajriba loyihalarini ishlab chiqish‎ O‘zLITTI, “O‘zbekkommunloyiha”‎ “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi‎ Issiqlik bilan ta’minlashning markazlashtirilmagan tizimi elementlariga texnikaviy talablar‎
1. Uy-joy va jamoat binolarida bug‘qozon agregatlarini joylashtirishga yong‘inga qarshi kurashish hamda gaztexnika talablari va shartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish‎ “O‘zbekkommunloyiha”, “O‘zbekgazloyiha”, IIVning ESB, “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi‎ 1995-yilning II-IV choraklari‎ 120‎ “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi‎ “Davnazorat” organlari bilan kelishilgan yong‘inga qarshi kurashish va gaztexnika talablari‎
2.Markazlashtirilmagan bug‘qozon agregatlaridan chiqadigan yondiruvchi mahsulotlarga sanitariya-ekologik talablarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish ‎ “Atmosfera” LTITI, O‘zSGKKITI‎ 1995-yilning II-IV choraklari‎ 80‎ “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi‎ “Davnazorat” bilan kelishilgan sanitariya va ekologik talablar‎
3.Markazlashtirilmagan issiqlik manbalari bo‘lgan ko‘p qavatli uylarning issiqlik va issiq suv bilan ta’minlash tizimini ishlab chiqish hamda ularning tajriba sinovi uchun obyektlarni tanlash ‎ “O‘zLITTI”, “O‘zbekkommunloyiha” “Tashkilotchi” tresti ‎ 1996-yilning I - II choraklari‎ 250‎ “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi‎ Yangi tizimlar bo‘yicha chet el tajribasi, ularning ilmiy-texnikaviy yechimi obzori, bug‘qozon agregatlariga texnikaviy talablar‎
4. Issiqlik bilan ta’minlashning markazlashtirilmagan tizimining tajriba loyihalarini ishlab chiqish ‎ “O‘zLITTI”, “O‘zbekkommunloyiha ‎ Issiqlik bilan ta’minlashning markazlashtirilmagan tizimlarining loyiha-smeta hujjatlari‎
a) Toshkent shahridagi mavjud bino uchun qo‘shimcha qurilgan bug‘qozondan issiqlik bilan ta’minlashning tajriba obyekti tizimi loyihasi ‎ “O‘zbekkommunloyiha” “Enkom” IIK ‎ 1995-yilning II - III choraklari ‎ 180‎ “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Toshkent shahar vazirligi‎
b) Toshkent (5 kv), Samarqand 5 kv), Farg‘ona (5 kv) shaharlarida qurilayotgan yoki qayta barpo etilayotgan 4 qavatli uy-joylar uchun issiqlik bilan ta’minlash kvartirali tizimlarining tajriba loyihalari ‎ “O‘zLITTI”‎ 1996-yilning II-III choraklari ‎ 125‎ “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Toshkent, Samarqand shaharlari, Farg‘ona viloyati hokimliklari‎
v) qurilayotgan yoki qayta barpo etilayotgan Toshkent shahridagi (2 tizimli) 9 qavatli uy va Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi uy-joyni issiqlik bilan ta’minlash seksiyali tizimining tajriba loyihasi ‎ “O‘zLITTI”‎ 1996-yilning II - III choraklari ‎ 150‎ “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Toshkent shahar v� Toshkent viloyati hokimliklari‎
II. Obyektlarga o‘rnatish uchun avtomatlashtirilgan bug‘qozon agregatlarini tayyorlash va yetishmayotgan asbob-uskunalarni ishlab chiqish ‎ “Tashkilotchi” tresti, “O‘zkommunmashkomplekt”, “Sozlovchi” korxonasi, “Enkom” IIK, “O‘zGAZITI”, “O‘zABK” QK, Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligining ITIK, “O‘zbekgazavtomatika”‎ Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi‎ Markazlashtirilmagan issiqlik ta’minoti tizimlari uchun ishlab chiqilgan texnikaviy talablarga javob beradigan asbob-uskuna‎
1 . Issiqlik ta’minotining obyektli tizimi uchun ish unumi 250-800 kVt bo‘lgan gazli isitish bug‘qozonlarining tajriba namunalarini tayyorlash ‎ “Tashkilotchi” tresti, “O‘zkommunmashkomplekt”, “Sozlovchi” korxonasi, “Enkom” IIK, “O‘zGAZITI”, “O‘zABK” QK, Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligining ITIK, “O‘zbekgazavtomatika”‎ 1995-yilning I-IV choraklari ‎ 195‎ Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi‎ Avtomatlashtirilgan bug‘qozon agregatlari‎
Issiqlik ta’minotining kvartirali va seksiyali tizimlari uchun tejamli va yuqori ishonch bilan ishlatiladigan bug‘qozon agregatlari va boshqa asbob-uskunalarni ishlab chiqish hamda ularning tajriba namunalarini tayyorlash ‎ “Tashkilotchi” tresti “O‘zkommunmashkomplekt” “Sozlovchi” korxonasi “Enkom” IIK, O‘zGAZITI “O‘zABK” QK, Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligining ITIK, “O‘zbekavtomatika” ‎ Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi ‎ Eksperimental namunalari, sinovlar protokollari, tajriba namunalari‎
a) issiqlik ta’minotining kvartirali tizimlari uchun suv konturli, gaz bilan isitish ro‘zg‘or apparatlari ‎
ish unumi 4 kVt (6 ta) ‎ 1995-yilning II choragi - 1996-yilning III choragi‎ 240‎
ish unumi 7 kVt (9 ta) ‎ 1995-yilning II choragi - 1996-yilning III choragi‎ 320‎
b) issiqlik ta’minotining seksiyali tizimlari uchun gazli, past bosimli, qo‘shimcha havo yordamisiz ishlaydigan goryelkalari va energiya ishlatmaydigan xavfsizlik avtomatikasi bo‘lgan bug‘qozon ‎
ish unumi 125 kVt (1 ta) ‎ 1995-yilning II choragi - 1996-yilning III choragi‎ 275‎
ish unumi 160 kVt (1 ta) ‎ 1995-yilning II choragi - 1996-yilning III choragi‎
v) suv bilan isitgichlar (5 ta) va 80-120 l sig‘imli kengaytiruvchi — suv isitish baklari (5 ta) ‎ 1995-yilning II choragi— 1996-yilning III choragi‎
III. Qurilayotgan va qayta barpo etilayotgan uy-joy va jamoat binolari issiqlik ta’minotining markazlashtirilmagan tizimlari qurilishini amalga oshirish ‎ Zinalarni issiqlik bilan ta’minlashning markazlashtirilmagan tajriba tizimlari‎
1. Jamoat binosini qo‘shimcha qurilgan bug‘qozondan issiqlik bilan ta’minlashning obyektli tizimi ‎ Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi‎ 1995-yilning II - III choraklari‎ 312‎ Kommuna� �izmat ko‘rsatish vazirligi‎
2. Toshkent, Samarqand, Farg‘ona shaharlaridagi ko‘p qavatli uylarda issiqlik ta’minotining kvartirali tizimlari ‎ “O‘zmontajmaxsusqurilish”‎ 1996-yilning IV choragi‎ 200‎ Toshkent , Samarqand shaharlari va Farg‘ona viloyati hokimliklari‎
3. Toshkent shahridagi 9 qavatli uy-joyning seksiyali, markazlashtirilmagan issiqlik ta’minoti tizimi‎ 1996-yilning IV choragi‎ 245‎ Toshkent shahar hokimligi‎
IV Tajriba obyektlarida markazlashtirilmagan issiqlik ta’minoti tizimining natura sinovlarini o‘tkazish ‎ Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi‎ Qurilish normasi va qoidalari, texnik shartlar, namunaviy yechimlar albomi, ishlatishga doir yo‘riqnomalar‎
1. Qurilgan obyektlarda avtomatlashtirilgan bug‘qozon agregatlarini ishlatishni tashkil etish va ishlatish sinovlariga o‘tkazish ‎ “O‘zbekkommunloyiha”, “Tashkilotchi” tresti, “Sozlovchi” korxonasi, “Enkom” IIK, “O‘zGAZITI” ‎ 1996-yilning IV choragi - 1997-yilning I choragi ‎ 150‎ Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi‎ Markazlashtirilmagan issiqlik ta’minoti tizimlari uchun bug‘qozon agregatlariga tuzatishlar kiritilgan texnikaviy hujjatlar‎
2. Markazlashtirilmagan issiqlik ta’minoti tizimlarining natura sinovlarini o‘tkazish ‎ “O‘zLITTI”, “O‘zbekkommunloyiha”, IIVning YoSB, “O‘zdavkontexnazorat”, “Atmosfera” LTITI, “O‘zSGKKITI”‎ 1997-yilning I - II choraklari ‎ 280‎ “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi‎ Tajriba natijalari bo‘yicha yig‘ma ilmiy-texnikaviy hisobot‎

3. Markazlashtirilmagan issiqlik ta’minoti tizimlarini loyihalash va ishlatish bo‘yicha tavsiyanomalar va normativ hujjatlarni ishlab chiqish ‎

1997-yilning I - II choraklari ‎ 200 Markazlashtirilmagan issiqlik ta’minoti tizimlari uchun tavsiyanomalar va normativ hujjatlarning loyihalari ‎

4. Uy-joy va jamoat binolarining markazlashtirilmagan isitish tizimlari namunaviy texnik yechimlari albomini ishlab chiqish ‎

“O‘zLITI”‎ 1997-yilning I - II choraklari ‎ 140‎ Markazlashtirilmagan issiqlik ta’minoti tizimlari uchun namunaviy texnik yechimlar albomi‎

5. Amaldagi normativ hujjatlar va nizomlarga zarur o‘zgartirishlar kiritgan holda O‘zbekiston Respublikasida issiqlik ta’minotini rivojlantirishning 2010-yilgacha mo‘ljallangan konsepsiyasini o‘tkazilgan tajribal�r natijalari bo‘yicha ishlab chiqish ‎

Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, “O‘zbekneftgaz”‎ 1997-yilning I - II choraklari ‎ 300 ‎ Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi‎ Issiqlik ta’minotini rivojlantirish konsepsiyasi, normativ hujjatlar va nizomlar‎
Jami: ‎ 4345‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ishlarning qiymatiga narxlar darajasining o‘zgarishiga muvofiq tuzatishlar kiritiladi.