O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“ELEKTRON TIJORAT TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi 2022-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-792-sonli “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2022-yil 31-dekabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati (Sh. Mirziyoyev) o‘z qarorlarini “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2004-yil 29-aprel,
614-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 20-son, 233-modda)