29.04.2004 yildagi 613-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ELEKTRON TIJORAT TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2015-yil 22-maydagi O‘RQ-385-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Elektron tijorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tijorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining elektron tijorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Elektron tijorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga doir tadbirkorlik faoliyati elektron tijoratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Elektron tijorat ishtirokchilari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tijoratni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek tegishli tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xaridorlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar elektron tijorat ishtirokchilaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tijoratda axborot vositachilari ham ishtirok etishlari mumkin. Elektron hujjat aylanishi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar axborot vositachilaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Elektron tijorat ishtirokchilarining huquqiy holati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tijorat ishtirokchilari ushbu Qonunda, boshqa qonun hujjatlarida, shuningdek tuzgan shartnomalarida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadilar va majburiyatlarni bajaradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tijoratda ishtirok etish, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, uning ishtirokchilariga nisbatan axborot tizimlaridan foydalanmasdan amalga oshirilayotgan tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan qo‘shimcha talablar yoki cheklashlar belgilanishi uchun asos bo‘la olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Elektron tijoratni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs to‘g‘risidagi axborot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tijoratni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridoriga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan holdagi to‘liq nomini yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta va elektron manzilini hamda o‘zining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda litsenziyasi borligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axborotni taqdim etishi yoxud uning bunday axborotdan foydalanish erkinligini ta’minlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarida elektron tijoratni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs to‘g‘risidagi axborotga nisbatan boshqa talablar ham belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Axborot vositachilarining xizmatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot vositachilarining xizmatlari shartnoma asosida ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot vositachilari, agar elektron tijorat ishtirokchilari bilan tuzilgan shartnomalarning shartlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, elektron hujjatlarning mazmunini yoki ulardan foydalanish tartibini o‘zgartirishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Elektron tijoratdagi shartnoma shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tijoratdagi shartnoma shartlari qonun hujjatlarining talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tijoratdagi shartnoma unga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resursida joylashtirilgan elektron hujjatga havola qilish yo‘li bilan kiritiladigan alohida shartlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Bu holda elektron hujjatni joylashtirgan elektron tijorat ishtirokchisi qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan muddat mobaynida undan erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlashi, bu muddat o‘tgandan keyin esa ushbu elektron hujjatning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda saqlanishini ta’minlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Elektron tijoratda shartnoma tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tijoratda shartnoma quyidagilar vositasida tuzilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron hujjatlarni ayirboshlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron hujjat ko‘rinishida bo‘lmagan, qabul qilib olingan oferta (shartnoma tuzish taklifi) qabul qilinganligi to‘g‘risidagi elektron hujjatni jo‘natish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron hujjat ko‘rinishida bo‘lgan, qabul qilib olingan ofertadagi shartnoma shartlarini bajarish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tijoratda shartnoma akseptni (taklif qabul qilinishini) o‘z ichiga olgan elektron hujjat elektron tijoratni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan qabul qilib olingan paytda yoxud ofertani o‘z ichiga olgan elektron hujjatda aksept uchun nazarda tutilgan harakatlar tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridori tomonidan amalga oshirilgan paytda tuzilgan deb e’tirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ofertani o‘z ichiga olgan elektron hujjat olinganligini oferta shartlariga rozilikni ko‘rsatmasdan tasdiqlash, xuddi shuningdek tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridorining harakatsizligi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, aksept hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qonun hujjatlarida shartnoma bo‘yicha tarafning boshqa tarafga shartnomani tuzish yoki ijro etish bilan bog‘liq hujjatni taqdim etish majburiyati nazarda tutilgan bo‘lsa, ko‘rsatilgan majburiyatni bajarish shartnomani tuzish usulidan qat’i nazar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tijoratda shartnoma, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, faqat elektron hujjatlardan foydalanilgan holda tuzilganligiga asoslanib haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Elektron tijoratda ofertaga taklif etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tijoratda ofertaga taklif etish, shu jumladan taklif qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risidagi reklama yoki boshqa ma’lumotlar maxsus bilimga ega bo‘lmagan qabul qilib oluvchiga qabul qilib olingan axborotning elektron tijoratga taalluqliligini aniq belgilash va oferta jo‘natuvchining huquqiy holati, uning tovarlari (ishlari, xizmatlari), bu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narxlari va ularni olish shartlari haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilish imkoniyatini beradigan shaklda taqdim etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Elektron tijoratda ofertaga qo‘yiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tijoratda shartnoma tuzish maqsadida yo‘llanadigan oferta, shu jumladan nomuayyan shaxslar doirasiga yo‘llanadigan oferta:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron hujjatlardan foydalangan holda shartnoma tuzish tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma shartlarini kelishib olish chog‘ida o‘zgartishlar kiritish imkoniyati va tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akseptni elektron hujjat vositasida yuborish va chaqirib olish tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resursida joylashtirilgan elektron hujjatga havola qilish yo‘li bilan shartnomaga kiritiladigan shartlarga taalluqli qaydlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Elektron hujjatlardan bitim tuzilganligining dalili sifatida foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron hujjatlardan bitim tuzilganligining dalili sifatida foydalanish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tijorat sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Elektron tijorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tijorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 29-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
613-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 20- son, 232-modda)