Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 10.12.1994 yildagi 594-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“QIZILQUMNODIRMETALLOLTIN” KONSERNI VA OLMALIQ KON-METALLURGIYA KOMBINATI KORXONALARINI YuQORI MALAKALI MUTAXASSISLAR VA IShChILAR BILAN TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Qizilqumnodirmetalloltin” konsernining Navoiy kon-metallurgiya kombinatini kadrlar bilan ta’minlash hamda mehnatkashlarning ijtimoiy shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 25-yanvardagi 33-son va “1994-yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 31-oktabrdagi 530-son qarorlariga muvofiq va “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati korxonalarining yuqori malakali ishchi kadrlar hamda mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘z vaqtida va to‘liq ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ilova qilinayotgan “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati korxonalarini 1995 — 2000-yillarda yuqori malakali mutaxassislar va ishchi kadrlar bilan .ta’minlash dasturi* tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Dastur rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, idoralar, Navoiy va Toshkent viloyatlari hokimliklari, “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati dasturda belgilangan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni ko‘rsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy o‘quv yurtlari bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1995/96 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy o‘quv yurtlariga o‘quvchilar qabul qilish prognozlarida “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ehtiyojlarini hisobga olgan holda test asosida Navoiy va Toshkent viloyatlaridan yoshlarni o‘qishga maqsadli qabul qilish uchun kvotalarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy o‘quv yurtlari bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar 1995/96 o‘quv yilidan boshlab “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati korxonalari uchun belgilangan kvotalar va tuzilgan shartnomalarga muvofiq mutaxassislar tayyorlashni amalga oshirsinlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rta maxsus ta’lim negizida mutaxassislarni tayyorlashning jadallashtirilgan shakllari kengaytirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, madaniyat va boshqa tashkilot hamda muassasalarni yuqori malakali xodimlar bilan butlash va mustahkamlash maqsadida 1995-yil 1-yanvardan boshlab Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlarida va Zafarobod shaharchasida muayyan davr ishlaganlik uchun har oylik taqdirlash puli joriy qilinsin va u uzluksiz ish stajiga ko‘ra lavozim maoshi (tarif stavkasi)ning ko‘yidagi miqdorlarida to‘lansin: 3 yilgacha — 1,25 koeffitsiyent (yilda 3 ta maosh); 3 yildan 5 yilgacha — 1,5 (yilda 6 ta maosh); 5 yildan ortiq — 1,75 (yilda 9 ta maosh).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi bir oy muddatda ko‘rsatib o‘tilgan tashkilotlar xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun har oyda taqdirlash puli to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasining Xalq ta’limi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995/96 o‘quv yilidan boshlab har yili Navoiy va Toshkent viloyatlari hunar-texnika bilim yurtlarida “Qizilkumnodirmetalloltin” konserni va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati buyurtmanomalariga muvofiq ishchi kadrlar tayyorlab berishni ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy shahridagi 2-hunar bilim yurtini “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni ehtiyojiga muvofiq malakali ishchi kadrlarni tayyorlashga qayta ixtisoslashtirsin. Navoiy kon-metallurgiya kombinati 2-hunar bilim yurti moddiy-texnika bazasini rivojlantirishda yordam bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga MDH mamlakatlari, O‘zbekiston Respublikasining viloyatlari va Toshkent shahridan kontrakt bo‘yicha ishga kelayotgan xodimlar va ularning oila a’zolarini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Mashinasozlik, kimyo va metallurgiya, Ta’lim va fan bo‘limlariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 10-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
594-son