Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOShKENT ShAHRIDA XOTIN-QIZLARNING XALQARO KONFERENSIYASINI OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mamlakatimizda ayol, oila va jamiyat munosabatlarida erishilgan yutuqlarni keng targʻib etish, mavjud muammolarni hamkorlikda hal etish borasida oʻzaro fikr almashinish hamda “YUNESKO” tomonidan 1994-yil xalqaro oila yili deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan shuningdek, har tomonlama sogʻlom avlodni kamol toptirishda respublika xotin-qizlarining oʻziga xos faoliyat koʻrsatishlariga zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash va ushbu jarayonda keng jamoatchilikning yanada faol ishtirok etishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Sogʻlom avlod uchun”, “EKOSAN” xalqaro jamgʻarmalari va “Mahalla” xayriya jamgʻarmasining Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi bilan birgalikda 1994-yilning 8 — 10-iyun kunlari Toshkent shahrida “Ayol, oila va jamiyat” mavzuida xalqaro xotin-qizlar konferensiyasini oʻtkazish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
* 2-ilova berilmaydi.
Konferensiya ishini “Kinochilar uyi”da oʻtkazishga rozilik bildirilsin.
Tashkiliy qoʻmita bir hafta muddatda konferensiyani tayyorlash va uni oʻtkazish tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
3. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi hamda Toshkent shahar hokimligi xalqaro konferensiya ishtirokchilarini Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasining buyurtmasiga binoan “Oʻzbekiston” va “Toshkent” mehmonxonalariga joylashtirsinlar va ularning ovqatlanishini joyida tashkil etsinlar.
“Oʻzbekiston” mehmonxonasiga joylashgan xorijiy mamlakatlardan kelgan mehmonlarning turar joyi va ovqatlanishi uchun sarflangan xarajatlar Oʻzbekiston fuqarolari uchun belgilangan miqdorda soʻm-kuponlarda qoplanishiga ruxsat berilsin.
4. “Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi xotin-qizlar qoʻmitasining buyurtmasiga muvofiq tegishli avtotransport vositalari belgilangan jadval asosida xalqaro konferensiya ishtirokchilari uchun xizmat etishini taʼminlasin.
5. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi chet ellik mehmonlarini “VIR” zali orqali kutib olish va kuzatishni tashkil etsin hamda ularga bepul xizmat koʻrsatishni taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet ellardan keluvchi mehmonlarning hujjatlarini tegishli soliqlardan ozod qilgan holda oʻz vaqtida rasmiylashtirish topshirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xalqaro konferensiyani oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni joriy baholarda 3-ilovaga* muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasiga ajratsin va ushbu xarajatlarning yarmi (50 foizi) ni Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan va qolgan yarim (50 foizi) ni homiylar hisobidan qoplashni eʼtiborda tutsin.
* 3-ilova berilmaydi.
8. Oʻzdavteleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi, gazeta va jurnallar tahririyatlari Xalqaro konferensiyaga tayyorgarlikning borishi hamda uning oʻtkazilishini keng yoritsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M. Qoraboyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 11-aprel,
196-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-apreldagi 196-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Xalqaro xotin-qizlar konferensiyasini tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitasining
TARKIBI
| Qoraboyev M.Q | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita, raisi |
| Joʻrayev X.R. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
| Xudoyberdiyeva X.U. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
| Gʻulomova D. M. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmitaning masʼul kotibi |
|
Tashkiliy qoʻmita aʼzolari | ||
| Alimov H. | — | Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti rektori |
| Almatov Z. | — | Ichki ishlar vaziri |
| Ahmedov R.A. | — | Rassomlar uyushmasi Prezidenti |
| Vohidov Oʻ. | — | Respublika Qizil Yarim Oy jamiyati raisi |
| Yoʻldosheva G. | — | Sogʻlom avlod uchun “ jamgʻarmasi raisi” |
| Ikromov M. | — | Toshkent viloyati hokimi |
| Karimov Sh. | — | Sogʻliqni saqlash vaziri |
| Loreynt. Raffing | — | BMT ning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakilining oʻrinbosari |
| Mahmudov Sh. N | — | Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-maʼrifiy aloqalar milliy uyushmasi raisining oʻrinbosari |
| Rashidova S.Sh. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi “Olima” uyushmasi raisi |
| Rafiqov Gʻ | — | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining bosh direktori |
| Saidkosimov S. | — | Tashqi ishlar vaziri |
| Salimov O U. | — | Oliy va urta maxsus taʼlim vaziri |
| Sodiqova T. | — | Andijon viloyati Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi |
| Temurov Sh. | — | Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi raisi |
| Usmonova X..M. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Sogʻliqni saqlash va xalq maorifi qoʻmitasi raisi |
| Fayzullayev R | — | “Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasining raisi |
| Fozilbekov A.I. | — | Toshkent shahar xokimi |
| Xazratqulov M. | — | OʻzA Bosh direktori |
| Xayitboyev E. | — | Madaniyat ishlari vaziri |
| Qoriyeva B. | — | Teatr arboblari uyushmasi raisi |
| Qayumov B. | — | Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi |
| Kirgizboyev M. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining yetakchi k�nsultanti |
| Shogʻulomov R. | — | Oʻzdavmatbuotqoʻm raisi |
| Shodimetov Yu Sh. | — | Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat boʻlimi mudiri |
| Yusupova I. | — | Bolalar jamgʻarmasi raisi |
| Yahyoyev Sh. Gʻ | — | “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi raisi |