Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.06.1993 yildagi 308-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 510 YILLIGIGA TAYYORGARLIK KO‘RISh VA UNI O‘TKAZISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbek klassik adabiyotining ulkan namoyandasi, atoqli davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 510 yil to‘lishi munosabati bilan Bobur ijodiyotining adabiyotimiz va madaniyatimiz tarixida, ijtimoiy fikr taraqqiyotida muhim o‘rin tutishini hisobga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1993-yilda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi O‘zbekiston Respublikasida keng miqyosida nishonlansin. hamda bu sanaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish respublika yubiley komissiyasi ilovaga muvofiq tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yubiley komissiyasi bir hafta muddat ichida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tadbirlarini ishlab chiqib, bajarishga kirishsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 1993-yilning noyabr oyida Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik opera va balet Katta teatrida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish o‘tkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Andijon viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Andijon shahrida Zahiriddin Muhammad Boburga yodgorlik o‘rnatish, Bobur muzeyi va boshqa inshootlarni qo‘rish, shoir nomi bilan bog‘liq qadamjolarni ta’mirlash ishlarini yubileyga qadar tugallash chora-tadbirlarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tegishli viloyatlarning hokimliklari, Yozuvchilar uyushmasi va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda Toshkent, Andijon, Samarqand, Shahrisabz shaharlarida ilmiy konferensiyalar o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, davlat kinokompaniyasi va davlat teleradiokompaniyasi Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan bog‘liq asarlarni respublika teatrlarida. sahnalashtirish, uning hayoti va ijodiy yo‘li haqida hujjatli va badiiy filmlar yaratish, Bobur g‘azallari bilan aytiluvchi qo‘shiqlardan iborat videokonsert dasturini tayyorlash choralarini ko‘rsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi aloqador tashkilotlar bilan birgalikda 1993-1994-yillarda Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarini nashr qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bobur hayoti va ijodi haqida plakatlar, bukletlar, taqvimlar chiqarsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Respublika ommaviy axborot vositalariga Bobur hayoti va ijodini, tavalludining 510 yilligiga tayyorgarlikning borishini keng yoritish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Andijon shahridagi yubiley inshootlarini ta’mirlash, qo‘rish va obodonchilik ishlari uchun sarf-xarajatlar smetasi 280 million so‘m miqdorida tasdiqlansin hamda ko‘rsatilgan mablag‘ respublika budjetidan Andijon viloyati hokimligiga o‘tkazilsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent shahrida yubiley tantanalarini o‘tkazish xarajatlarini Madaniyat ishlari vazirligi taqdim etgan sarf-xarajatlar hisoboti asosida respublika budjetidan qoplasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari M. Qoraboyev va K. To‘laganov o‘rtoqlar zimmalariga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 23-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
308-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 23-iyundagi 308-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
M. Qoraboyev‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari (komissiya raisining o‘rinbosari)‎
M. Umurzoqov‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi‎
K. To‘laganov‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari (komissiya raisining o‘rinbosari)‎
M. Salohiddinov‎ —‎‎ O‘zbekiston FA Prezidenti‎
P. Abdurahmonov‎ —‎‎ Samarqand viloyatining hokimi‎
S. Azimjonova‎ —‎‎ O‘zbekiston FA muxbir a’zosi‎
R. Axmedov‎ —‎‎ O‘zbekiston Rassomlar uyushmasining raisi‎
Z. Boqiboyev‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri‎
Jamol Kamol‎ —‎‎ O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi‎
X. Jo‘rayev —‎‎ O‘zbekiston davlat kinokompaniyasining raisi‎
M. Islomov‎ —‎‎ Farg‘ona viloyatining hokimi‎
N. Muhiddinov‎ —‎‎ O‘zbekiston “Yodgorlik” respublika jamiyatining raisi‎
Q. Obidov‎ —‎‎ Andijon viloyatining hokimi‎
Y. Shodimetov‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasining bo‘lim mudiri‎
T. Xidirov‎ —‎‎ Qashqadaryo viloyatining hokimi‎
R. Shog‘ulomov‎ —‎‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasining raisi‎
M. Xayrullayev‎ —‎‎‎ O‘zbekiston FA Sharqshunoslik institutining direktori‎
P. Qodirov‎ —‎‎‎ O‘zbekiston xalq yozuvchisi‎
A. Fozilbekov‎ —‎‎‎ Toshkent shahar hokimi‎
Sh. Yahyoyev‎ —‎‎‎ O‘zbekiston davlat teleradioeshittirish kompaniyasining raisi‎
�. Xayitboyev‎ —‎‎‎ O‘zbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vaziri‎
M. Hazratqulov‎ —‎‎‎ O‘zA bosh direktori‎