Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.08.1997 yildagi 417-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “BOING” (AQSH) KOMPANIYASIDA ISHLAB CHIQARILGAN IKKITA BOING 767-300 YER SAMOLYOTINI XARID QILISH TOʻGʻRISIDA” 1996-YIL 25-NOYABRDAGI 412-SON QARORIGA QOʻSHIMCHA HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Pratt end Uitney” kompaniyasi tomonidan Boing 757-200 samolyotiga RW 2037 modelidagi ehtiyot dvigateli yetkazib berishni, u bilan bogʻliq asbob-uskunalar va xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi 1996-yil 22-avgustdagi kontraktga va “Pratt end Uitney” kompaniyasi bilan tuzilgan 1997-yil 21-martdagi Xat-Bitimga muvofiq ilovaga muvofiq umumiy summasi 8014,8 ming AQSH dollari boʻlgan RW 2037 modelidagi ehtiyot dvigatelini va u bilan bogʻliq asbob-uskunalarni sotib oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AQSH Eksimbanki tomonidan maʼqullangan summa B transhi boʻyicha Boing 757-200 samolyoti uchun RW 2037 modelidagi ehtiyot dvigatelining xarid narxiga, u bilan bogʻliq asbob-uskunalar va xarajatlarga oid qismini mablagʻ bilan taʼminlashni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. RW 2037 ehtiyot dvigatelini, u bilan bogʻliq asbob-uskunalar va xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-noyabrdagi 412-son qarori bilan maʼqullangan moliyaviy lizing tarkibiga kiritilishiga rozilik berilsin, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy summasi 7075,3 ming AQSH dollari boʻlgan ehtiyot dvigateli, u bilan bogʻliq asbob-uskunalar va xarajatlar qiymatining bir qismi, shuningdek AQSH Eksimbanki sugʻurta mukofoti AQSH Eksimbanki kafolati ostida Cheyz Manxetten Bank tomonidan berilgan kredit hisobiga moliyalansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ehtiyot dvigateli qiymatining, u bilan bogʻliq asbob-uskunalar va xarajatlarning 1608,8 ming AQSH dollari miqdoridagi qolgan qismi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining 1238,1 ming AQSH dollariga teng boʻlgan soʻm mablagʻlari hisobiga va 370,7 ming AQSH dollariga teng boʻlgan respublika budjeti mablagʻlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi “Pratt end Uitney” kompaniyasi bilan tuzilgan 1997-yil 21-martdagi Xat-Bitimga muvofiq RW 2037 modelidagi dvigatel uchun ehtiyot qismlarning bitta komplekti tayyor boʻlishiga qarab keyinchalik toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga koʻrsatib oʻtilgan komplekt qiymati hisob-kitobini taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 26-avgustgacha “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasiga avans toʻlovini amalga oshirish uchun respublika budjetidan 370,7 ming AQSH dollariga teng boʻlgan milliy valyutada mablagʻ ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RW 2037 modelidagi dvigatel uchun ehtiyot qismlarning bitta komplekti qiymatiga haq toʻlashga respublika budjetidan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasiga mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RW 2037 ehtiyot dvigateli, u bilan bogʻliq asbob-uskunalar va xarajatlarga tegishli moliyaviy lizing tarkibiga muvofiq toʻlanishi kerak boʻlgan asosiy qarz, foizlar va vositachilik haqini toʻlash uchun respublika budjetidan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasiga yilning har choragida mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. RW 2037 ehtiyot dvigateli, u bilan bogʻliq asbob-uskunalar narxlari va moliyaviy lizing bitishuvining yuridik rasmiylashtirilishi boʻyicha amalda qilingan xarajatlar miqdorlari koʻpayishi uchun javobgarlik “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi RW 2037 ehtiyot dvigatelini, u bilan bogʻliq asbob-uskunalarni xarid qilish va xarajatlar boʻyicha moliya lizingiga tegishli hujjatlarga zarur tuzatishlar va qoʻshimchalarni imzolashga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. RW 2037 ehtiyot dvigatelini va u bilan bogʻliq asbob-uskunalarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-noyabrdagi 412-son qarorining va mazkur qarorga muvofiq kiritilgan tuzatishlar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi tomonidan berilgan barcha maʼqullashlar, sertifikatlar, ishonchnomalar, majburiyatlar va tasdiqlashlarning amal qilishi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-noyabrdagi Kafolat xatining va Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-noyabrdagi Qaytarib olinmaydigan majburiyati barcha shartlarining amal qilishi RW 2037 ehtiyot dvigateli, u bilan bogʻliq asbob-uskunalar va xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun joriy qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri J.B.Sayfiddinov RW 2037 ehtiyot dvigatelini, u bilan bogʻliq asbob-uskunalar va xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan 1996-yil 25-noyabrdagi Kafolat bitimiga Rozilik va Tasdiqlashni AQSH Eksimbanki uchun qulay shaklda imzolashga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi AQSH Eksimbanki uchun qulay shaklda RW 2037 ehtiyot dvigateli va unga asbob-uskunalar xarid qilish bilan bogʻliq taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha yuridik xulosa bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi mazkur qarorga muvofiq 1996-yil 25-noyabrdagi Ijara toʻgʻrisidagi asosiy bitimga barcha tuzatishlar va barcha qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S.Hamidov va K.R.Rahimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 26-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
417-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-avgustdagi 417-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boing 757-200 maxsus samolyoti uchun xarid qilinadigan asbob-uskunalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Mahsulot nomi‎

Soni‎

Bittasining bahosi (AQSH dollari)‎

Qiymati (AQSH dollari)‎

1. RW 2037 ehtiyot dvigateli‎

1 ta‎ 5876970,00‎ 5876970,00‎

2. Dvigatelni almashtirish uchun tezda olinadigan bloklar‎

2 ta‎ 1068927,02‎ 2137854,04‎
Jami:‎ 8014824,04‎