Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 16.12.1996 yildagi 445-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻZBEKISTONNING YaNGI TARIXI”NI TAYYORLASh VA NAShR ETISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida “Oʻzbekistonning yangi tarixi markazini tashkil etish” toʻgʻrisidagi Farmoyishiga muvofiq hamda xalqimizning yangi tarixini oʻrganish va yozish, mamlakatimiz hayotida sodir boʻlayotgan buyuk oʻzgarishlar va uning jahonshumul tarixiy ahamiyatini koʻrsatishni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublikamiz keng jamoatchiligi, taʼlim muassasalari va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining “Oʻzbekistonning yangi tarixi” kitoblarini yaratish haqidagi takliflari maʼqullansin. Uni amalga oshirish ijtimoiy-ilmiy kengash zimmasiga yuklansin. Kengash aʼzolarining tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Kengash ishiga yurtimiz tarixiga mutasaddi keng jamoatchilik vakillari jalb etilsin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida tashkil etilgan markaz kengashning ishchi guruhi sifatida qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekistonning yangi tarixi”ni tayyorlashda XIX asrning oʻrtalaridan hozirgi kungacha xalqimiz hayotida sodir boʻlgan tarixiy bosqichlarni va oʻzgarishlarni toʻla qamrab olishga eʼtibor berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mamlakatimiz olimlari va mutaxassislarining uch qismdan iborat “Oʻzbekistonning yangi tarix”ini tayyorlovchi va tahlildan oʻtkazuvchi mualliflar, ekspertlar guruhlari hamda yetakchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi takliflari 2, 3, 4-ilovalarga muvofiq qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzbekistonning yangi tarixi”ni yozishda quyidagi asosiy yoʻnalishlar eʼtiborga olinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— xalqimiz oʻtmishidagi millat taqdiri bilan bogʻliq boʻlgan tarixiy jarayonlarni chuqur ilmiy tadqiq etish va xolisona yoritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— “Oʻzbekistonning yangi tarixi”ni yozishda tarix bosqichlari va ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot uzluksiz jarayon ekanligini nazarda tutish, tarixiylik va vorisiylik tamoyillariga amal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Oʻzbekiston xalqining buyuk tarixiy merosga ega ekanligi va umumbashariyat qadriyatlariga munosib hissa qoʻshganligini eʼtirof etgan holda, oʻziga xos davlat qurilishi anʼanalari va ularga nisbatan fikrlar, qarashlar xilma-xilligi mavjudligini hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— “Oʻzbekistonning yangi tarixi”ning har bir qism va boʻlimlarini yozishda bir yoqlama, subyektiv yondashuvlarga yoʻl qoʻymasdan yagona tadqiqot uslubiga amal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Oʻzbekiston tarixiga oid voqea-hodisalarni yoritishda uning koʻhna Turonzamin, Turkiston tarixining tarkibiy qismi boʻlganligini yodda saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Oʻzbekiston tarixi dunyoning turli mintaqalarida sodir boʻlgan ijtimoiy-tarixiy voqea — hodisalar hamda jahon taraqqiyoti jarayonlari bilan uzviy bogʻliq ekanligini va ularning bir-biriga oʻzaro taʼsirini hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— tadqiqot yaratishda eski kommunistik-bolshevistik mafkura aqidalariga va oʻtmishni soxtalashtirishga yoʻl qoʻymaslik, tarixiy jarayonlarni xolisona baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— yoshlarni milliy istiqlol gʻoyalari, vatanparvarlik va umuminsoniylik ruhida tarbiyalashda tarixiy voqea-hodisalarning ahamiyatini eʼtiborga olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi huzuridagi “Oʻzbekistonning yangi tarixi” markazining buyurtmalariga asosan “Oʻzbekistonning yangi tarixi” kitoblarini hamda shunga oid boshqa oʻquv-uslubiy va ilmiy asarlarni oʻz vaqtida chop etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni arxivi va “Oʻzbosharxiv” boshqarmasi “Oʻzbekistonning yangi tarixini tayyorlashda ishtirok etuvchi xodimlar uchun zarur tarixiy hujjatlardan foydalanishga imkoniyat yaratsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzbekistonning yangi tarixi”ni tayyorlashda xorijiy mamlakatlardagi tarixiy manbalardan foydalanish uchun zarur boʻlgan sarf-xarajatlarga markazning buyurtmasiga muvofiq tegishli mablagʻ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank uni erkin muomaladagi valyutaga ayirboshlashni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzbekistonning yangi tarixi”ni tayyorlash va chop etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi taqdim etadigan hisob-kitoblarga asosan 1997-1998-yillarda qoʻshimcha mablagʻ ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 16-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
445-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 16-dekabrdagi 445-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy-ilmiy kengash aʼzolari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.‎ B. Ahmedov‎ —‎ akademik, Xalqaro Amir Temur jamgʻarmasi raisi (rahbar)‎
2.‎ A. Asqarov‎ —‎ akademik, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix, tilshunoslik va adabiyotshunoslik boʻlimi raisi‎
3.‎ A. Muhammadjonov‎ —‎ tarix fanlari doktori, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori‎
4.‎ H. Sodiqov‎ —‎ tarix fanlari doktori, “Oʻzbekistonning yangi tarixi” markazi direktori‎
5.‎ R. Jumayev‎ —‎ siyosiy fanlar doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining oʻrinbosari‎
6.‎ O. Sharofiddinov‎ —‎ professor‎
7.‎ I. Fozilxoʻjayeva‎ —‎ huquqshunoslik fanlari doktori, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori vazifasini bajaruvchi‎
8.‎ T. Malikov‎ —‎ iqtisod fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi prorektori‎
9.‎ R. Almeyev‎ —‎ Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasining direktori‎
10.‎ R. Shamsuddinov‎ —‎ tarix fanlari doktori, Andijon davlat universiteti professori‎
11.‎ A. Abdurasulov‎ —‎ tarix fanlari nomzodi, Ichan- qalʼa muzey-qoʻriqxonasining direktori‎
12.‎ P. Ravshanov‎ —‎ filologiya fanlari nomzodi, Qarshi davlat universiteti prorektori‎
13.‎ V. Akromov‎ —‎ tarix fanlari nomzodi, Qoʻqon davlat pedagogika instituti professori‎
14.‎ A. Ibrohimov‎ —‎ Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi‎
15.‎ S. Kamolov‎ —‎ Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi prezidiumining maslahatchisi‎
16.‎‎ X. Davronov‎ —‎ Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekiston televideniyesi bosh muharriri‎
17.‎ N. Mahmudov‎ —‎ Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasining direktori‎
18.‎ R. Shogʻulomov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi raisi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 16-dekabrdagi 445-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida” birinchi kitobi boʻyicha yetakchi tashkilot va mualliflar guruhi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Etakchi tashkilotlar:‎

1. ‎

Toshkent davlat universitetining tarix fakulteti.‎‎‎

2.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasi.‎‎‎
‎‎Mualliflar guruhi:
B. Doʻstqorayev‎ —‎ filologiya fanlari nomzodi, ToshDU jurnalistika fakulteti dotsenti
H. Sodiqov‎ —‎ tarix fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi “Oʻzbekistonning yangi tarixi” markazi direktori‎
Sh. Turdiyev‎ —‎ filologiya fanlari nomzodi, A. Navoiy nomidagi Adabiyot instituti ilmiy xodimi‎
S. Xolboyev‎ �‎ tarix fanlari nomzodi, ToshDU jurnalistika fakulteti dotsenti‎
F. Ergashev‎ —‎ tarix fanlari nomzodi, dotsent, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi dekani‎
Sh. Yusupov‎ —‎ filologiya fanlari doktori, ToshDU filologiya fakulteti professori‎
Q.Inoyatov‎ —‎ tarix fanlari doktori, Oʻzbekiston tarixi muzeyi direktori‎
Q. Rajabov‎ —‎ tarix fanlari nomzodi, Tarix instituti ilmiy xodimi‎
N. Avazov‎ —‎ filologiya fanlari nomzodi, Toshkent davlat pedagogika instituti ilmiy xodimi‎
S. Ahmedov‎ —‎ jurnalist, “Guliston” jurnali boʻlim mudiri‎
A. Muhiddinova‎ —‎ tarix fanlari nomzodi, ToshDU dotsenti‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 16-dekabrdagi 445-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston shoʻro mustamlakachiligi davrida” ikkinchi kitobi boʻyicha yetakchi tashkilot va mualliflar guruhi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎‎Etakchi tashkilot:
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti‎‎
Mualliflar guruhi:‎
D. Alimova‎ —‎ tarix fanlari doktori, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutining yetakchi ilmiy xodimi‎
S. Azamxoʻjayev‎ —‎ tarix fanlari doktori, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutining yetakchi ilmiy xodimi‎
N. Joʻrayev‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni yetakchi konsultanti‎
N. Karimov‎ —‎ filologiya fanlari doktori, A. Navoiy nomidagi Adabiyot instituti ilmiy xodimi, professor‎
A. Mavrulov‎ —‎ tarix fanlari doktori, Toshkent davlat madaniyat instituti prorektori‎
T. Malikov‎ —‎ iqtisod fanlari doktori, Bank-moliya akademiyasi prorektori‎
O. Olimjonov‎ —‎ iqtisod fanlari doktori, professor, Vazirlar Mahkamasi boʻlim mudiri‎
H. Sodiqov‎ —‎ tarix fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi “Oʻzbekistonning yangi tarixi” markazi direktori‎
I. Fozilxoʻjayeva‎ —‎ huquqshunoslik fanlari doktori, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori vazifasini bajaruvchi ‎
E. Xoliqov‎ —‎ tarix fanlari doktori, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti professori‎
O. Husanov‎ —‎ huquqshunoslik fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi prorektori, professor‎
O. Sharofiddinov‎ —‎ professor‎
I. Ergashev‎ —‎ siyosiy fanlar doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi professori‎
F. Ergashev‎ —‎ tarix fanlari nomzodi, dotsent, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi dekani‎
B. Erkayev‎ —‎ iqtisod fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi dekani‎‎
S. Gʻaybullayev‎ —‎ Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 16-dekabrdagi 445-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mustaqil Oʻzbekiston tarixi” uchinchi kitobi boʻyicha yetakchi tashkilot va mualliflar guruhi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎‎Etakchi tashkilot:
‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi “Oʻzbekistonning yangi tarixi” markazi
Mualliflar guruhi:‎
R. Jumayev‎ —‎ siyosiy fanlar doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori oʻrinbosari‎
N. Joʻrayev‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni yetakchi konsultanti‎
T. Joʻrayev‎ —‎ falsafa fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi kafedra mudiri‎
T. Malikov‎ —‎ iqtisod fanlari doktori, Bank- moliya akademiyasi prorektori‎
Sh. Mahmudbekov‎ —‎ tarix fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi professori‎
O. Olimjonov‎ iqtisod fanlari doktori, professor, Vazirlar Mahkamasi boʻlim mudiri‎
H. Sodiqov‎ —‎ tarix fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi “Oʻzbekistonning yangi tarixi” markazi direktori‎
T. Fayzullayev‎ —‎ tarix fanlari nomzodi, dotsent, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Iqtisodiy islohot va tadbirkorlikni rivojlantirish qoʻmitasi kotibi‎
O. Husanov‎ —‎ huquqshunoslik fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi prorektori, professor‎
I. Ergashev‎ —‎ siyosiy fanlar doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi professori‎
B. Erkayev�� —‎ iqtisod fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi dekani‎
A. Qosimov‎ —‎ tarix fanlari doktori, professor, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xalqaro munosabatlar kafedrasining mudiri‎