Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.12.1996 yildagi 441-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-YILDA PAXTA YETIShTIRISh HAJMLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining 1997-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha ilovaga muvofiq hajmlarda paxta yetishtirish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yilda paxta tolasi uchun davlat xaridi uni ishlab chiqarish hajmlarining 30 foizi darajasida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, davlat xaridining tasdiqlangan hajmidan ortiqcha paxta xomashyosidan ishlab chiqarilgan paxta tolasi xo‘jaliklar ixtiyorida qoladi va paxta tayyorlash topshiriqlari bajarilgan taqdirda ular tomonidan erkin narxlarda sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi bilan birgalikda paxta tolasiga jahon bozori konyunkturasini hisobga olgan holda 1997-yilgi hosil paxtasining xarid narxlari yuzasidan 1997-yil 1-iyulgacha takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 1997-yil 1-fevralgacha paxta xarid qilish yuzasidan xo‘jaliklar bilan shartnomalar tuzilishini, xo‘jaliklarga 1996-yil hosili xarid narxlarining kamida 30 foizi miqdorida avans to‘lanishini ta’minlasin. 1997-yil paxta hosili uchun belgilangan xarid narxlaridan kelib chiqqan holda iyul-avgust oylarida qo‘shimcha avans berishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasi xarid qilinadigan paxtaga avans to‘lash uchun zarur kredit resurslarini, shu jumladan 1995-1996-yillarda ushbu maqsadlar uchun ajratilgan kreditlarni to‘lash hisobiga izlab topsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 1997-yil hosili uchun respublika mintaqalari bo‘yicha g‘o‘zaning seleksiya navlarini joylashtirish yuzasidan ikki hafta muddatda taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Q.G‘. Obidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 13-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
441-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 13-dekabrdagi 441-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yilda paxta yetishtirish hajmlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekin maydoni, ming gektar‎ Yalpi hosil, ming tonna‎
Qoraqalpog‘iston Respublikasi‎ 145‎ 310‎
viloyatlar:‎
Andijon‎ 110‎ 310‎
Buxoro‎ 129‎ 403‎
Jizzax‎ 111‎ 257‎
Qashqadaryo‎ 173‎ 420‎
Navoiy‎ 44‎ 120‎
Namangan‎ 95‎ 280‎
Samarqand‎ 97‎ 250‎
Surxondaryo‎ 120‎ 380‎
Sirdaryo‎ 141‎ 325‎
Toshkent‎ 108‎ 280‎
Toshkent‎ 127‎ 375‎
Xorazm‎ 100‎ 290‎
O‘zbekiston Respublikasi‎ 1500‎ 4000‎