Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.03.2021 31.05.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2110
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 31.05.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2110
Kuchga kirish sanasi
10.06.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.03.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SOLIQ TO‘LOVChI TOMONIDAN HISOB HUJJATLARI YO‘QOTILGAN YOKI YO‘Q QILINGAN TAQDIRDA BUDJETGA VA DAVLAT MAQSADLI JAMG‘ARMALARIGA TO‘LANIShI KERAK BO‘LGAN SOLIQLAR VA BOShQA MAJBURIY TO‘LOVLAR SUMMASINI ANIQLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 31-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2110]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 18-fevraldagi 2021-11-son va Moliya vazirligining 2021-yil 12-fevraldagi 7-sonli “Soliq to‘lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2110-2, 16.03.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52-son (II)) 40-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soliq to‘lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 1-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-16-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 1-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligining 2010-yil 1-maydagi 2010-16, 36-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq to‘lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini aniqlash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52-son (II)) 40-moddasiga muvofiq soliq to‘lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda davlat soliq xizmati organlari tomonidan budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini aniqlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat soliq xizmati organlari soliq to‘lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini soliq to‘lovchi to‘g‘risida, shuningdek shunga o‘xshash boshqa soliq to‘lovchilar to‘g‘risida o‘zlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida hisob-kitob qilish orqali aniqlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob hujjatlari soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni aniqlash, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish uchun asos bo‘lgan birlamchi hujjatlar, buxgalteriya hisobi registrlari hamda boshqa hujjatlardan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizom barcha hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda ham, uning bir qismi yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda ham qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizomga muvofiq hisob-kitob qilish orqali aniqlangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasi soliq solinadigan bazani aniqlash, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash, ularni to‘lash to‘g‘risida talabnoma berish, ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralarini qo‘llashda yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash, soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganda moliyaviy sanksiyalar miqdorini hisoblab chiqarish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda soliq to‘lovchining harakati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Hisob hujjatlari favqulodda holatlar natijasida (mazkur holatlar hammaga ma’lum faktlarning mavjudligi, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan ma’lumotlar va isbotlash uchun maxsus vositalar talab etilmaydigan boshqa usullar bilan belgilanadi), shuningdek boshqa hollarda (hujjatlar bilan tasdiqlanadigan) yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda, soliq to‘lovchi favqulodda holatlar, shuningdek boshqa hollar yuzaga kelgan kundan boshlab uch oy muddatda hisob hujjatlarini tiklashi shart. Davlat soliq xizmati organlari bilan kelishilgan holda ushbu muddat olti oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda, soliq to‘lovchi soliq hisobotini taqdim etishning navbatdagi muddati kelgunga qadar 10 kundan kechiktirmay ro‘yxatdan o‘tgan joydagi davlat soliq xizmati organiga mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini hisob-kitob qilish orqali hisoblab chiqarish to‘g‘risida ariza (keyingi o‘rinlarda ariza deb ataladi) berishi shart. Ariza yozma yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali, shu jumladan axborot tizimi orqali yuborilgan elektron shaklda beriladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligining 2018-yil 9-yanvardagi 2018-02 va 4-sonli (ro‘yxat raqami 2110-1, 08.02.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 10/18/2110-1/0676-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob hujjatlari yo‘qotilganligi yoki yo‘q qilinganligi faktlarini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq solish maqsadida soliq to‘lovchining daromadi sifatida qaralmaydigan pul mablag‘lari ajratilgan holda soliq to‘lovchining hisob raqamlari bo‘yicha aylanmalari to‘g‘risida bank(lar) ko‘chirma(lari)si.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini hisob-kitob qilish orqali hisoblab chiqarish to‘g‘risida olingan ariza asosida davlat soliq xizmati organi budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda hisob-kitob qilish orqali hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan ariza berilganligi soliq to‘lovchini hisob hujjatlarini tiklash majburiyatidan ozod etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yo‘qotilgan (yo‘q qilingan) hujjatlar, agar ularning o‘rniga quyidagilar olingan bo‘lsa, tiklangan hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yo‘qotilgan (yo‘q qilingan) hujjatni bergan shaxs tomonidan tasdiqlangan yo‘qotilgan (yo‘q qilingan) hujjatlarning dublikatlari yoki nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlamchi hujjatlarni tiklash imkoniyati bo‘lmagan hollarda (masalan, mahsulot yetkazib beruvchi yoki xaridor tugatilgan taqdirda) baholovchi tashkilotning aktivlarning qiymatini tasdiqlaydigan baholash to‘g‘risidagi hisoboti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq to‘lovchining hisob raqamlari bo‘yicha tegishli operatsiyalar o‘tkazilganligi to‘g‘risida bank ko‘chirmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Soliq to‘lovchi hisob hujjatlari tiklangandan keyin soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisob-kitob qilish orqali hisoblab chiqarilgan barcha davrlar uchun aniqlashtirilgan soliq hisobotini davlat soliq xizmati organiga taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Soliq to‘lovchining faoliyatini soliq tekshiruvidan o‘tkazish davrida hisob hujjatlarini yo‘qotilganligi va yo‘q qilinganligi faktlari aniqlangan hollarda davlat soliq xizmati organlari O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliq to‘lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‘qotilganligi yoki yo‘q qilinganligi to‘g‘risida bayonnoma tuzadilar va soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda hisob-kitob qilish orqali hisoblab chiqaradilar. Bunda, mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan arizani taqdim etish talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Hisob hujjatlari bo‘lmaganda soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish uchun birinchi navbatda davlat soliq xizmati organlarida mavjud bo‘lgan va soliq to‘lovchining o‘zidan olingan axborot o‘rganiladi. Bunday axborotga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq to‘lovchining o‘tgan davrlar uchun taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisoboti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlardan olingan ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agar soliq to‘lovchi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini hisob-kitob qilish orqali hisoblab chiqarish to‘g‘risida ariza bergunga qadar bir yildan kam bo‘lmagan davr uchun soliq va moliyaviy hisobotni taqdim etgan bo‘lsa, u holda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmalariga yetkaziladigan deflyator koeffitsiyentini qo‘llagan holda o‘tgan hisob-kitoblardagi ko‘rsatkichlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulk solig‘ining hisob-kitobi mol-mulkning qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, amortizatsiya normalari va belgilangan stavkalar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer solig‘i summasining hisob-kitobi yer uchastkasining maydoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar va belgilangan stavkalar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi foydalanilgan suv hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va belgilangan stavkalar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Soliq to‘lovchining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab bir yil o‘tmagan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisob-kitob qilish orqali hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday axborotga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlardan olingan ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq hisobotini muntazam taqdim etadigan va o‘xshash faoliyat bilan shug‘ullanadigan soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda organlar va tashkilotlardan olingan ma’lumotlar asosida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organlari olingan ma’lumotlar asosida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisobot davriga o‘rnatilgan stavkalarini qo‘llagan holda soliq solish obyektini va soliq solinadigan bazani aniqlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar olingan ma’lumotlar asosida soliq solish obyektini va soliq solinadigan bazani aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar soliq hisobotini muntazam taqdim etadigan va o‘xshash faoliyat bilan shug‘ullanadigan soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi axborotlar asosida hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Soliq to‘lovchilarning o‘xshash faoliyati quyidagi o‘xshash ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalarning ro‘yxati va kavlab chiqarish hajmlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqariladigan tovarlarning (xizmatlar ko‘rsatish, ishlar bajarish) ro‘yxati va hajmlari, tovar aylanmasi hajmlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat ko‘rsatiladigan mijozlar, o‘qitilgan shaxslar (bitiruvchilar), amalga oshiriladigan bitimlarda jalb etilgan shaxslar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat shartnomalari bo‘yicha, fuqarolik huquqiy tusdagi shartnomalar bo‘yicha ishlayotgan shaxslar soni, shuningdek o‘rtacha oylik mehnatga haq to‘lash fondi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarish uchun resurslar va xomashyo iste’moli hajmi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq to‘lovchining joylashgan joyi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Soliq to‘lovchi faqat naqd pulsiz tartibda tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilish bilan shug‘ullangan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisob-kitob qilish orqali hisoblab chiqarish realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun tushgan mablag‘lar qismida soliq to‘lovchining bank hisob raqamlari bo‘yicha pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi xizmat ko‘rsatuvchi bankning axboroti asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Faqat chakana savdo, umumiy ovqatlanish va pulli xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan soliq to‘lovchilar uchun davlat soliq xizmati organlari realizatsiya qilishdan olingan tushumni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladigan naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji ma’lumotlari asosida aniqlaydilar. Xronometraj natijalari realizatsiya qilishdan olingan tushumni hisob-kitob orqali hisoblab chiqarish uchun faqat xronometraj soliq to‘lovchi tomonidan mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan ariza berilgan sanagacha 6 oydan oshmagan davrda o‘tkazilgan taqdirda qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mehnatga haq to‘lash fondini hisob-kitob qilish orqali aniqlash moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalaridan qat’i nazar, o‘xshash soliq to‘lovchilarda ishchilar soni va tarkib topgan o‘rtacha oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Hisob-kitob qilish orqali aniqlangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini hisoblashning o‘ziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat soliq xizmati organi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini hisob-kitob qilish orqali hisoblab chiqarish to‘g‘risida ariza olingandan keyin yetti kun mobaynida soliq to‘lovchiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblangan summasini to‘lash to‘g‘risida talabnoma taqdim etadi. Talabnoma soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga bu talabnomani soliq to‘lovchi olganligini va talabnoma olingan sanani tasdiqlovchi usulda topshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblangan summasini to‘lash to‘g‘risida talabnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilgan taqdirda, u jo‘natilgandan keyin uch kun o‘tishi bilan soliq to‘lovchiga topshirilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Agar soliq to‘lovchi talabnomada ko‘rsatilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning summasi bilan rozi bo‘lmagan taqdirda, u uch ish kuni mobaynida bu haqida davlat soliq xizmati organini xabardor etishi va soliq hisobotini umumbelgilangan tartibda taqdim etishi shart. Bunday holda soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini hisoblash taqdim qilingan soliq hisobotiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq hisobotida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgarlik soliq to‘lovchiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Agar soliq to‘lovchi talabnomada ko‘rsatilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasi bilan rozi bo‘lmaganligi to‘g‘risida uch kun muddatda davlat soliq xizmati organini xabardor qilmasa, u holda mazkur talabnoma unda ko‘rsatilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasida hisoblash uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq to‘lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini hisob-kitob qilish orqali hisoblab chiqarish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ARIZA

Izoh: Mazkur ariza ikki nusxada soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. Davlat soliq xizmati organi ariza olingani to‘g‘risida belgi qo‘yadi va arizaning bir nusxasini keyingi kundan kechiktirmay ariza beruvchiga qaytaradi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligining 2018-yil 9-yanvardagi 2018-02, 4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2110-1, 08.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 10/18/2110-1/0676-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 22-son, 178-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 10/18/2110-1/0676-son)