25.05.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2105
ONLINE TRANSLATE
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 25.05.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2105
Kuchga kirish sanasi
04.06.2010
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“SANOATKONTEXNAZORAT” DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SANOAT XAVFSIZLIGI SOHASIDAGI EKSPERT TASHKILOTLARINI AKKREDITATSIYA QILISH VA ULAR FAOLIYATI USTIDAN INSPEKSIYA NAZORATINI OʻTKAZISH UCHUN TOʻLOVLARNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 25-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2105]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2008-y., 50-son, 496-modda ) 3-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshliq I. HOLMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 15-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 15-apreldagi 126-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 50-son, 496-modda) muvofiq sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda ekspert tashkilotlari deb yuritiladi) akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish “Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazorati oʻtkazish qoidalari”da (roʻyxat raqami 2022, 2009-yil 20-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 43-son, 463-modda) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish uchun toʻlovlar mazkur Nizom asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish uchun toʻlovlarni amalga oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish (qayta akkreditatsiya qilish, akkreditatsiya sohasini kengaytirish) uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari miqdorida toʻlov undiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 5-avgustdagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2105-3, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/2105-3/0729-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Buyurtmachi topshirgan arizasidan voz kechgan taqdirda akkreditatsiya qilish uchun toʻlangan toʻlov summasi qaytarilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Akkreditatsiya attestati dublikati berilgani uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari miqdorida toʻlov undiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 5-avgustdagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2105-3, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/2105-3/0729-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Akkreditatsiya attestatida koʻrsatilgan ekspert tashkiloti haqidagi maʼlumotlar oʻzgarganligi natijasida akkreditatsiya attestati qayta rasmiylashtirilganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari miqdorida toʻlov undiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 5-avgustdagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2105-3, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/2105-3/0729-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti faoliyati ustidan rejali inspeksiya nazoratini oʻtkazish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida toʻlov undiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 5-avgustdagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2105-3, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/2105-3/0729-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan rejali inspeksiya nazoratini oʻtkazish boʻyicha tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan rejali inspeksiya nazoratini oʻtkazish maqsadida joyiga borib baholash bilan bogʻliq xarajatlar buyurtmachi tomonidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan rejali inspeksiya nazoratini oʻtkazish boʻyicha tushgan mablagʻlar akkreditatsiya qilish va inspeksiya nazoratini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash hamda sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimini tashkil qilish va rivojlantirish uchun sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 12-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 21-son, 164-modda; 2011-y., 26-son, 273-modda; 2013-y., 37-son, 490-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son; 14.08.2025-y., 10/25/2105-3/0729-son)