O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
1996-YIL ShOLI HOSILINI YIG‘IShTIRIB OLISh VA TAYYORLAShNING TAShKILIY VA IQTISODIY MASALALARI
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Sholi hosilini uyushqoqlik bilan yig‘ishtirib olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zqishloqxo‘jalik-ta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi o‘n kun muddatda sholi o‘rish kombaynlari, boshqa texnika va asbob-uskunalar, shuningdek qabul qilish punktlari komissiyalar tomonidan qabul qilib olinishini tashkil etsinlar, maqbul muddatlardan kelib chiqib 1-ilovaga muvofiq sholi hosilini yig‘ishtirish jadvalini tasdiqlasinlar.
4. “O‘zqishlokxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi (Matchonov), “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi (Jabborov) sholi hosilini yig‘ishtirish davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlarida sholi yig‘ishtirish texnikasi uchun asosiy uzellar, agregatlar va ehtiyot qismlar zaxirasini yaratsinlar, o‘rim-yig‘im mavsumini o‘tkazishning boshqa masalalarini tezkorlik bilan ko‘rib chiqsinlar.
5. “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi (Axmetov), “O‘zqishloq-xo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi (Jabborov) sholi hosilini yig‘ishtirish davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlariga xo‘jaliklarning buyurtmanomalariga muvofiq shartnoma asosida yuk avtomashinalari yuborsinlar.
Zarurat bo‘lganda sholi tashish uchun Mudofaa vazirligi bo‘linmalarining, respublikaning boshqa vazirliklari, idoralarining avtotransporti shartnoma asosida jalb qilinsin.
Xo‘jaliklarning sholini don qabul qilish punktlariga yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlari “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi korxonalari hisobidan qoplanadi.
6. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi (Mutalov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda tayyorlov punktlarining kecha-kunduz bir maromda ishlashini ta’minlasin, sholi ortilgan transport vositalarining bekor turib qolishiga yo‘l qo‘ymasin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hosilni yig‘ishtirib olish joylarida uni tashishda va qabul qilish punktlarida sholini o‘g‘irlash va talon-toroj qilish faktlariga barham berish chora-tadbirlarini belgilasinlar va amalga oshirsinlar zarurat bo‘lganda maxsus postlar o‘rnatsinlar.
7. 1996-yil sholi hosilini yig‘ishtirib olish va tayyorlash davrida xo‘jaliklarni yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlashning Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 22-avgustdagi 295-son qarori 12-bandi bilan belgilangan shartlari joriy etilsin.
8. “O‘zdonmahsulot davlat korporatsiyasi topshirilgan sholi uchun xo‘jaliklar bilan har besh kunda kontraktatsiya shartnomalarida nazarda tutilgan narxlar bo‘yicha hisob-kitob qilsin.
9. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Jumaniyozov) O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi (Usmonov) sholi hosilini yig‘ishtirishda band bo‘lgan xodimlar mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishga doir tavsiyalarni bir hafta muddatda xo‘jaliklarga yetkazsinlar. Mehnatga natura bilan haq to‘lash hisobiga sholi berish uni “O‘zdonmahsulot davlat korporatsiyasiga sotish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalari bajarilgandan hamda 2-ilovaga muvofiq urug‘lik fondlari g‘amlangandan keyin amalga oshirilsin.
“O‘zdonmahsulot davlat korporatsiyasi tegishli saqlash joylari bo‘lmagan xo‘jaliklardan urug‘likni mas’uliyatli saqlash uchun qabul qilib olsin.
Markaziy bank, “Paxta-bank”, “G‘alla-bank” va boshqa tijorat banklari sholi yig‘ishtirish mavsumi qatnashchilari bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilish uchun xo‘jaliklarni naqd pul bilan ta’minlasin.
10. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasiga urug‘chilik xo‘jaliklaridan navli sholi urug‘ligini — super-elita navli urug‘likni tovar sholiga belgilangan narxlardan 300 foiz yuqori, elita navli urug‘likni — 200 foiz yuqori, birinchi reproduksiyali urug‘likni — 150 foiz yuqori, ikkinchi reproduksiyali urug‘likni — 100 foiz miqdori narxlarda xarid qilishga ruxsat berilsin, ular davlat resurslari uchun sholi xarid qilish hajmlarida hisobga olinmasin.
Urug‘lik sholini kontraktatsiya shartnomalari bo‘yicha sotishning umumiy miqdorlari hisobiga topshirish amaliyoti qoralansin. Tovar sholining urug‘lik maqsadlarida foydalanilishi qat’iyan taqiqlansin. Ushbu talablar bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va tumanlar hokimlariga yuklansin.
11. O‘zistiqbolstat davlat qo‘mitasi:
sholi xarid qilinishi to‘g‘risidagi statistika hisoboti yuritilishini ta’minlasin, statistika hisobotini O‘zdonmahsulot korporatsiyasi don qabul qilish punktlarining qabul kvitansiyalari nusxalarisiz qabul qilmasin, sholining yalpi hosilini hisoblab chiqishda aholining xo‘jaliklarida yetishtirilgan sholini alohida hisobga olsin;
sholi tayyorlash davrida statistika hisobotining ishonchliligini muntazam tekshirib tursin, statistika hisobotini buzib ko‘rsatish aniqlangan hollarda o‘z vaqtida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
12. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 1997-yil hosili uchun sholi ekish maydonlari haqidagi takliflariga 3-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari R.A. Giniyatullin zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 13-sentabr,
317-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 13-sentabrdagi 317-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi xo‘jaliklari bo‘yicha 1996-yil sholi hosilini yig‘ishtirib olish
JADVALI
| | Ekin maydoni, ming gektar | Yig‘ishtirib olish muddatlari | |
| boshlanishi | tugallanishi | ||
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 98,8 | 15.09 | 25.10 |
|
viloyatlar: |
| | |
| Andijon | 1,0 | 25.09 | 15.10 |
| Buxoro | 0,3 | 25.09 | 15.10 |
| Jizzax | 0,3 | 25.09 | 15.10 |
| Qashqadaryo | 0,1 | 25.09 | 15.10 |
| Navoiy | 0,2 | 25.09 | 15.10 |
| Namangan | 3,2 | 25.09 | 20.10 |
| Samarqand | 1,0 | 25.09 | 15.10 |
| Surxondaryo | 5,7 | 15.09 | 20.10 |
| Sirdaryo | 7,2 | 20.09 | 20.10 |
| Toshkent | 11,4 | 20.09 | 20.10 |
| Farg‘ona | 1,2 | 25.09 | 15.10 |
| Xorazm | 45,7 | 15.09 | 25.10 |
| Jami: | 176,1 | 15.09 | 25.10 |
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 13-sentabrdagi 317-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
1996-yil sholi hosilini “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi korxonalariga sotish va urug‘lik fondi g‘amlash
TOPShIRIG‘I
| | |
ming tonna |
| | Sotish | Urug‘lik g‘amlash |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 237 | 33,5 |
| viloyatlar | | |
| Andijon | — | 0,5 |
| Buxoro | — | 0,2 |
| Jizzax | — | 0,2 |
| Qashqadaryo | — | 0,2 |
| Navoiy | — | 0,2 |
| Namangan | 1,7 | 1,0 |
| Samarqand | — | 0,2 |
| Surxondaryo | 12,6 | 2,5 |
| Sirdaryo | 10,4 | 2,0 |
| Toshkent | 21,3 | 4,0 |
| Farg‘ona | — | 0,2 |
| Xorazm | 102 | 13,3 |
| Jami: | 385 | 58,0 |
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 13-sentabrdagi 317-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
1997-yil hosili uchun sholi ekish maydonlari
| | |
| | ming gektar |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 99 |
| viloyatlar | |
| Andijon | 1,0 |
| Buxoro | 0,2 |
| Jizzax | 0,3 |
| Qashqadaryo | 0,1 |
| Navoiy | 0,2 |
| Namangan | 3,2 |
| Samarqand | 1,0 |
| Surxondaryo | 5,6 |
| Sirdaryo | 7,0 |
| Toshkent | 11,4 |
| Farg‘ona | 1,0 |
| Xorazm | 40,0 |
| O‘zbekiston Respublika bo‘yicha jami | 170,0 |