Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XOʻJALIK SUDLARI TUZILMASINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, baʼzilarini esa oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xoʻjalik sudlari tuzilmasini yanada takomillashtirish va ularning iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi rolini oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 78-moddasiga asosan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining tuzilmasi va umumiy cheklangan soni 1-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining namunaviy tuzilmasi va umumiy cheklangan soni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan son doirasida xoʻjalik sudlarining tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur Farmondan kelib chiquvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarni ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 25-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlarining tarkibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-1501-sonli Farmonining 2-bandi hamda uning ilovasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 5-fevraldagi “Xoʻjalik sudlari qarorlarining ijrosini taʼminlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-1704-sonli Farmonining 1—4-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I. Abdullayev zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 26-aprel,
PF-4214-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PF-4214-sonli Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining
TUZILMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PF-4214-sonli Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining
TUZILMASI*
* Xodimlar soniga qarab ayrim tuzilmaviy birliklar birlashtirilishi yoki ajratilishi mumkin.
** Toshkent shahar va Toshkent viloyat xoʻjalik sudlarida ikkitadan rais oʻrinbosarlari birliklari mavjud.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari budjet hisobidan taʼminlanadigan xodimlarining umumiy cheklangan soni 350,5 birlikni tashkil etadi, shundan sudyalar (rais va rais oʻrinbosarlari bilan birga) — 124 ta, sud majlisi kotiblari — 124 ta, maslahatchilar va mutaxassislar — 52 ta, yordamchi xodimlar — 50,5 ta.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 17-son, 129-modda)