Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.01.1996 yildagi 19-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PARIJDA “TEMURIYLAR DAVRIDA FAN, MADANIYAT VA TAʼLIMNING RAVNAQI” HAFTALIGINI OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO Bosh konferensiyasi 1996-yilda Amur Temur tugʻilgan kunining 660 yilligini nishonlash toʻgʻrisida qaror qabul qilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. YUNESKO rahbariyatining 1996-yil 22—27-aprelda YUNESKO shtab-kvartirasi (Parij)da “Temuriylar davrida fan, madaniyat va taʼlimning ravnaqi” haftaligini oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda tashkiliy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirlar dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti bilan birgalikda 15 kun ichida dasturni ishlab chiqsin, fransuz olimlari qatnashadigan xalqaro ilmiy konferensiya qatnashchilari tarkibini aniqlasin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi va Rassomlar uyushmasi bilan birgalikda tarixiy materiallarni, Oʻzbekistonning tasviriy va amaliy sanʼatini oʻz ichiga oluvchi koʻrgazmani tayyorlash chora-tadbirlarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haftalik doirasida respublika sanʼat ustalarining konsertlari va chiqishlarini tashkil etsin. Oʻn kun muddatda Amur Temur tugʻilgan kunning 660 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasiga “Temuriylar davrida fan, madaniyat va taʼlimning ravnaqi” koʻrgazmasi materiallariga sifatli baho berish uchun yuqori malakali ekspertlardan iborat badiiy Kengash tarkibini, konsert dasturlarini tasdiqlash uchun taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Koʻrgazmaning bezatilishi, transportda tashilishi, saqlanishi va barcha muzey eksponatlarining oʻz vaqtida qaytarilishi uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati muzey eksponatlari va boyliklari kuzatib borilishini va qoʻriqlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi 1996-yil aprel oyigacha Temuriylar davrining madaniy merosiga bagʻishlangan kitoblarning oʻzbek, ingliz va rus tillarida hamda F. Mayorning “Pamyat o buduщem” kitobining oʻzbek tilida nashr etilishini tugallasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzdavkinokompaniya” va “Oʻzdavteleradiokompaniya” delegatsiyani Haftalik davomida Parij shahrida ingliz va fransuz tillarida namoyish etish uchun zarur hujjatli kino va videofilmlar bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi Fransiyaga borayotgan ishchi guruhi aʼzolari, Haftalik qatnashchilarining zarur borish hujjatlari oʻz vaqtida rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Parij shahriga borayotganlarni Toshkent—Parij—Toshkent yoʻnalishi boʻyicha aeroport yigʻimlari olmasdan milliy valyutada aviatsiya chiptalari bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Parij shahriga olib borilayotgan yuklarning boj yigʻimlari undirilmasdan tezlikda rasmiylashtirilishini va yetkazib berilishini tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparatining Ishlar Boshqarmasi YUNESKOga topshirish uchun Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasiga maxsus kartina tayyorlash boʻyicha buyurtma bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Oʻzbekyengilsanoat”, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat”, “Oʻzbeksavdo” uyushmalari, “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, “Foton”, “Oniks”, “Usto”, Toshkent aviatsiya birlashmalari, “Musavvir” firmasi va “Sovplastital” qoʻshma korxonasi Haftalik ochilishi marosimi va YUNESKO shtab-kvartirasidagi rasmiy qabul qatnashchilariga topshirish uchun badiiy Kengash tomonidan tasdiqlangan va Amur Temur tugʻilgan kunning 660 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasi bilan kelishilgan har xil sovgʻalar tayyorlanishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1996-yilda respublika budjetidan Amur Temur tugʻilgan kunning 660 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan taqdim etilgan smeta hisob-kitoblari boʻyicha Parijda oʻtkaziladigan Haftalikka tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir xarajatlarni qoplash uchun soʻmlarda zarur mablagʻ ajratilishini, Markaziy bank ularning chet el valyutasiga konvertatsiya qilinishini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 11-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-son