Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 03.01.1996 yildagi 5-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XIVA ShAHRINING 2500 YILLIGI YuBILEYIGA TAYYORGARLIK KOʻRISh VA UNI OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xiva shahrining jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan alohida oʻrnini hisobga olgan holda, YUNESKO Bosh konferensiyasining 1995-yil oktyabr-noyabr oylarida Parijda oʻtgan 28-sessiyasi Xiva shahrining 2500 yilligini dunyo miqyosida keng nishonlash haqidagi qarordan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. YUNESKO Bosh konferensiyasi 28-sessiyasining Xiva shahrining 2500 yilligi yubileyini 1997-yilda YUNESKO rahnomaligida jahon miqyosida keng nishonlash haqidagi qarori toʻla qoʻllab-quvvatlansin va asos uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xiva shahrining 2500 yilligi yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish respublika tashkiliy qoʻmitasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qoʻmita bir oy muddatda Xiva shahri yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish yuzasidan asosiy tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi va “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi YUNESKO ekspert mutaxassislari bilan birgalikda bir oy muddatda Xiva shahrining tarixiy markazida va asosiy turistik marshrutida joylashgan noyob tarixiy-madaniy obidalarini 1996—2000-yillarda taʼmirlash va obodonlashtirish dasturini ishlab chiqsinlar va Tashkiliy qoʻmita tasdigʻiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu jumladan 1996-1997-yillarda bajariladigan ishlar alohida belgilab qoʻyilsin va tegishli mablagʻ ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi Xorazm viloyati hokimligining buyurtmasiga muvofiq “Oʻzsuvqurilish” konserni hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda 1996-1997-yillarda shahar akvatoriyasida yer osti suvlari sathini belgilangan normativlarda boʻlishini taʼminlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi xorijiy va mahalliy turizm infrastrukturasini rivojlantirish, sayyohlarga xizmat koʻrsatishni yaxshilash choralarini koʻrsin, xorijiy sayyohlarni mamlakatimizning, jumladan Xorazm vohasining tarixiy-madaniy merosi bilan tanishtirish uchun keng jalb qilishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Xiva shahrining milliy madaniyatimiz tarixida tutgan oʻrni haqida ilmiy, ilmiy-ommabop nashrlarni, turli taqvim va bukletlarni chop etishni oʻz rejalariga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda 1997-yilda Xiva shahrida shaharning 2500 yilligi yubileyiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi YUNESKO boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda 1997-yilda Xiva shahrining yubileyini YUNESKOning Parijdagi qarorgohida yuksak darajada nishonlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xorazm viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 3 oy muddatda Xiva shahrini obodonlashtirish, aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash, aloqa-transport, maishiy va sogʻliqni saqlash infrastrukturasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xiva shahrining yubileyini oʻtkazish uchun 1996-1997-yillarda tayyorgarlik ishlarini bajarishga har yili belgilangan tartibda moliyaviy mablagʻlar ajratsin, ushbu xarajatlarning 50 foizidan teng ulushlarda respublika budjeti hamda Xorazm viloyati mahalliy budjeti, shuningdek, viloyat tashkilotlari va korxonalarining ixtiyoriy badallari hisobiga qoplanishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi, “Oʻzdavkinokompaniya” va ommaviy axborot vositalari Xiva shahrining qadimiy tarixi va madaniyati, oʻziga xos sanʼatini targʻib etuvchi video, telefilmlar yaratishni, ommabop materiallar berib borilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 3-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 3-yanvardagi 5-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xiva shahrining 2500 yilligi yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish Respublika tashkiliy qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Joʻrabekov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi‎
S. Saidqosimov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari‎
X. Joʻrayev —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv boʻyicha)‎
M. Jumaniyozov‎ —‎ Xorazm viloyati hokimi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari‎
B. Shodiyev‎ —‎ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mamlakat miqyosida oʻtadigan bayram va yubiley tadbirlarini oʻtkazish direksiyasining direktori, tashkiliy qoʻmitaning masʼul kotibi‎

‎‎Tashkiliy qoʻmita aʼzolari

B. Hamidov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari— Moliya vaziri‎
K. Rahimov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari‎
F. Ashrafiy‎ —‎ Oʻzbekiston Meʼmorlar uyushmasining raisi‎
L. Axmetov‎ —‎ “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi raisi‎
S. Ahrorov‎ —‎ “Oʻzdavkinokompaniya” raisining birinchi oʻrinbosari‎
R. Giniyatulin‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xoʻjaligi vaziri‎
H. Jamolov‎ —‎ Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining raisi‎
T. Joʻrayev‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti‎
A. Ibobekov‎ —‎ “Oʻzqurilishmateriallari” davlat konserni raisi‎
A. Komilov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri‎
V. Mixaylov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vaziri‎
T. Rahimov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vaziri‎
Gʻ. Rafiqov‎ —‎ “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasining Bosh direktori‎
E. Rahmonov‎ —‎ Xiva shahri hokimi‎
R. Sultonov‎ —‎ Urganch shahri hokimi‎
Z. Fayziyev‎ —‎ “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi raisi‎
R. Shogʻulomov‎ —‎ Davlat matbuot qoʻmitasi raisi‎
N. Ermetov‎ —‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksionerlik kompaniyasining raisi‎
M. Hazratqulov‎ —‎ Oʻzbekiston milliy axborot agentligi Bosh direktori‎
Z. Hakimov‎ —‎ “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi‎
E. Hayitboyev‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri‎
B. Husanboyev‎ —‎ “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi‎