Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “IKKINCHI JAHON URUSHIDAGI GʻALABANING 65 YILLIGI NISHONLANISHI MUNOSABATI BILAN 1941—1945-YILLARDAGI URUSH QATNASHCHILARI VA NOGIRONLARINI MUKOFOTLASH TOʻGʻRISIDA” 2010-YIL 24-MARTDAGI PF-4207-SON FARMONINI BAJARISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 65 yilligi nishonlanishi munosabati bilan 1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari va nogironlarini mukofotlash toʻgʻrisida” 2010-yil 24-martdagi PF-4207-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 65 yilligi” yubiley medallarini va pul mukofotini topshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga pul mukofotlari toʻlash uchun naqd pul mablagʻlarining tezkorlik bilan ajratilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 15-aprel,
71-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 15-apreldagi 71-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 65 yilligi” yubiley medallarini va pul mukofotini topshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 65 yilligi nishonlanishi munosabati bilan 1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari va nogironlarini mukofotlash toʻgʻrisida” 2010-yil 24-martdagi PF-4207-son Farmoniga (keyingi oʻrinlarda Farmon deb ataladi) muvofiq “1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 65 yilligi” yubiley medallarini (keyingi oʻrinlarda yubiley medali deb ataladi) va pul mukofotini topshirish tartibini belgilaydi.
2. Ikkinchi jahon urushi davrida harbiy qismlarda, shtablarda va harakatdagi armiya tarkibiga kirgan muassasalarda harbiy xizmatni oʻtagan urush qatnashchilari va nogironlari, shuningdek ularga tenglashtirilgan:
a) 1941-yil 22-iyundan 1945-yil 9-maygacha (keyingi oʻrinlarda urush yillarida deb ataladi) qiruvchi batalyonlar, aholini himoya qilish vzvodlari va otryadlari tarkibida sobiq SSSR hududida jangovar harakatlarda ishtirok etgan shaxslar;
b) urush yillarida partizan otryadlari va qoʻshilmalarida yoxud yashirin ishlarda boʻlgan shaxslar;
v) urush yillarida harakatdagi armiya tarkibida yoki jangovar harakatlar rayonlarida xizmatni oʻtagan sobiq SSSR Ichki ishlar vazirligi organlari hamda Davlat xavfsizlik qoʻmitasi organlarining boshliqlar va oddiy askarlar tarkibiga kirgan shaxslar;
g) urush davrida harakatdagi armiya hamda flot qismlari va boʻlinmalari tarkibida balogʻat yoshiga yetgunga qadar polk oʻgʻli yoki yunga sifatida boʻlgan shaxslar;
d) front yaqinidagi temir yoʻl uchastkalari, urush yillarida jangovar harakatlar rayonlarida mudofaa inshootlari, harbiy-dengiz bazalari, aerodromlar va boshqa harbiy obyektlar barpo etish ishlarida qatnashgan xodimlar;
e) urush yillarida harakatdagi armiya tarkibida yollanib ishlagan shaxslar;
j) urush yillarida fashistlarning konslagerlarida (getto va boshqa majburiy saqlash joylarida) boʻlgan shaxslar (tutqunlar, shu jumladan bolalar);
z) Leningrad shahri qamali davrida shahar korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida ishlagan va “Leningrad mudofaasi uchun” medali bilan taqdirlangan, shuningdek “Qamaldagi Leningradda yashaganga” nishoni bilan taqdirlangan shaxslar yubiley medali va pul mukofoti bilan taqdirlanish huquqiga ega.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari mudofaa ishlari hududiy boʻlinmalariga mazkur Nizomning 2-bandida sanab oʻtilgan shaxslar roʻyxatlarini taqdim etadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi taqdim etilgan roʻyxatlarga muvofiq medallarning zarur miqdorini hududlar boʻyicha taqsimlaydi.
4. Mukofotlanuvchilar roʻyxatlari ularning frontlarda jangovar harakatlarda qatnashganligini, urush yillarida Qurolli Kuchlarda xizmat qilganligini, konslagerlarda boʻlganligini tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek mukofotlash hujjatlari, urush qatnashchisi guvohnomalari asosida tuziladi.
Ushbu Nizomning 3-bandida sanab oʻtilgan idoralarning har biri oʻzlarining hisobida turgan urush qatnashchilari va nogironlari boʻyicha roʻyxatlar tuzadilar.
5. Yubiley medali va pul mukofoti bilan mukofotlanuvchilar roʻyxatiga:
Farmon chiqqunga qadar vafot etgan;
Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi, lekin boshqa mamlakatlar hisobiga pensiya oluvchi shaxslar kiritilmaydi.
Yubiley medali va pul mukofoti olish huquqiga Farmon chiqqan kunda ega boʻlgan shaxs vafot etgan taqdirda medal va pul mukofoti uning oila aʼzolariga topshiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalarida hisobda turgan Ikkinchi jahon urushi nogironlari va qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar boʻyicha:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan yubiley medallari topshirish yuzasidan ikki nusxada roʻyxatlar tuziladi hamda bir nusxadan tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlariga va hokimliklarga beriladi;
pul mukofotlari bilan mukofotlanadigan shaxslar roʻyxatlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan 200 000 (ikki yuz ming) soʻm summasi koʻrsatilgan holda ikki nusxada tuziladi, ularning bir nusxasi tuman (shahar) aloqa uzellariga beriladi, ikkinchi nusxasi esa Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimida qoladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari mukofotlanadiganlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish va hududlar boʻyicha mukofotlanadiganlar soni toʻgʻrisida yigʻma maʼlumotlar tuzish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparatiga taqdim etadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparati hududlar boʻyicha mukofotlanadiganlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi pul mukofotlarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga respublika budjetidan zarur mablagʻlar ajratadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari pul mukofotlarini toʻlash boʻyicha mablagʻlarni “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining pochta aloqa uzellari hisob raqamlariga oʻtkazadilar.
Toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin pochta aloqa uzellari amalda toʻlangan mablagʻlar summasi va pul mukofotlari olganlar soni toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga hisobot beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin oʻn kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga pul mukofoti toʻlovi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi orqali pensiya oluvchi, mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan shaxslarga pul mukofoti toʻlovlari ushbu idoralarning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki pul mukofotlarini toʻlash uchun tuman (shahar) aloqa uzellarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining tegishli tarkibiy boʻlinmalarini naqd pul mablagʻlari bilan oʻz vaqtida taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
9. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga medallar va pul mukofotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan topshirish tantanali vaziyatda, mudofaa ishlari boʻlinmalari, urush va mehnat faxriylari kengashlari vakillari ishtirokida Mudofaa vaziri, Ichki ishlar vaziri, Milliy xavfsizlik xizmati raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqargʻi Kengesi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 112-modda)