Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.10.2002 21.02.1992 yildagi PF-350-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.10.2002
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR VAZIRLIGINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 21-oktabrdagi PF-3151-sonli “Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining yagona tashqi iqtisodiy siyosatini oʻtkazish, tashqi bozorda umumdavlat manfaatlarini taʼminlash, chet mamlakatlar bilan iqtisodiy, texnikaviy va savdo hamkorligi samaradorligini oshirish, bu sohada boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro miqyosdagi samarali ishda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga zarur shart-sharoit yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo va xorijiy aloqalar davlat komiteti negizida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi qoshida Oʻzbekiston Respublikasi xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi negizida Tijorat-reklama markazi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining ishlab chiqarish firmalari amalga oshiradigan chetga chiqariladigan va chetdan olinadigan tovarlar ekspertizasini oʻtkazish, chet ellarda koʻrgazmalar va yarmarkalar tashkil etish, shuningdek reklama xizmatlari koʻrsatish vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikning respublika uchun ustuvor yoʻnalishlarini belgilash asosida davlat tashqi iqtisodiy siyosatini shakllantirish va oʻtkazish, tashqi savdoni ragʻbatlantirish vositalarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat yoʻli bilan tartibga solib turish, tashqi iqtisodiy faoliyatning Oʻzbekiston hududida ish koʻrayotgan qatnashchilari ana shu faoliyatni amalga oshirishning belgilangan tartibiga qanday rioya etayotganliklarini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda va undan tashqarida respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini ifodalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun tashkiliy huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonni jahon xoʻjalik aloqalariga faol jalb etish yoʻli bilan respublika xalq xoʻjaligi va aholisining xorijiy mamlakatlar mahsulotiga boʻlgan ehtiyojini qondirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi iqtisodiy aloqalar tarmoqlari majmuini rivojlantirish, jumladan axborot tizimlarini vujudga keltirish, transport-ekspeditorlik xizmatini taʼminlash, chetga chiqariladigan va chetdan olinadigan tovarlarga shahodatnoma berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning chetga mol chiqarish quvvatini oshirishga oid takliflarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanish, jumhuriyatning mablagʻlarini chet ellarda oqilona joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jumhuriyatda, shuningdek chet ellarda Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy faoliyati qatnashchilarining manfaatlarini himoya qilish, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo boʻlgan davlatlar bilan, shuningdek boshqa xorijiy mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalar masalalarida hamjihatlikni taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining oʻz vakolati doirasida qabul qilingan qarorlari vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar va muassasalar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, mansabdor shaxslar va fuqarolar ijro etishi uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin, vazirlik tuzilmasini va uning haqidagi nizomni tasdiqlasin, respublika hukumatining meʼyoriy hujjatlarini ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbekiston SSR Tashqi savdo va xorijiy aloqalar davlat komitetini tashkil etish toʻgʻrisida” 1990-yil 12-iyuldagi Farmon oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 21-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-350-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 202-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 10-11-son, 194-modda)