30.03.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2091
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 30.03.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2091
Kuchga kirish sanasi
09.04.2010
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DETALLARNI GIDROQUMPURKASH VA MAYDALAB PURKASH VA KIMYOVIY ISHLOV BERISH USULLARI BILAN TOZALASHDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 30-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2091]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi 267-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Detallarni gidroqumpurkash va maydalab purkash va kimyoviy ishlov berish usullari bilan tozalashda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir v.b. A. XAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 10-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102-B-son

Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 10-martdagi 102-B-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Detallarni gidroqumpurkash va maydalab purkash va kimyoviy ishlov berish usullari bilan tozalashda mehnatni muhofaza qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Qoidalar detallarni gidroqumpurkash va maydalab purkash va kimyoviy ishlov berish usullari bilan tozalashda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalar detallarni gidroqumpurkash va maydalab purkash va kimyoviy ishlov berish usullari bilan tozalash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarga (bundan keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 5-maydagi 16-2026/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3834, 18.05.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3834/0502-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Detallarni gidroqumpurkash va maydalab purkash va kimyoviy ishlov berish usullari bilan tozalashda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Detallarni gidroqumpurkash va maydalab purkash hamda kimyoviy ishlov berish usullari bilan tozalashda band boʻlgan xodimlar oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 5-maydagi 16-2026/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3834, 18.05.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3834/0502-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi va tashkilot xodimlarini hamda ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 5-maydagi 16-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3834, 18.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3834/0502-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli omillar yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish belgilangan standartlar va meʼyorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qoʻllanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Xodim ochiq turdagi kameralarda detallarni tozalashda harorati 20°C va bosimi 0,2-0,3 atm boʻlgan toza havo beruvchi himoya skafandrida boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Skafandrda kompressordan havo berishda havoni tozalovchi filtrlar boʻlishi kerak. Kompressor ishlashi va havoni tozalovchi filtrlarning holatini nazorat qilish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Skafandrlar chang oʻtkazmaydigan shkaf yoki qutilarda saqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Skafandr va siqilgan havo beruvchi shlanglarning sozligi har kuni tekshirilishi va aniqlangan kamchiliklar darhol bartaraf etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Skafandrdagi himoya shishasi shikastlanganda va ular xiralashganda oʻzgartirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Detalga kimyoviy usulda ishlov berish aralashmasini tayyorlash vaqtida himoya koʻzoynagidan foydalanish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Kislota, ishqorlar va ularning aralashmalari kiyimga tekkan zahoti suv bilan yuvib tashlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Maxsus kiyimning sirtiga kislota va ishqor quyilib ketganda uni oʻsha zahoti almashtirish kerak. Maxsus kiyimni yechish ehtiyotkorlik bilan rezina yoki xlorvinil qoʻlqop yordamida iliq suv bilan yuvib tashlangandan soʻng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Kislota, ishqorlar toʻkilgan maxsus kiyim yogʻsizlantiruvchi aralashmada boʻktiriladi, suvda yuviladi va yuvishga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Aralashmalarni tayyorlovchi xodimlar maxsus kiyimlarini tozaligini kuzatib borishlari va haftada bir marta yuvishga berishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Maxsus kiyimni tashkilotdan tashqariga olib chiqish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Protivogazni xodimga berishdan oldin, uni tutatish kamerasida sinovdan oʻtkazish lozim. Protivogaz nosoz holatda boʻlganda uning qutisi oʻsha zahotiyoq yangisi bilan almashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Protivogazning himoya xususiyatlari doimo tekshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Protivogazni toza havoli xonada kiyish kerak. Protivogazni ishlatib boʻlgandan soʻng xloramin aralashmasida artish, quritish, sumkaga tartib bilan solish va individual shkafga qoʻyish lozim. Protivogazlar quruq, toza, 18°C — 20°C haroratli joyda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Elektr vannani taʼmirlovchi xodimlar izolyatsiya qoʻlqopi, kalish, koʻzoynak kiyishi va izolyatsiya gilamchasidan foydalanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Barcha himoya vositalari belgilangan muddatlarda sinovlardan oʻtkazib borilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Himoyalanmagan qoʻl bilan kislota, ishqor, tuz va detalga kimyoviy usulda ishlov berish aralashmalariga tegish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Kasbiy tanlov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Bosim ostida ishlovchi uskunalar va xavfi yuqori boʻlgan ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Xodim holsizlanib, zaharlanganligiga gumon boʻlganda tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasasiga, ular boʻlmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalariga murojaat qilishi lozim.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Detalga kimyoviy usulda ishlov beruvchi xodimlar oʻz-oʻziga va oʻzgalarga yordam koʻrsatish dasturi boʻyicha oʻqitilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Detalga kimyoviy usulda ishlov beruvchi ish joylarida koʻrinib turadigan joyda zaharlanganda va kuyganda birinchi yordam koʻrsatish qoʻllanmasi boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Kislota, ishqor yoki uning aralashmasi bilan zararlangan joyni toza suv bilan yuvib, zararsizlantiruvchi vosita bilan ishlov berish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Xodim kislota, ishqor yoki uning aralashmasi bilan zararlanganda uni darhol yechintirish, iliq suvda yuvintirish va tibbiyot muassasasiga yetkazish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Koʻzga kislota, ishqor yoki uning aralashmasi tushganda oʻsha zahoti maxsus suv quvuridagi favvorachada yoki rezina naychali butilkada 10 — 15 minut davomida yuvish hamda toza bogʻich qoʻyib bogʻlash va tibbiy muassasaga murojaat etish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Kislota bugʻi bilan zaharlangan xodimni darhol zararlangan atmosferadan toza havoga olib chiqish va erkin nafas olishi uchun xalaqit berayotgan kiyimini yechish, osoyishta dam olishiga imkon berish, nam kislorod bilan uzoq vaqt nafas oldirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga mos boʻlishi lozim.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Portlash va yongʻin xavfi bor sexlarda oʻrnatiladigan elektr jihozlari, elektr asboblari, telefonlar va yoritgichlar, koʻchma yoritgichlar va elektr asboblar ushbu sexlarning ixtisosiga mos kelishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Gidroqumpurkash va maydalab purkash usullari bilan tozalash kameralari bunkerlari va yertoʻlalaridagi yoritish vositalari chang, suv oʻtkazmaydigan va parchalanishga chidamli boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Ochiq joyda joylashgan gidroqumpurkash va maydalab purkash usullari bilan tozalash kameralarida koʻchma yoritish vositalaridan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Yoritish vositalarida koʻzni qamashtirishdan saqlovchi choralar koʻrilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Yoritish vositalari uchun 220 V dan yuqori boʻlmagan kuchlanish qoʻllanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Ishlov berilayotgan detallarni nazorat qilish uchun kuchlanishi 12 V dan yuqori boʻlmagan qoʻl yoritgichlaridan foydalanish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Koʻchma yoritish vositalarini ishlatishda rezina shlangli egiluvchan oʻtkazgichdan foydalanilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gidroqumpurkash va maydalab purkash usullari bilan tozalash kameralari bunkerlari va yertoʻlalarining yoritish vositalari har smena tugaganda tozalanishi zarur. Ushbu yoritish vositalarining izolyatsiya holati va yerga ulanganligi tekshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Yoritish vositalarini taʼmirlash va uning ichki elementlarini koʻzdan kechirish, kuygan lampa va himoya shishalarini almashtirish ishlari elektr tarmogʻidan oʻchirilgan holda bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Yoritish vositalarini nazorat qilish va taʼmirlash ishlari shu ishlarni amalga oshirishga masʼul boʻlgan xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Elektr yoritish oʻtkazgichlari poldan 2,5 metrdan past boʻlmagan balandlikda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Ishlab chiqarish binolariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Detallarni gidroqumpurkash va maydalab purkash hamda kimyoviy ishlov berish usullari bilan tozalashda foydalaniladigan binolar qurilish meʼyorlari va qoidalari, sanitariya va yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Ishlab chiqarish xonalarining devorlari tekis suvalgan va yorqin rangli moy-boʻyoq bilan boʻyalgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Gidroqumpurkash va maydalab purkash usullari bilan tozalash ishlari amalga oshiriladigan ish joylarining devor va jihozlarini chang soʻrgʻichlar yordamida, pollari nam uslubda tozalanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Ishlab chiqarish xonalari polidagi barcha choʻnqir (oʻyiqlar, transheya va boshqa)lar mustahkam toʻsiqlar bilan berkitilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Detalga kimyoviy usulda ishlov berish ish joylari bir qavatli binolarda yoki koʻp qavatli binolarning quyi qavatida joylashgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Detalga kimyoviy usulda ishlov berish xonalarining deraza oynalari artish uchun qulay boʻlishi lozim. Framugalar boʻlgan taqdirda, ular poldan yoki ish maydonlaridan ochilishini taʼminlovchi mexanizmlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Detalga kimyoviy usulda ishlov berish xonalarining devorlari, derazalari, shiplari, quvur oʻtkazgichlari va ichki konstruksiyalari boʻyalgan, bundan tashqari devorlari keramik yoki shisha plitalar bilan 2 metr balandlikkacha qoplangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Ishlab chiqarish xonalarining poli suv oʻtkazmaydigan, ishqor moddalar taʼsiriga chidamli va suyuqliklar trapga oqib ketishi uchun 0,01% qiyalikka ega boʻlishi kerak. Pol yuzasi tozalash uchun qulay, tekis va sirpanchiq boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Ishlab chiqarish xonalarini tozalash ishlari smena vaqtida bir marta nam usulda amalga oshirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Polga sachragan va toʻkilgan kislota, ishqorlar va boshqa eritgichlar oʻsha zahoti oqova suvlariga suv bilan yuvib tashlanishi zarur.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Oʻtish joylari va yoʻlaklarni begona jismlar, qoʻshimcha detallar, xom ashyo va tayyor mahsulotlar bilan toʻsib qoʻyish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Elektr vanna va apparatlarning tashqi tomonlari kimyoviy chidamli yorqin rangli boʻyoqlarda boʻyalishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Detalga kimyoviy usulda ishlov berish xonalaridagi qurilish konstruksiyalari bir yilda ikki marta tekshiruvdan oʻtkazilishi va natijalari maxsus daftarga qayd etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Organik eritgichlar bilan yuvish xonalarining koʻchma narvonlari uchqun chiqarmaydigan materiallar (yogʻoch, rangli metall)dan tayyorlanishi kerak. Narvonning pastki uchi rezina tovoncha, yuqori uchida rangli metaldan ishlangan ilmogʻi boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilatsiya va konditsiyalash” talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
(75-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 metr balandlikda bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21°C, oʻrtacha ogʻir ishda 17°C, ogʻir ishda 16°C dan past boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°C dan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Isinish xonalarigacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 metrdan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 metrdan koʻp boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-§. Suv taʼminoti va oqova suvlar tizimiga qoʻyiladigan talablar
(9-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlar tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Ishlab chiqarish oqova suvlari, tashqi oqova suvlariga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi lozim.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Tozalangandan soʻng suvdagi zararli moddalarning tarkibi ruxsat etilgan konsentratsiyadan oshib ketishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha boʻlgan masofa 75 metrdan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Ichimlik suvining harorati 8°C dan 20°C gacha boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Detalga kimyoviy usulda ishlov berish xonalariga oson va koʻrinadigan joylarga yuz va qoʻlga ishqor va kislota tushganda yuvish uchun suvi ravon oqadigan maxsus joʻmraklar oʻrnatilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Ishlatilgan pulpani kameradan toʻgʻridan-toʻgʻri oqova suvlariga oqizish mumkin emas. Buning uchun pulpani kameradan nasoslar yordamida chiqariladigan maxsus tindirgichlar boʻlishi kerak.
(88-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Oqova suvlar tizimi unga parallel boʻlgan quvurlarni taʼmirlashga xalaqit bermaydigan masofada oʻtkazilishi lozim.
(89-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Ishlab chiqarish xonalari va omborxonalarda xoʻjalik-fekal oqova suvlar quvurlariga lyuklar qoʻyish taqiqlanadi.
(90-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Detalga kimyoviy usulda ishlov berish xonasi kislotalar bilan ifloslangan suvni oqizuvchi hamda xoʻjalik-fekal oqovalar uchun tizim bilan taʼminlanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Elektr vannalardan zararli chiqindilar bilan oqadigan oqova suvlarining tizimi yopiq turda boʻlishi lozim.
(92-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Oqova suvlari tizimining tashqi kollektorlari maxsus shaxtalar orqali shamollatib turilishi kerak.
(93-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Oqova suvlarni koʻrish quduqlari choʻyan yoki beton qopqoqlar bilan yopilishi shart.
(94-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Tashkilotlarda xodimlarning ish vaqti, dam olish vaqti, shuningdek qisqartirilgan ish vaqti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻta zararli va oʻta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan davomiyligining talablari inobatga olingan holda, tashkilotlarning ichki mehnat qoidalari asosida belgilanadi.
(95-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ishlab chiqarish jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Ishlab chiqarishda oʻrganilmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarish jarayonida qoʻllash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq meʼyorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, ventilyatsiya chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Ventilyatsiya tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va yongʻinni oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Gidroqumpurkash va maydalab purkash usullari bilan tozalashga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Uskunalardan otilib chiquvchi mayda parchalarni yigʻish jarayoni mexanizatsiyalashgan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Detallarni gidroqumpurkash va maydalab purkash usullari bilan tozalash kameralari xonaga bugʻ va chang chiqarmasligi lozim. Bu kameralar tozalanayotgan detallarni kamera ichida mexanik aylantirish uchun maxsus moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi hamda ular kamera tashqarisidan boshqarilishi lozim. Tozalash jarayonini nazorat qilish uchun mustahkam oynali koʻrish derazalari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Gidroqumpurkash va maydalab purkash usullari bilan tozalash kameralari eshiklari ochilganda maxsus signal beradigan moslama bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Gidroqumpurkash va maydalab purkash usullari bilan tozalash kameralarining koʻtariluvchi eshiklari hamda uning barcha harakati davomida, shuningdek tros uzilgan vaqtda (ilgich) bir maromda ushlovchi qarshi yuk bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. Gidromonitor (brandspoyt) bilan ishlash uchun statsionar maydoncha koʻzda tutilishi kerak. Gidromonitor bilan vaqtinchalik koʻprikchalarda ishlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. Detallarni tozalashga joʻnatish va qaytarish, shuningdek tozalash kamerasiga ularni ortish va tushirish ishlari transport va koʻtargich-transport vositalari yordamida bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Detallarni kimyoviy ishlov berish usuli bilan tozalashga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. Detallarni kimyoviy ishlov berish usulida tozalash uchun ishni xatarsiz olib borishni koʻzda tutuvchi maxsus texnologik reglament ishlab chiqilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Detalni kimyoviy ishlov berish usuli bilan tozalashda ishlov berish va yuvish vannalari yonma-yon joylashtirilishi kerak. Bunda yuvish vannalari oʻrtasidagi oraliq polga eritma tushishini bartaraf etish uchun rezina toʻsiq bilan chegaralanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Detalga kimyoviy ishlov berish usulida yuvish vannalari oqova suvlar tizimiga berk quvurlar orqali bevosita ulanishi lozim. Eritgichlarni ochiq tarnovlar va ariqchalar orqali oqizish taqiqlanadi.
(112-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. Yuvish vannalari joylashgan joydagi pol yogʻochli katak-katak panjaralar bilan qoplanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. Detalga kimyoviy ishlov beruvchi ish joylariga ishga aloqasi boʻlmagan shaxslarning kirishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115. Toʻkilgan va ishlatilgan aralashmalar (kislota) zararsizlantirilgandan soʻng kanalizatsiyaga oqizilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116. Yuvish vannalarini kislota va ishqorlar bilan toʻldirish ishlari zich kranli sifonlar yordamida mexanizatsiyalangan usulda bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117. Detallarni isitilgan kislotalar bilan ishlov berishda uning harorati 35°C dan va oltingugurt kislotasida 65°C dan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118. Detalga kimyoviy ishlov berish usulida tozalanadigan detallar quritilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119. Har bir yuvish vannasida undan foydalanish, aralashma tarkibi va harorat rejimi koʻrsatilgan jadval boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120. Yuqori haroratgacha qizdiriladigan aralashmali, agressiv aralashmali, shuningdek yon tomonlama soʻrgʻichlarsiz uzoq texnologik jarayonda boʻladigan yuvish vannalari qopqoqlar bilan jihozlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121. Kislotalarni, ishqorlarni, tuzlarni eritish va eritmalarni zararsizlantiruvchi baklar, toʻplagichlar, oʻlchagichlar qopqoqlar bilan jihozlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122. Kislota, ishqor va boshqa agressiv suyuqliklarni quyish nasoslari sigʻim toʻlgan zahoti oʻchishini taʼminlovchi vositalar bilan jihozlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123. Yuvish vannalarini koʻchirish va oʻrnatish, xonalardan chiqindilarni chiqarish ishlari maxsus mexanizatsiya yordamida bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
124. Baraban va boshqa idishlardan tuz va ishqorlarni tushirish mexanik va gidravlik qurilmalar yordamida amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
125. Yuvish vannalariga katta miqdordagi xavfli suyuqliklarni berish ishlari nasoslar yoki vakuum-nasoslar bilan, shuningdek kombinatsiyalashgan usulda amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126. Yuvish vannasini isitish, haroratni nazorat qilish, detallarni yuvish vannasiga botirishdan oldin isitish, gidrid natriy generatoriga gaz berish, kaustik erishiga qarab generator holatini toʻgʻrilash ishlari maxsus avtomatlashtirilgan uskunalarda bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
127. Detalga kimyoviy ishlov berish usullari bilan tozalashda eritmalar uning tarkibiy qismlari kimyoviy tekshiruvdan oʻtkazilganidan soʻng tayyorlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
128. Aralashma kimyo muhandisi yoki usta boshchiligida, xodimga aralashma tarkibi, tarkibiy qismlari miqdori, solish ketma-ketligi va tayyorlanishini nazorat qilish ishlari haqida berilgan yozma koʻrsatmasi asosida tayyorlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
129. Kislotalarni, ishqorlarni va tuzlarni koʻtarish va joyini oʻzgartirish maxsus aravalar yoki moslamalar yordamida amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
130. Kimyoviy modda idishlarining qopqogʻi maxsus moslamalar bilan ochilishi lozim. Qadoqlash, tortish, kimyoviy moddalarni eritish va aralashmani yuvish vannasida aralashtirish ishlari ham maxsus moslamalar yordamida amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131. Aralashmalarni yuvish vannasining chetidan quyish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
132. Butilga suyuqlik quyishdan oldin havo chiqaradigan naychali yopiq voronka qoʻyish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
133. Aralashmalarni tayyorlashda yuvish vannasini suv bilan toʻldirish, keyin azot yoki fosfor kislotasini quyish va shundan soʻng oltingugurt kislotasini quyish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
134. Yuqori konsentratsiyali azot kislotasi bilan ish olib boriladigan joylarda quruq buyumlar boʻlmasligi lozim, ular olib qoʻyilishi yoki suv bilan hoʻl qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
135. Detallar ilish moslamalariga ilinganda, ular yuvish vannasiga tushib ketishining oldini olish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
136. Ilish moslamalari (ilgaklar, savatlar va boshqalar) mustahkam va qulay boʻlishi hamda kislota va ishqorlar taʼsiriga chidamli materiallardan tayyorlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
137. Moslamalarga detallarni mahkamlash ishonchli boʻlishi lozim. Moslamalarga mahkamlangan detallarning ishonchliligi yuvish vannasidan tashqarida silkitib koʻrib tekshiriladi. Yuvish vannasi ustida detallar ilgakka mahkam osilganligini tekshirish uchun ularni silkitib koʻrish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
138. Detal yuvish vannasiga tushib ketgan hollarda detal tok va qizdirgich oʻchirilgandan soʻng maxsus moslamalar yordamida olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
139. Yuvish vannasiga detallarni solish va olish ishlari siltanishsiz amalga oshirilishi kerak. Yuvish vannasiga detallar joylashtirilganidan soʻng xodim uning yonidan mumkin qadar uzoq joyga oʻtishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Ishlab chiqarish uskunalariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Ishlab chiqarish uskunalariga qoʻyiladigan umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
140. Uskunalarning konstruksiyasi “Ishlab chiqarish jihozlari. Xavfsizlikning umumiy talablari” GOST 12.2.003-91 talablariga muvofiq boʻlishi lozim. Ishlab chiqarish jarayonlarida foydalaniladigan uskunalar soz holatda boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
141. Uskunalarning konstruksiyasida uning tarkibiy qismi boʻlgan bugʻ oʻtkazgichlar va elektr simlarining bexosdan zararlanish xavfi bartaraf etilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
142. Uskunalarning konstruksiya qismlari xodimlarning jarohat olishiga sabab boʻladigan oʻtkir boʻgʻinli, hoshiyali, tikanli boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
143. Uskunalarning barcha harakatlanuvchi qismlari, keltiruvchi, uzatuvchi mexanizmlari uning korpusida joylashgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
144. Muhofazalash konstruksiyasi qoʻshimcha shovqin, vibratsiya, xavfli vaziyat yuzaga keltirmasligi va xizmat koʻrsatishni qiyinlashtirmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
145. Uskunalarning ish jarayoni kuzatiladigan joylarning panjaralari tez yechiladigan (qopqoq, lyuk, shit, toʻr) yoki tez ochiladigan boʻlishi kerak. Panjaralar, eshiklar, shitlar ochilganida avtomatik ravishda uskunalar ishini toʻxtatish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
146. Boshqaruv tizimi joylashuvi va konstruksiyasi ishlab chiqarish jihozlarining bevosita va bilvosita harakatga kelishining oldini olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
147. Uskunalarni kuzatish va holatini tekshirish ishlari tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida olib borilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
148. Uskunalarni texnik jihatdan taʼmirlash ishlari ishlab chiqaruvchi tashkilotning foydalanish boʻyicha qoʻllanmasiga asosan bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
149. Xavfli joylarda muhofazalash qurilmalari va himoya vositalari boʻlmagan jihozlarda ishlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
150. Buzilgan jihoz ustiga unda ishlash mumkin emasligini koʻrsatuvchi ogohlantiruvchi belgi qoʻyilishi lozim. Bundan tashqari qurilmada uni taʼmirlash ishlari tugatilmaguniga qadar ishga tushib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan choralar koʻrilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Gidroqumpurkash va maydalab purkash uskunalariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
151. Gidroqumpurkash va maydalab purkash uskunalarini oʻrnatish va ulardan foydalanish ushbu uskunalarga qoʻyilgan texnik reglament talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
152. Uskuna poldan yoki ish maydonidan 2 metr va undan kam balandlikdagi barcha qayishli va zanjirli uzatkichlari toʻliq yopiq yoki teshiklari 10 mm dan keng boʻlmagan toʻrli panjaralar bilan har tomonidan toʻsilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
153. Kameralarning detallar kiritilishi va chiqarilishi uchun moʻljallangan darchalari yoʻl-yoʻl parda (diafragma) bilan jihozlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
154. Kameralar blokirovka qurilmalari bilan jihozlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
155. Kameralarning karkasi va toʻshamasi yetarli darajada chidamli boʻlishi lozim. Ularning vibratsiyalanishining oldi olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
156. Detallarni tozalash boʻlimidagi jihozlarni taʼmirlash, moylash va tozalash ishlari barcha harakatlanuvchi mexanizmlari toʻxtatilgandan soʻng bajarilishi lozim. Bunda ularning tasodifan ishlab ketmasligi taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Detallarni kimyoviy ishlov berish usuli bilan tozalashda uskunalarga boʻlgan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
157. Yuvish vannasiga xizmat koʻrsatish maydonchalarining eni kamida 1,5 metr boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
158. Kislotalar bilan ishlash uchun moʻljallangan barcha uskunalar zangga chidamli boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
159. Kislota va kaustikaga moʻljallangan barcha uskunalar ularning diametriga koʻra koʻzdan kechirish va tozalash uchun tushish teshiklari va lyuklar bilan taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
160. Tuzlar, ishqorlar va kislotalarni eritish va zararsizlantirish idishlari, toʻplagichlari va oʻlchagichlari qopqoq va bino tomidan yuqoriga chiqarilishi lozim boʻlgan naychalar (zararli chiqindilarni soʻrish uchun) bilan taʼminlanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
161. Uskunalarning koʻrish oynalari 2-3 mm qalinlikdagi metall toʻr bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
162. Bosim ostida ishlovchi barcha uskunalarning koʻrsatkichlari monometrlar bilan taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
163. Yuqorida joylashgan kislota oʻlchagichlar sath oʻlchagichi va quyish qurilmalari bilan taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
164. Uskunaning nazorat-oʻlchov asboblari xodimning ish joyiga oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
165. Har bir uskuna pasport, kommunikatsiyalarga ulanishining bajarilish chizmasi, tuzilishiga kiritilgan oʻzgarishlar haqidagi maʼlumotlar, foydalanishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar, shuningdek xavfsiz foydalanish qoʻllanmasiga ega boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
166. Yaroqlilik muddatini oʻtab boʻlgan uskunadan foydalanishga uning ishga yaroqliligini bildiruvchi texnik xulosa olingandan soʻng yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
167. Uskuna (mashina, mexanizm)lar olinganda ularning mehnatni muhofaza qilish qoidalari va meʼyorlariga, mehnat xavfsizligi standartlariga mos kelishi, shuningdek barcha himoya va saqlanish moslama va qurilmalari oʻrnatilganligi hamda sozligi tekshirilishi kerak. Zarur hollarda uskunalarga qoʻshimcha panjaralar, himoya qurilmalari va moslamalarini tayyorlatish va oʻrnatish choralari koʻrilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Taʼmirlash ishlari bajarilishidagi xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
168. Tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan taʼmirlash rejasiga muvofiq uskunalarning taʼmirlash ishlari tashkil etilishi va bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
169. Toksik va portlash xavfi boʻlgan gazlar chiqaradigan xonalarda, taʼmirlash ishlari boshlanishidan oldin va taʼmirlash vaqtida, shuningdek apparat va kommunikatsiyalarni tozalash bilan bogʻliq ishlarda xonadagi barcha turdagi ventilyatsiyalar ishga tushirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
170. Quvur oʻtkazgichlarni taʼmirlashdan oldin energiya tashuvchilarni (bugʻ, havo, suv) oʻchirish va bosimni yoʻqotish lozim. Issiq kondensat, kislota va elektrolitni taʼmirlanayotgan tizimdan quyib olish va yuqini zararsizlantirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
171. Tez oʻt oluvchi va toksik moddalar boʻlgan sigʻimlar, nasoslar va quvur oʻtkazgichlarni taʼmirlash ishlari ularni ishlab turgan jihozlardan oʻchirilganligi va mahsulotning qoldiqlari olib tashlanganligi, havo muhitini toksik va zararli moddalar borligi tekshirilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
172. Taʼmirlash ishlari vaqtida portlash xavfi boʻlgan gaz va bugʻlar chiqaruvchi ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
173. Taʼmirlash ishlari boshlanishidan oldin va ularni bajarish davrida xonadagi havo muhitida portlash xavfi boʻlgan gaz va bugʻlar borligini aniqlovchi tahlillar oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
174. Yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan miqdordan koʻp toksik va portlash xavfi boʻlgan gaz paydo boʻlganligi aniqlangan zahoti taʼmirlash ishlari darhol toʻxtatilishi va xodimlar xavfsiz maydonga chiqarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
175. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda panjara, armatura, quvur oʻtkazgich, mufta qobigʻi va konstruksiyalarda turish taqiqlanadi. Taʼmirlashdan soʻng uskunalar va ularning qismlari qabul qilish bildirgilari asosida qabul qilib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
176. Taʼmirlangan uskunalarni himoyalash va saqlash qurilmalarisiz foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
177. Tashkilotlarni (sexlarni) loyihalashtirishda va qurish (montaj qilishda)da mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
178. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(178-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
179. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi, “Toshkent traktor zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 4-mart

Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 4-mart
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 4-mart
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 4-mart
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi O. RAMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 4-mart
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 4-mart
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent traktor zavodi” OAJ bosh direktori v.b. S. SAIDAMINOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 4-mart
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi I. XOLMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 4-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 13-son, 100-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son; 19.05.2026-y., 10/26/3834/0502-son)