23.03.2010 yildagi 50-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKA LOYIHA-QIDIRUV TASHKILOTLARI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika hududlarini, eng avvalo, qishloq aholi punktlarini arxitekturaviy rejalashtirish va kompleks qurishni amalga oshirishni tashkil etish tizimini tubdan yaxshilash, ishlab chiqilayotgan loyihalar sifatini oshirish, shuningdek respublikaning yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi va tegishli loyiha-qidiruv tashkilotlari aksiyadorlari (qatnashchilari) umumiy yig‘ilishlarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zLITTI” yopiq aksiyadorlik jamiyati va “Toshuyjoyloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati loyiha-qidiruv tashkilotlarini birlashtirish yo‘li bilan qayta tashkil etish hamda “ToshuyjoyLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati loyiha-qidiruv tashkilotini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Donloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat va “O‘zmevasabzavot-uzumsanoatloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv tashkilotlarini birlashtirish yo‘li bilan qayta tashkil etish hamda “O‘zagrosanoatloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv tashkilotini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zrangmetloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “O‘zGEOTEXLITI” davlat unitar korxonasi loyiha-qidiruv tashkilotlarini birlashtirish yo‘li bilan qayta tashkil etish hamda “O‘zGEORANGMETLITI” davlat unitar korxonasi loyiha-qidiruv tashkilotini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ZPLITI” yopiq aksiyadorlik jamiyati va “O’ZGASHK” davlat unitar korxonasi loyiha-qidiruv tashkilotlarini birlashtirish yo‘li bilan qayta tashkil etish hamda “O‘zGASHKLITI” davlat unitar korxonasi loyiha-qidiruv tashkilotini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zshaharsozlikLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyatini davlat unitar korxonasiga aylantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tashkil etish natijasida 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha yangidan tashkil etilayotgan loyiha-qidiruv tashkilotlarining asosiy ixtisoslashish yo‘nalishlari to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi “O‘zshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi va “O‘zGASHKLITI” davlat unitar korxonasining muassisi hisoblanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda — “O‘zshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi, “O‘zGEORANGMETLITI” davlat unitar korxonasi hamda “O‘zGASHKLITI” davlat unitar korxonasi tuzilmasi va ustavlarini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan loyiha-qidiruv tashkilotlarining aksiyadorlari (qatnashchilari) bilan birgalikda loyiha-qidiruv tashkilotlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ToshuyjoyLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “O‘zagrosanoatloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat, “O‘zGEORANGMETLITI” davlat unitar korxonasi, “O‘zGASHKLITI” davlat unitar korxonasi hamda “O‘zshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasining loyiha-qidiruv tashkilotlarini soha bo‘yicha oliy ma’lumotli hamda loyihalash ishlarida kamida 5 yillik amaliy tajribaga ega bo‘lgan rahbar va muhandis-texnik xodimlarning puxta tanlanishini nazarda tutgan holda tajribali va yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “ToshuyjoyLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati o‘zining qayta tashkil etilishi munosabati bilan aksiyalar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun yig‘im to‘lashdan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qo‘yilsinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tasdiqlangan bosh rejalarda nazarda tutilmagan qo‘shimcha obyektlarni qurish yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-apreldagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Xo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 23-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-martdagi 50-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tashkil etilayotgan loyiha-qidiruv tashkilotlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r Qayta tashkil etilayotgan loyiha-qidiruv tashkilotlari nomi va qayta tashkil etish shakli Yangidan tashkil etilayotgan loyiha-qidiruv tashkilotlari
Loyiha-qidiruv tashkilotlari nomi va joylashgan joyi*‎ Ustav jamg‘armasidagi davlat ulushi, (kamida) %‎ Asosiy ixtisoslashuv yo‘nalishi
1.‎ “O‘zLITTI” YAJ va “Toshuyjoyloyiha” OAJ (birlashish)‎ “ToshuyjoyLITI” OAJ, Toshkent shahri, M.Yakubov ko‘chasi, 43 (“Toshuyjoyloyiha” OAJning sobiq binosi)‎ 51‎

Namunaviy, shu jumladan uy-joy va ijtimoiy binolar loyihalarini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.
‎Shaharsozlik sohasidagi investitsiya loyihalarining TIA, TIIni, normativ-metodologik va yo‘riqnoma hujjatlarni ishlab chiqish.
‎Turar joy binolari va inshootlarini o‘lchash va tekshirish ishlarini amalga oshirish, texnik jihatdan ko‘zdan kechirish. ‎

2.‎ “Donloyiha” MCHJ va “O‘zmevasabzavot-uzumsanoatloyiha” MCHJ (birlashish) “O‘zagrosanoatloyiha” MCHJ, Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 16 A (“O‘zmevasabzavotuzum-sanoatloyiha” MCHJning sobiq binosi) ‎ 51‎

Qishloq uchun mo‘ljallangan bog‘dorchilik va meva-sabzavot mahsulotlarini, chorvachilik va asalarichilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini, fermer xo‘jaliklari infratuzilmasini, uy-joy va ijtimoiy-maishiy soha obyektlarini loyihalash, shuningdek investitsiya loyihalarining TIA va TIIni ishlab chiqish.
‎Tegirmonchilik sanoati obyektlarining loyiha, texnologik va konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqish.

3.‎ “O‘zrangmetloyiha” OAJ va “O‘zGEOTEXLITI” DUK (birlashish) “O‘zGEORANGMETLITI” DUK, Toshkent shahri, Bobur ko‘chasi,15 (“O‘zGEOTEXLITI” DUKning sobiq binosi) 100‎

Metallurgiya kon-ruda obyektlarini loyihalash, mavjud metallurgiya korxonalarini rekonstruksiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, tarmoq loyihalarining maxsus bo‘limlarini ishlab chiqish.
‎Investitsiya loyihalarining TIA va TIIni ishlab chiqish.
‎Rangli va ruda metallurgiyasida ilmiy-tadqiqot va qidiruv ishlarini olib borish.

4.‎ “ZPLITI” YAJ va “O’ZGASHK” DUK (birlashish) “O‘zGASHKLITI” DUK, Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 38 (“O’ZGASHK” DUKning sobiq binosi) 100‎

Qurilishda, geoinformatika va shaharsozlik kadastri sohasida muhandislik-texnik qidiruv ishlari kompleksini amalga oshirish. Binolar va inshootlarning foydalanishga mustahkamligi yuzasidan muhandislik qidiruv va tadqiqot ishlarini amalga oshirish, normativ-metodologik va yo‘riqnoma hujjatlarni ishlab chiqish.
‎Yer usti va yer osti binolarining asosi va poydevorlarini loyihalash va tadqiq etish, binolarning zilzilabardoshliligini ilmiy jihatdan tadqiq etish.

5.‎ “O‘zshaharsozlikLITI” OAJ (qayta o‘zgartirish) ‎ “O‘zshaharsozlikLITI” DUK, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 18 100‎

Shaharlar va aholi punktlarining bosh rejalarini, yirik va noyob binolar, ijtimoiy-madaniy, maishiy, uy-joy va jamoaga mo‘ljallangan obyektlar loyihalarini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.
‎Investitsiya loyihalarining TIA va TIHni, shuningdek normativ-metodologik va yo‘riqnoma hujjatlarni ishlab chiqish, ularni ko‘paytirish.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. * Qayta tashkil etilayotgan loyiha-qidiruv tashkilotlari majburiyatlar va tuzilgan shartnomalar bo‘yicha tegishli ravishda ularning huquqiy vorislari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-martdagi 50-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-apreldagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 5-bandning birinchi xatboshidagi “qoidaga ko‘ra” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 7-band “b” kichik bandining ikkinchi—to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“to‘liq kompleksda loyihalash bo‘yicha faoliyat turlari uchun (loyihalashning barcha bosqichlarida arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish, shu jumladan loyihalarning DTIA, TIA hamda DTIH, TIHlarini ishlab chiqish) — murakkablikning I-II toifasidagi obyektlar uchun — kamida 12 mutaxassis, murakkablikning III toifasidagi obyektlar uchun — kamida 15 mutaxassis, murakkablikning IV-V toifasidagi obyektlar uchun — kamida 25 mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura-shaharsozlik hujjatlarining ayrim bo‘limlarini ishlab chiqish bo‘yicha faoliyat turlari uchun — kamida 10 mutaxassis”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 8-band “e” kichik bandining uchinchi xatboshiga “shuningdek mehnat daftarchalarining (notarial tasdiqlangan)” so‘zlari qo‘shilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 37-banddagi “eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 12-son, 85-modda; 2012-y., 8-9-son, 79-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2017-y., 09/17/851/0146, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)