Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 16.03.2010 yildagi 47-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FERMER XO‘JALIKLARI TASARRUFIDAGI YER UChASTKALARI MAYDONLARINI MAQBULLAShTIRISh YAKUNLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni tashkil etishning asosiy shakli sifatida fermer xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, shuningdek yer, suv va boshqa moddiy-texnika resurslaridan oqilona foydalanilishini ta’minlash, xo‘jaliklarning moliyaviy ahvolini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonlarini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 22-oktabrdagi F-3287-son Farmoyishini bajarish yuzasidan Maxsus komissiya tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika viloyatlari va tumanlari bo‘yicha fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalari maydonlarini ilgari o‘tkazilgan maqbullashtirish va ular faoliyatining iqtisodiy samaradorligi natijalarini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonlarini xatlovdan o‘tkazish, ulardan foydalanishning samaradorligini, shuningdek fermyerlarga yer uchastkalari berishning asoslanganligini, xolisligini va oshkoraligini o‘rganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xo‘jaliklarining moliyaviy ahvolini, moddiy-texnikaviy bazasi, mehnat resurslari va aylanma mablag‘larining mavjudligini, shuningdek ulardan oqilona va samarali foydalanilishini o‘rganish ishlari amalga oshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish masalalari bo‘yicha Maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha fermer xo‘jaliklari yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirishning yig‘ma yakunlari 1 — 1d-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar bo‘yicha fermer xo‘jaliklari yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish yakunlariga ko‘ra yer uchastkalarining soni va o‘rtacha maydonlari 2 — 15-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda — 2010-yil 25-martgacha bo‘lgan muddatda yiriklashtirilgan fermer xo‘jaliklari bilan yer uchastkalarini ijaraga olish, davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi va boshoqli ekinlar doni sotish, shuningdek moddiy-texnika resurslari sotib olish hamda xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar korxonalari bilan xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan shartnomalarni qaytadan tuzish ishlarini tugallash chora-tadbirlarini ko‘rsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda tugatilgan fermer xo‘jaliklarini yuridik shaxslarning davlat reyestridan belgilangan tartibda chiqarish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa moddiy resurslari sarflanishini to‘laqonli hisobga olish joriy etilishi tashkil qilinishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Fermer xo‘jaliklari uyushmasi bilan birgalikda fermyerlar malakasini oshirishning mamlakatimiz mintaqalaridagi tegishli oliy ta’lim muassasalarida ularning biznesni boshqarish va yuritish asoslariga tizimli o‘qitishni nazarda tutuvchi dasturini bir oy muddatda tayyorlasin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 1-noyabrgacha 2011 — 2015-yillarda qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘stirishning namunaviy istiqbolli texnologik xaritalarini mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqsin va fermer xo‘jaliklariga yetkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zagromashservis” uyushmasi, “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda fermer xo‘jaliklariga tegishli ravishda mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash materiallari yetkazib berish hamda servis xizmatlari ko‘rsatish hajmlarini aniqlashda texnologik xaritalar bo‘yicha moddiy-texnika resurslari sarflashning belgilangan normativlariga qat’iy amal qilsinlar.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi o‘zlariga qarashli tashkilotlar tomonidan tuzilgan shartnomalarga qat’iy muvofiq ravishda fermer xo‘jaliklari bilan paxta xomashyosi va boshoqli ekinlar doni uchun o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishi yuzasidan nazoratni ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi fermer xo‘jaliklari qonuniy manfaatlarining huquqiy jihatdan samarali himoya qilinishini ta’minlasinlar, davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan ularning xo‘jalik faoliyatiga noqonuniy aralashishga urinishlarga qat’iy barham bersinlar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi televideniyeda hamda ommaviy axborot vositalarida fermer xo‘jaliklarining rivojlanishi va faoliyati, qishloqda ishlab chiqarish infratuzilmasi takomillashtirilishi jarayonlarini yoritish bo‘yicha maxsus ko‘rsatuvlar va ruknlar tashkil etsinlar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 16-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 10-11-son, 77-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)