16.03.2010 yildagi 46-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“NAVOIY VILOYATIDA AMMIAK VA KARBAMID ISHLAB CHIQARISHLARI KOMPLEKSINI QURISH” INVESTITSIYA LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgʻor, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish quvvatlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shuningdek respublika kimyo tarmogʻining eksport salohiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan “International Petroleum Investment Company” kompaniyasi (BAA) oʻrtasida yiliga 900 ming tonna ammiak va 1 mln tonna karbamid ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan “Navoiy viloyatida ammiak va karbamid ishlab chiqarishlari kompleksini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida ahdlashuvga erishilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish doirasida ustav jamgʻarmasida Oʻzbekiston va xorijiy tomonning ulushlari teng boʻlgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona tashkil etish nazarda tutilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan “International Petroleum Investment Company” kompaniyasi (BAA) oʻrtasidagi 2010-yil 19-fevralda imzolangan Bazaviy investitsiya bitimi tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan Bazaviy investitsiya bitimiga binoan qabul qilingan majburiyatlarning xorijiy investor tomonidan soʻzsiz bajarilishi yuzasidan nazoratni belgilangan tartibda taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, “International Petroleum Investment Company” kompaniyasi (BAA) — xorijiy investor Bazaviy investitsiya bitimiga muvofiq oʻz zimmasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini bermasdan, loyihani moliyalashtirish shartlarida loyihaning qarz qismini moliyalashtirish uchun xorijiy banklar va moliyaviy institutlar konsorsiumini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilayotgan qoʻshma korxona tomonidan ishlab chiqariladigan karbamidning kamida 70 foizi jahon narxlarida eksport qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt joylashtiriladigan joyda tibbiyot, sport-sogʻlomlashtirish va taʼlim muassasalari bepul qurilishini nazarda tutuvchi ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va Bazaviy investitsiya bitimida nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajarish boʻyicha majburiyatlar olgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston tomoni ammiak va karbamid ishlab chiqarishlari kompleksining faoliyat koʻrsatishi uchun zarur boʻlgan tashqi infratuzilma, shu jumladan energiya taʼminoti, ulanishning kelishilgan punktlarigacha avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar qurilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish doirasida vazirliklar va idoralar faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash uchun ilovaga muvofiq tarkibda “Navoiy viloyatida ammiak va karbamid ishlab chiqarishlari kompleksini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish masalalari boʻyicha ishchi komissiya tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar hisoblab chiqilgan qiymati 1340 mln AQSH dollari boʻlgan “Navoiy viloyatida ammiak va karbamid ishlab chiqarishlari kompleksini qurish” investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha umumiy qiymatining 20 foizi (hisoblab chiqilgan 268 mln AQSH dollari) — Oʻzbekiston tomonining qoʻshma korxona ustav jamgʻarmasidagi oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlar hisobiga shakllantiriladigan ulushi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha umumiy qiymatining 20 foizi (hisoblab chiqilgan 268 mln AQSH dollari) — xorijiy tomonning qoʻshma korxona ustav jamgʻarmasidagi oʻz mablagʻlari va “International Petroleum Investment Company” kompaniyasi (BAA) va uning shuʼba kompaniyalarining oʻz mablagʻlari hisobiga shakllantiriladigan ulushi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha umumiy qiymatining 60 foizi (hisoblab chiqilgan 804 mln AQSH dollari) — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini bermasdan, loyihani moliyalashtirish shartlarida xorijiy investor tomonidan tashkil etiladigan xorijiy banklar va moliyaviy institutlar konsorsiumi krediti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki, koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish doirasida tashkil etiladigan qoʻshma korxonaning ustav jamgʻarmasi muassislar tomonidan 2010 — 2014-yillar mobaynida uning hisoblab chiqilgan miqdorini 536 mln AQSH dollarigacha bosqichma-bosqich koʻpaytirgan holda, belgilangan tartibda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ammiak va karbamid ishlab chiqarishlari kompleksi loyihasini tayyorlash va qurilish davrida loyiha doirasida import qilinadigan texnologik asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va ular uchun texnologik jihozlar, transport vositalari, texnik hujjatlar, tovarlar (ishlar va xizmatlar), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha vaqtinchalik keltirish rejimi boʻyicha olib kelinadigan asbob-uskunalar va texnika bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar loyihaning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini tayyorlash boʻyicha bosh loyihalash tashkilotlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“MAN Ferrostaal AG” injiniring kompaniyasi (Germaniya) — asosiy texnologik ishlab chiqarish obyektlarini loyihalash boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyosanoatloyiha” OAJ — yordamchi ishlab chiqarish obyektlarini va infratuzilma obyektlarini loyihalash boʻyicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga “MAN Ferrostaal AG” injiniring kompaniyasi va loyihani amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan maslahatchilar bilan, tanlov (tender) savdolari oʻtkazmasdan, xarajatlarni xorijiy investor bilan teng ulushlarda moliyalashtirgan holda, kontraktlar tuzishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi koʻrsatib oʻtilgan loyihani birgalikda ishlab chiqish toʻgʻrisidagi bitimni manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, belgilangan tartibda tuzsin hamda bir oy muddatda “International Petroleum Investment Company” kompaniyasi (BAA) bilan imzolasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va qoʻshma korxona buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va qoʻshma korxona buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolari uchun koʻp martalik vizalar davlat boji undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini, berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtinchalik yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va qoʻshma korxona buyurtmanomalariga binoan qoʻshma korxonaga Oʻzbekiston Respublikasiga loyihani amalga oshirish doirasida ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar jalb qilish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari E.R. Shaismatov va E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 16-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 16-martdagi 46-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Navoiy viloyatida ammiak i karbamid ishlab chiqarishlari kompleksini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish masalalari boʻyicha ishchi komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ibragimov Gʻ.I.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi‎
Gʻaniyev E.M.‎ —‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, komissiya raisining oʻrinbosari
Komissiya aʼzolari:‎
Saidova G.K.‎ —‎ Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari
Gʻulomov R.A.‎ —‎ Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
Mamadaliyev R.M.‎ —‎ Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri
Toʻlaganov Sh.A.‎ —‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari
Saidov Sh.Z.‎ —‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining oʻrinbosari
Xayrullayev Sh.Sh.‎ —‎ Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
Vafoyev Sh.A. ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijrochi direktori‎
Maksumov N.E.‎ —‎ “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari ‎
Rahimov S.B.‎ —‎ Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi ‎
Mustafoyev U.M.‎ —‎ “Oʻzsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisi ‎
Ibragimov G.I.‎ —‎ “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi‎
Nazarov U.S. ‎ —‎ “Oʻzbekneftgaz” MXK boshqaruvi raisi‎
Teshaboyev B.M.‎ —‎ “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi‎
Ramatov A.J.‎ —‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi boshqaruvi raisi‎
Abdullayev M.A.‎ —‎ “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi‎
Asamov D.D.‎ —‎ Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi, komissiya kotibi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ishchi komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)