Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.04.1997 yildagi 205-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

XALQARO TIKLANISh VA TARAQQIYOT BANKI ZAYoMI DOIRASIDA MOLIYA SEKTORINI ISLOH QILISh LOYIHASINI AMALGA OShIRIShGA TAYYORGARLIK KOʻRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki zayomi doirasida Oʻzbekiston Respublikasining moliya sektorini isloh qilish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 1,2 mln AQSh dollari summasida avans ajratilganligi, u Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki zayomi doirasida moliya sektorini isloh qilish loyihasini tayyorlashga yoʻnaltirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki zayomi doirasida moliya sektorini isloh qilish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish komissiyasi ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Komissiyaga quyidagi vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya sektorini isloh qilish uchun zayom berishning Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan kelishilgan shartlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya tizimi va moliya institutlarini isloh qilish Hukumat dasturiga muvofiq Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining koʻrsatib oʻtilgan zayomini berish shartlari doirasidagi tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avans va zayom mablagʻlaridan foydalanish qoidalarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli vazirliklar va idoralarning zayom berish shartlarining bajarilishiga oid ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avans va zayom mablagʻlaridan samarali foydalanilishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaziy bankka avans mablagʻlaridan foydalanilishi ustidan qatʼiy operativ nazorat oʻrnatish va avans doirasida jalb qilinadigan xalqaro hamda Mahalliy konsultantlar ishini muvofiqlashtirishni taʼminlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S. Hamidov va Markaziy bank raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 22-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
205-son

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-apreldagi 205-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki zayomi doirasida moliya sektorini isloh qilish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

1.‎ Mullajonov F.M.‎ —‎ Markaziy bank raisi, komissiya raisi‎
2.‎ Abdullayev Sh. Y.‎ —‎‎ Moliya vazirining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari‎
3.‎ Azimov R. S.‎ —‎‎ “Oʻzmilliybank” boshqaruvi raisi‎
4.‎ Abduqodirov A. M.‎ —‎‎ Davlat mulki qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari‎
5.‎ Gʻofurov Sh. R.‎ —‎‎ “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari‎
6.‎ Karimov R. K.‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot boʻlimi mudiri‎
7.‎ Mannopbekov N. T.‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti boʻlimining boshligʻi‎
8.‎ Muhitdinov N. F.‎ —‎‎ Xalq banki boshqaruvi raisi‎
9.‎ Nigʻmatov Oʻ. U.‎ —‎‎ “Oʻzsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisi‎
10.‎ Sayfiddinov J. B.‎ —‎‎ “Paxta-bank” boshqaruvi raisi‎
11.‎ Oʻrinboyev Sh. Oʻ.‎ —‎‎ Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari‎
12.‎ Qoʻchqorov J. K.‎ —‎‎ Markaziy bank raisining oʻrinbosari, komissiyaning masʼul kotibi‎