Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 09.03.2010 yildagi 41-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010 YILDA XALQARO AHAMIYATGA VA DAVLAT AHAMIYATIGA EGA BO‘LGAN UMUMIY FOYDALANILADIGAN AVTOMOBIL YO‘LLARINI TA’MIRLASh DASTURLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2007 — 2010-yillarda umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari qurilishini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 20-dekabrdagi PQ-535-son qaroriga muvofiq, shuningdek yuqori xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan avtomobil yo‘llari tarmog‘ini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, xalqaro ahamiyatga va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini xalqaro transport yo‘laklariga keng integratsiyalashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yilda xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini mukammal va o‘rtacha ta’mirlash dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yilda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini mukammal va o‘rtacha ta’mirlash dasturi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturlarga (keyingi o‘rinlarda dasturlar deb ataladi) kiritilgan obyektlarni mukammal va o‘rtacha ta’mirlashni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan dasturlarga kiritilgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari bir oy muddatda o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishini, shuningdek ularning belgilangan tartibda tarmoq va davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 1-maygacha 1 va 2-ilovalarga kiritilgan yangidan boshlanadigan obyektlar bo‘yicha tanlov savdolari o‘tkazilishini va belgilangan tartibda pudrat shartnomalari tuzilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va pudrat yo‘l-qurilish tashkilotlari bilan birgalikda, zarurat bo‘lganda ishlarni 2-3 smenada tashkil etishni nazarda tutgan holda, malakali mehnat resurslari jamlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan dasturlarni amalga oshirish doirasida ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi, bajarilayotgan yo‘l-ta’mirlash ishlari, foydalanilayotgan xomashyo va materiallarning sifati, shuningdek qurilish-texnik me’yorlar va qoidalarga rioya qilinishi yuzasidan qat’iy nazoratni ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi, “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat yo‘l-qurilish tashkilotlari bilan birgalikda 1 va 2-ilovalarga kiritilgan obyektlar bo‘yicha ishlarni bajarishning kalendar jadvallarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasining Texnik kengashi va “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining kengaytirilgan qo‘shma majlislarida pudrat tashkilotlari rahbarlarining tasdiqlangan dasturlarda nazarda tutilgan topshiriqlar va vazifalar bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitib borsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir chorak yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xalqaro ahamiyatga va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini mukammal va o‘rtacha ta’mirlash dasturlari amalga oshirilishi to‘g‘risidagi yig‘ma axborotni taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi va “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan jadvallarga muvofiq yo‘lbop suyuq neft-bitumning belgilangan tartibda o‘z vaqtida sotilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari zimmasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan birgalikda yo‘l-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan uchastkalarda avtotransport oqimlari harakati zarur darajada tashkil etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishi tugallangan obyektlarni, mukammal va o‘rtacha ta’mirlangan umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari topshirish va ularni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha tegishli obyektlarni qabul qilish komissiyalari ishida o‘z vakillarining qatnashishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan dasturlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash uchun yo‘l-qurilish texnikasi va mehnat resurslarining dasturlarda nazarda tutilmagan ishlarga jalb etilishini taqiqlagan holda pudrat yo‘l-ta’mirlash tashkilotlariga qulay maishiy va boshqa zarur shart-sharoitlar yaratilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Xo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 9-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 10-11-son, 75-modda)