Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.02.1997 yildagi 100-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ABDULHAMID SULAYMON O‘G‘LI ChO‘LPON TAVALLUDINING 100 YILLIGINI NIShONLASh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atoqli o‘zbek yozuvchisi va jamoat arbobi Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning O‘zbekiston madaniyati va adabiyoti taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi va kelajak avlodlarga o‘rnak bo‘luvchi fuqarolik jasoratini inobatga olib hamda uning adabiy merosini xalqimizga to‘la yetkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi va Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazining Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon tavalludining 100 yilligini 1997-yilda mamlakatimizda keng miqyosda nishonlash haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu sanaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi ilovaga muvofiq tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qo‘mita tegishli vazirliklar, hokimliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda bir oy muddatda o‘z tadbirlarini ishlab chiqsin va uni amalga oshirishga kirishsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adibning 100 yilligi munosabati bilan “Sharq xalqlarining milliy uyg‘onishi va Cho‘lpon ijodi” mavzuida simpozium o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997 — 2000-yillar davomida adibning “To‘la asarlar to‘plami”ni tayyorlash va chop etish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Andijon viloyati hokimligi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi bilan birgalikda 1997-yil noyabr oyida Andijon shahrida Abdulhamid Cho‘lponning yubiley kechasini tayyorlasin va o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligiga Abdulhamid Cho‘lpon asarlari asosida teatr spektakllari va adib haqida adabiy-badiiy kompozitsiya yaratish vazifasi yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi Abdulhamid Cho‘lponning asarlarini, u haqidagi xotiralar to‘plami, risolalar va plakatlarni yubileyga nashr etishni rejalashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Abdulhamid Cho‘lpon yubileyini keng nishonlash yuzasidan tadbirlar ishlab chiqib, amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va Andijon viloyati hokimligiga tegishli idoralar va ijodiy uyushmalar bilan birgalikda mahalliy budjet va homiylik mablag‘lari hisobidan Andijon shahrida Abdulhamid Cho‘lpon bog‘ini yaratish, u yerda adibga yodgorlik o‘rnatish hamda adib yashagan hovlida uning uy-muzeyini tashkil etish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Markaziy bank huzuridagi Maxsus ishlab chiqarish korxonasi va “Sharq” konserni bilan birgalikda Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon siymosi aks ettirilgan pochta markalari, konvertlar va otkritkalar chiqarsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “O‘zbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-iyuldagi 247-son qaroriga muvofiq filmlar yaratish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan Abdulhamid Cho‘lpon hayoti va ijodi haqida hujjatli film yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “O‘zteleradio” kompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Abdulhamid Cho‘lponning o‘zbek xalqi madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasi ahamiyatini keng yoritish, uning hayoti va faoliyati haqida turkum ko‘rsatuvlar tayyorlash hamda adib asarlari asosida tele- va videofilmlar yaratish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Abdulhamid Cho‘lpon yubileyini o‘tkazish xarajatlarini respublika budjetidan qoplasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 21-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 21-fevraldagi 100-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon tavalludining 100 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish respublika tashkiliy qo‘mitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Azizxo‘jayev A.‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisi‎
Rahmatov O‘.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi vazifasini bajaruvchi (kelishuvga muvofiq)‎
Jo‘rayev X.‎ —‎ Madaniyat ishlari vaziri, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari‎
Saidov N.‎ —‎ Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari‎
Abdullayev R.‎ —‎ Bastakorlar uyushmasi raisi‎
Abdullayev Sh.‎ —‎ Moliya vazirining o‘rinbosari‎
Aminov N.‎ —‎ Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazining rahbari‎
Jo‘rayev T.‎ —‎ O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti‎
Yo‘ldoshev J.‎ —‎ Xalq ta’limi vaziri‎
Karimov N.‎ —‎ O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutining bo‘lim mudiri‎
Meliboyev A.‎ —‎ “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining bosh muharriri‎
Mirjalilov T.‎ —‎ rassom‎
Muhammad Yusuf‎ —‎ shoir‎
Oripov A.‎ —‎ Yozuvchilar uyushmasining raisi‎
Salimov O.‎ —‎ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri‎
Shog‘ulomov R.Sh.‎ —‎ Davlat matbuot qo‘mitasi raisi‎
Yunusov T.‎ —‎‎ “O‘zbekkino” DAK raisi‎
Qoriyeva B.‎ —‎‎ Teatr arboblari uyushmasi raisi‎
Hakimova Z.‎ —‎‎ O‘zteleradio kompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi‎
Husanboyev B.‎ —‎‎ “O‘zbekturizm” MK raisi‎