Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.02.1997 yildagi 116-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-YILDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISh YAKUNLARI VA 1997-YILDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI ChUQURLAShTIRIShNING USTUVORLIKLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, 1996-yilda makroiqdisodiy barqarorlashtirishni ta’minlashga, moliya va pul-kredit tizimini mustahkamlashga, xususiylashtirish va mulkdorlar sinfini shakllantirishga yo‘naltirilgan iqtisodiy islohotlar yo‘li izchil amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarishning pasayishi bartaraf etildi va iqtisodiy o‘sish ko‘zga tashlandi. Yalpi ichki mahsulot 1996-yilda 1,6 foizga ko‘paydi. Sanoat ishlab chiqarishi hajmi, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, tashqi savdo aylanmasi, don mahsulotlari yetishtirish, chakana tovar aylanmasi, pulli xizmatlar ko‘rsatish, pudrat qurilish ishlari, yuk tashish hajmlari o‘sdi. Inflatsiya darajasi sezilarli qisqardi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyotda ijobiy tarkibiy siljishlar ro‘y berdi. Avtomobilsozlik mikrobiologiya, spirt ishlab chiqarish, qora va rangli metallurgiya, neft-kimyo sanoati va boshqa tarmoqlar jadal rivojlanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashrish, aksiyalashtirish, qimmatli qog‘ozlar bozorini va fond faoliyatini rivojlantirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni shakllantirish bo‘yicha mo‘ljallangan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga aniq mulkdorlar sinfini shakllantirish jarayoni sust bormoqda. Bu ayniqsa qishloq xo‘jaligiga tegishlidir. Xo‘jalik yuritish uslublari va usullari o‘zgarmayapti, aksiyadorlar qonunchilik bilan berilgan huquqlardan sust foydalanishmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir qator korxonalar va ayrim tarmoqlarning moliyaviy ahvoli murakkabligicha qolmoqda. Korxonalarning o‘z aylanma mablag‘lari yetishmasligi sezilmoqda, debitorlik va kreditorlik qarzlari hajmlari ko‘paydi. Korxonalarning texnologik asbob-uskunalarini yangilash sust amalga oshirilmoqda. Marketing tadqiqotlari, ulgurji savdo tizimi qoniqarsiz tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotning tadrijiy va barqaror rivojlanishini ta’minlash, 1997-yilda inson manfaatlarini ta’minlash borasida zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qayd etilsinki, vazirliklar va idoralarning, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalarning rahbarlari mulkdorlar huquqlarini ro‘yobga chiqarish, korxonalarni boshqarishda aksiyadorlarning ishtiroki, moliyaviy ahvolni mustahkamlash, bozorlar konyunkturasini o‘rganish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish, chet ellik investorlarni jalb etish masalalariga zarur darajada e’tibor berishmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining e’tibori bozor infrastrukturasini rivojlantirish, kichik va o‘rta korxonalar, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, ayniqsa qishloq joylarda, aholini sifatli tovarlar bilan ta’minlash, naqd pul emissiyasi darajasini qisqartirish ishlarining sust tashkil etilganligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar 1997-yilda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson manfaatlarining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash uchun iqtisodiy shart-sharoitlar va mustahkam moddiy-moliyaviy baza yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutanosiblashtirilgan budjet-soliq va pul-kredit siyosatini o‘tkazish, inflatsiya darajasini keskin pasaytirish asosida mustahkam makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarni xususiylashtirish va aksiyalashtirishni chuqurlashtirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish, qishloqda mulkiy munosabatlarni isloh qilish yo‘li bilan mulkdorlar sinfini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy barqarorlikni va moliya-kredit tizimining barqaror ishlashini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya faoliyatini faollashtirish, chet el investitsiyalarini keng jalb qilish hisobiga iqtisodiyotni chuqur tarkibiy qayta o‘zgartirishlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport imkoniyatlarini kengaytirish, mahsulotlarni eksport qilish o‘sishini rag‘batlantirish va mahsulot importini maqbullashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
demokratik va bozor islohotlari talablarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 1997-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari dasturi ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining komplekslari, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimliklari tasdiqlangan Dasturning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha aniq tadbirlarni tarmoqlar va hududlar sharoitlariga tatbiqan ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi, Prokuraturasi to‘lov intizomini mustahkamlash bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning bajarilishi va hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar, to‘lovlar va hisob-kitoblarning belgilangan tartibini buzayotgan korxonalar, tashkilotlar va banklarning rahbarlariga nisbatan qat’iy ma’muriy, shu jumladan jinoiy javobgarlik choralarini qo‘llasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha Respublika muvofiqlashtirish kengashi tuzilsin. Shu yil mart oyining birinchi o‘n kunligida Kengashning shaxsiy tarkibi tasdiqlansin. Uning tarkibiga manfaatdor vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, “Biznes-fond”, “O‘zinvestloyiha” kompaniyasining va boshqa tashkilotlarning, shuningdek kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirishga mablag‘ qo‘yuvchi xalqaro va xorijiy tuzilmalarning vakillari kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shu yilning mart oyida kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirishga oid investitsiya loyihalarini tanlab olish bo‘yicha maxsus ishchi komissiyalari tuzsinlar. Ushbu komissiyalarga rahbarlik qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
(5-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 17-fevraldagi 57-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi departamenti “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, “O‘zulgurjimevasabzavot”, kompaniyasi, qishloq va suv ho‘jaligi vazirligi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, “O‘zqishloqxo‘jalikmashxolding” kompaniyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida yetishtiriladigan mahsulotlarni xarid qilishni tashkil etishni takomillashtirish, ularni urug‘lik va ko‘chatlar, mineral o‘g‘itlar, yem-xashak, ixcham texnika va asbob-anjomlar bilan ta’minlash yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. T. Sultonov shu yilning mart oyida Eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish respublika kengashini tuzsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarini jalb etgan holda O‘zbekistonning eksport imkoniyatlarini rivojlantirish davlat dasturini shu yilning 1-mayigacha ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bankrotlik va sanatsiya masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi Vazirlar Mahkamasining tarmoq komplekslari, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar va kompaniyalar ishtirokida ilgari umumittifoq ixtisoslashuviga mansub bo‘lgan, shuningdek texnikaviy jihatdan istiqbolsiz korxonalar ro‘yxatini tuzsinlar hamda ularning tuzilmasini o‘zgartirish, ishlab chiqarishini boshqa mahsulotga qayta ixtisoslashtirish yoki tugatish yuzasidan ikki oy muddatda aniq takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar, fan, ta’lim va madaniyat kompleksi “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat vazirligi, tarkibida o‘quv yurtlari bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat, jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalarini qamrab oluvchi Kadrlar tayyorlash milliy dasturini, demokratik va bozor islohotlari talablarini hisobga olgan holda, ikki oy muddatda ishlab chiqsin hamda ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoqilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar, ekish materiallari va boshqa moddiy va moliyaviy resurslarning o‘simliklar urug‘lari, qishloq xo‘jaligi zonalari, viloyatlar va tumanlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan normativlarini uch oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun kiritsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy-texnika va moliyaviy resurslar ortiqcha sarflanishiga yo‘l qo‘ymagan holda birlamchi hisobga olish tizimini takomillashtirsinlar va xo‘jaliklar xarajatlarning belgilangan normativlariga rioya etishlari ustidan qattiq nazorat o‘rnatsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bahorgi ekish ishlari boshlangunga qadar yuqori klassli urug‘lik va ekish materiallari tayyorlab qo‘yilishini ta’minlasinlar, bunda chigitni plyonka ostiga ekish uchun tuksizlantirilgan chigit hozirlashga alohida e’tibor bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson manfaatlarini ta’minlash borasida 1997-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturining bajarilishi, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning belgilangan ustuvor yo‘nalishlari amalga oshirilishi keng yoritilishini ta’minlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlarning huquqlari, qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi hamda bozor islohotlarining boshqa dolzarb masalalari bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlarini faol olib borsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 28-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 28-fevraldagi 116-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘nalishlari va chora-tadbirlari‎ Hujjat loyihasi‎ Bajarish muddatlari‎ Bajarish uchun mas’ullar‎

1‎

2‎

3‎

4‎

‎‎1. Makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash

1. 1997-yilga belgilangan kredit emissiyasi parametrlariga, pul massasi o‘sishiga. inflatsiya darajasiga, valyutani tartibga solishga, budjet taqchilligiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash

Chora-tadbir majmui

Yakun chiqarishda har chorakda ko‘rib chiqish‎

Markaziy bank Moliya vazirligi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi‎

2. Iste’mol narxlari indeksini hisob-kitob qilish metodikasini takomillashtirish va inflatsiya darajasini prognoz qilish hamda boshqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqish‎

Chora-tadbirlar majmui ‎

II chorak‎

“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Markaziy bank Moliya vazirligi‎

3. Milliy valyuta so‘mning xarid qobiliyati paritetini aniqlash mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish‎

Tadbirlar‎

II chorak‎

“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Markaziy bank Moliya vazirligi‎

4. Milliy hisob-kitoblar tizimi metodologiyasi bo‘yicha tarmoqlararo balansni 21 ishlab chiqishga doir tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish‎

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi‎

III chorak‎

“O‘zistiqbolstat”, Moliya vazirligi‎

5. Inflatsiyaning kutilayotgan sur’atlarini va yil davomida majburiy zaxira talablari normalarini operativ qayta ko‘rib chiqishni hisobga olgan xolda Markaziy bankning mablag‘ bilan qayta ta’minlash stavkalarini har oyda qayta ko‘rib chiqish tartibini ishlab chiqish‎

Tartib‎ I chorak‎ Markaziy bank, Moliya vazirligi‎

II. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish

6. Kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirishning investitsiya loyihalarini tanlash bo‘yicha hududiy maxsus ishchi komissiyalari to‘g‘risidagi Namunaviy nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash‎

Namunaviy nizom‎

mart‎

Davlat mulk qo‘mitasi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, “O‘zinvestloyiha”‎

7. Kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirish va ularga kredit berish bo‘yicha investitsiya loyihalarini taqdim etish va ularni ekspertizadan o‘tkazish tartibini belgilash‎

Tartib‎ Shu yil mart‎ “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi, Biznes-fond” “O‘zinvestloyiha” kompaniyasi, tijorat banklari‎

8. Qishloq xo‘jalik mahsuloti va mahalliy mineral xomashyoni qayta ishlash, xizmat ko‘rsatish sohasi, bozor infrastrukturasi bo‘yicha kichik va o‘rta korxonalar tashkil etishga doir investitsiya takliflari ro‘yxatini tayyorlash ‎

Loyihalar‎ Shu yil 1-maygacha‎ Davlat mulki qo‘mitasi, ro‘yxati “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎

9. Kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi majlisida qabul qilingan qarorlarning qanday bajarilayotganini ko‘rib chiqish‎

Vazirlar Mahkamasi qarori‎ Shu yil 1-iyungacha‎ Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎

10. Qishloq joylarda yangi ish o‘rinlari tashkil etish respublika va hududiy dasturlari loyihalarini, ularni mablag‘ bilan ta’minlash manbalari bilan bog‘lagan holda, puxta ishlash va ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish‎

Vazirlar Mahkamasi qarori‎ II chorak‎ Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Ken?ashi, viloyatlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar‎

11. Korxonalarni xususiylashtirishdan keyin qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmini shakllantirish‎

Vazirlar Mahkamasi majlisi qarori‎ II chorak‎ Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi‎
12. Aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotgan korxonalarning asosiy muassislari bo‘yicha aksiyalar portfeli miqdorlarini, ularni taqsimlash tartibini va shakllantirish mexanizmini belgilovchi normatpv-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar kiritish Taklif‎ I chorak‎ Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zistiqbolstat”, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi‎

13. O‘zbekiston qiyin eriydigan va o‘tga chidamli metallar kombinati, shu jumladan Ingichka konini davlat-aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish‎

Vazirlar Mahkamasi qarori‎ III chorak‎ O‘zbekiston qiyin eriydigan va o‘tga chidamli metallar kombinati. “Maxsusqotishma” respublika tashkiloti, Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi‎

14. Viloyatlar bo‘yicha tovar bozorlarini, ulgurji savdo bazalari va ulgurji do‘konlar tarmoqlarini rivojlantirish va joylashtirish chora-tadbirlarni ishlab chiqish‎

Vazirlar Mahkamasi qarori‎ II chorak‎ O‘zbekbirlashuv. “O‘zbeksavdo”, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat”, qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, ulgurji savdo tashkilotlari va firmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎

15. Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari majmuini ishlab chiqish‎

Vazirlar Mahkamasi qarori‎ II chorak‎ “O‘zmaishiyxizmatuyushma”, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎

16. “Ijara to‘g‘risida” Qonunga lizing operatsiyalariga doir qo‘shimchani ishlab chiqish va kiritish‎

“Ijara to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimcha‎ I chorak‎ Adliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Markaziy bank Moliya vazirligi‎

III. Kredit-moliya tizimining barqaror ishlashini ta’minlash

17. Bankdan tashqari naqd pul oborotini qisqartirish yuzasidan takliflar tayyorlash‎

Tadbirlar rejasi‎ I chorak‎ Markaziy bank, Moliya vazirligi‎

18. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilarini tavakkalchiliklardan va jalb etiladigan kreditlar bo‘yicha sug‘urta qilish mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish. Qishloq xo‘jaligini sug‘urta qilish bo‘yicha “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasini tashkil etish

Vazirlar Mahkamasi qarori‎ I chorak‎ Moliya vazirligi, Markaziy bank. “O‘zbekinvest” kompaniyasi, Adliya vazirligi‎
19. Sug‘urta faoliyati ustidan davlat nazorati to‘g‘risida takliflar tayyorlash‎ Vazirlar Mahkamasi qarori‎ I chorak‎ Moliya vazirligi, “O‘zbekinvest” kompapiyasi‎
20. “Sug‘urta to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif kiritish, unda O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning tadbirkorlik tavakkalchiliklari va mulkiy manfaatlarini sug‘urta qilishni nazarda tutish‎ Taklif‎ II chorak‎ Moliya vazirligi, “O‘zbekinvest”‎

21.O‘zbekiston Respublikasining qimmatli qog‘ozlar bozorini kengaytirishga doir aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish, unda quyidagilar nazarda tutiladi: ‎

Vazirlar Mahkamasi qarori‎ II chorak‎ Moliya vazirligi, Markaziy bank Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyat ko‘rsatishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Adliya vazirligi‎
davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bozoriga xorijiy investorlarning kiritilishi; ‎
davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bozorida dilyerlar doirasining kengaytirilishi;‎
ikkilamchi savdolarning o‘tkazilishi;‎
davlat qisqa muddatli obligatsiyalarining fond va valyuta bozorlari qatnashchilari tomonidan zaxiralanishi‎

22. Pul-buyum lotereyalarini o‘tkazish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash‎

Vazirlar Mahkamasi qarori‎ II chorak‎ Moliya vazirligi‎
23. Kuyidagilar: ‎
qimmatli qog‘ozlar birja va birjadan tashqari bozorlarida, shu jumladan xorijiy bozorlarda qayta tashkil etilayotgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari emissiyasini davlat nomidan birlamchi kafolatli joylashtirish bo‘yicha anderrayting kompaniyasini;‎ Vazirlar Mahkamasi qarori II chorak ‎ Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank :‎
xalqaro standartlarga muvofiq qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha o‘zaro talablarning o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlovchi hi�ob-kitob-kliring palatasini tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash‎ Vazirlar Mahkamasi qarori‎ II chorak‎ Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank :‎

24. “O‘zbekiston Respublikasida depozitar faoliyat to‘g‘risida” Qonun loyihasini ishlab chiqish va kiritish‎

Qonun loyihasi‎ III chorak‎ Davlat mulki qo‘mitasi, “Vaqt” milliy depozitariysi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi‎

25. “Bank bo‘lmagan moliya muassasalari to‘g‘risida” Qonun loyihasini ishlab chiqish‎

Qonun loyihasi‎ II chorak‎ Markaziy bank, Moliya vazirligi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi, Banklar uyushmasi‎

IV. Iqtisodiyotni chuqur tarkibiy o‘zgartirish

26. Quyidagi ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirishni ta’minlovchi tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash:‎

Buxoro neftni qayta ishlash zavodining I navbati qurilishini tugallash;‎

Chora-tadbirlar majmui‎ II chorak‎ “O‘zbekneftgaz” MQ “O‘zmilliy-bank”, “O‘zistiqbolstat”, Moliya vazirligi‎

Andijon gidroliz zavodida va “Qo‘qon” IBda spirt ishlab chiqarishlarining II navbatini qurish;‎

Chora-tadbirlar majmui‎ I chorak‎ “O‘zkimyosanoat”, “O‘zistiqbolstat”, Moliya vazirligi‎

Qizilqum fosforit kombinatining I navbatini qurish;‎

Chora-tadbirlar majmui‎ I chorak‎ “Qizilqumnodirmetalloltin”,“O‘zkimyosanoat”, “O‘zistiqbolstat”, Moliya vazirligi‎

Trans-Osiyo-Yevropa tolali optik aloqa liniyasi qurilishining I navbati bosqichini tugallash;‎

Chora-tadbirlar majmui‎ I yarim yillik‎ Aloqa vazirligi, “O‘zistiqbolstat”, Moliya vazirligi‎

Angren shahridagi kaolin fabrika-sining maydalash bo‘limini foydalanishga topshirish‎

Chora-tadbirlar majmui‎ IV chorak‎ “Ko‘mir” aksionerlik birlashmasi, “O‘zistiqbolstat”, Moliya vazirligi‎

27. Paxta xomashyosini kompleks qayta ishlashni ta’minlash va paxta tolasidan tayyor mahsulot bosqichigacha foydalanishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida takliflar tayyorlash‎

Vazirlar Mahkamasi qarori‎ II chorak‎ “O‘zistiqbolstat”, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekyengilsanoat”, “Mahalliy sanoat”, Adliya vazirligi, “O‘zdavpaxtasanoatsotish”, “O‘zmashsanoat”‎
28. Quyidagilar:‎
Farg‘ona “Azot” IBda Dropp-“Ultra” defolianti; Vazirlar Mahkamasi qarori‎ I chorak “O‘zkimyosanoat”, “O‘zistiqbolstat”, TIAV, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zmilliybank” ‎
“O‘zqog‘oz” ABda sellyuloza va qog‘oz;‎ Vazirlar Mahkamasi qarori‎ I chorak‎ “O‘zbekmebel”, Moliya vazirligi, “O‘zmilliybank”, “O‘zistiqbolstat”, Toshkent shahar hokimligi‎
Farg‘ona kimyoviy tolalar zavodida poliamid-6 ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash‎ Chora-tadbirlar majmui‎ IV chorak‎ “O‘zkimyosanoat”, “O‘zistiqbolstat”, Moliya vazirligi‎

29. Baliqchilik xo‘jaligi, ozuqa yetishtirish, parrandachilik, ipakchilik va shoyi sanoati tarmoqlarini rivojlantirish, ularni texnika bilan qayta jihozlash va ularda raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish‎

Vazirlar Mahkamasi qarori‎ II chorak‎ “O‘zistiqbolstat”, Moliya vazirligi, “O‘zbekyengilsanoat”, “O‘zbaliq”, “Mahalliy sanoat”, “O‘zdonmahsulot” “O‘zparrandasanoat”, Qishloq va suv xo‘jaligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎

30. Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga qurilish uchun tender savdolari o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom ishlab chiqish‎

Nizom‎ II chorak‎ “O‘zistiqbolstat”, “Davarxitektqurilish”, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi‎

‎‎V. Qishloqda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish

31. Qishloqda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mulkiy paylarni joriy qilish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish dasturini ishlab chiqish‎

Vazirlar Mahkamasi qarori‎ I chorak‎ Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi IIM Adliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zistiqbolstat”.‎

32. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirishga oid iqtisodiy eksperimentlar natijalarini umumlashtirish va uni keng joriy etish yuzasidan tavsiyanoma tayyorlash‎

Vazirlar Mahkamasi qarori‎ II chorak‎ “O‘zmevasabzavotuzumsanoat”, “O‘zistiqbolstat”, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi IIM, Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

33. Yer kadastri joriy etilishini hisobga olgan holda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan samarali foydalanish yuzasidan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish‎

Vazirlar Mahkamasi qarori‎ I chorak‎ Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi IIM, “O‘zgeodezkadastr”, “O‘zistiqbolstat”, vazirliklar va idoralar‎

34. Xorijiy kompaniyalar bilan yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasi va mexanizmlari dizel dvigatellari, traktorlar, paxta terish mashinalari, keng qamrovli seyalkalar va boshqalarni ishlab chiqarish yuzasidan qo‘shma ishlab chiqarishlar tashkil etish‎

Ta’sis hujjatlari‎ Yil davomida‎ “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” Toshkent aviatsiya birlashmasi, “O‘zistiqbolstat”, Moliya vazirligi, TIAV, “O‘zmilliybank”‎

35. 1997-yilda qishloq ijtimoiy infrastrukturasini rivojlantirishning qabul qilingan dasturini ro‘yobga chiqarishni ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish‎

Chora-tadbirlar majmui‎ Yil davomida‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “O‘zistiqbolstat”, Moliya vazirligi, vazirliklar va idoralar‎

36. “Ipoteka to‘g‘risida” qonun loyihasini tayyorlash‎

Qonun loyihasi‎ I chorak‎‎ Davlat mulki qo‘mitasi,‎ Adliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

VI. Respublikaning eksport imkoniyatlarini rivojlantirish

37. Eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha Respublika kengashi to‘g‘risida nizom ishlab chiqish‎

Nizom‎ I chorak‎ Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish Departamenti, TIAV, “O‘zistiqbolstat”, Moliya vazirligi, “O‘zmilliybank” va boshqalar‎

38. Eksportni rivojlantirishdagi yaxshi natijalarga erishganlik uchun har yili milliy mukofotlar berish tartibini ishlab chiqish‎

Vazirlar Mahkamasi qarori‎ II chorak‎ “O‘zistiqbolstat”, TIAV, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi‎

39. Markazlashtirilgan mahsulot eksporti to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish‎

Vazirlar Mahkamasi qarori‎ II chorak‎ TIAV, Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi “O‘zmilliybank”, “O‘zistiqbolstat”, “O‘zpaxtasanoatsotish”, vazirliklar va idoralar

40. Eksport mahsulotini, shu jumladan uni barcha turdagi transport bilan amalga oshiriladigan tashuvlarni majburiy sug‘urta qilish tartibini ishlab chiqish‎

Vazirlar Mahkamasi qarori‎ I chorak‎ “O‘zbekinvest”, TIAV, “O‘zistiqbolstat”, vazirliklar va idoralar‎

41. 1997-yilining I choragi yakunlari bo‘yicha chetga chiqarish taqiqlangan, eksport qilinganda aksiz solig‘i undiriladigan litsenziyalar bo‘yicha eksport qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatini tartibga solish, shuningdek eksport poshlinalari stavkalari bo‘yicha takliflar kiritish‎

Vazirlar Mahkamasi qarorlari‎ II chorak‎ TIAV, Davlat soliq qo‘mitasi “O‘zistiqbolstat”, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi‎

42. Import-eksport kontraktlarini eng qisqa muddatlarda ro‘yxatdan o‘tkazishning soddalashtirilgan mexanizmini joriy etish‎

Tartib‎ I chorak‎ TIAV, Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasining bosh bojxona boshqarmasi‎

43. Import qilinadigan tovarlarni jo‘natishdan oldin tekshirish yuzasidan takliflar tayyorlash‎

Takliflar‎ shu yil mart‎ TIAV, Davlat soliq qo‘mitasining bosh bojxona boshqarmasi, “O‘zdavstandart”, “O‘zinvestloyiha”‎
44. Umuman respublika va asosiy sherik davlatlar bo‘yicha to‘lov balansini har chorakda ishlab chiqish hamda uni muvozanatlashtirishni ta’minlash yuzasidan takliflar kiritish‎ Takliflar‎ xar chorakda‎ Moliya vazirligi, “O‘zistiqbolstat”, TIAV, Markaziy bank‎
45. Tashqi savdo bo‘yicha statistika hisoboti tizimini xalqaro me’yorlarga muvofiq takomillashtirish‎ Statistika hisoboti shakli ‎ II chorak‎ “O‘zistiqbolstat”, TIAV, Davlat soliq qo‘mitasining bosh bojxona boshqarmasi‎
46. “Boj tarifi to‘g‘risida” qonun loyihasini tayyorlash‎ Qonun loyihasi‎ I chorak‎ Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, “O‘zistiqbolstat”, Adliya vazirligi‎

VII. Kadrlar tayyorlashni yaxshilash

47. 9-sinfni bitirganlar uchun o‘rta maxsus o‘quv yurtlari tarmog‘ini, shuningdek kichik va o‘rta korxonalar tashkilotchilarini tayyorlash bo‘yicha biznes-maktablar tarmog‘ini rivojlantirishga oid takliflar tayyorlash‎

Vazirlar Mahkamasi qarori‎ II chorak‎ Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zistiqbolstat”, Mehnat vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi‎
48. Maktablar va o‘quv yurtlarida ko‘p bosqichli test sinovlari o‘tkazish tizimini yaratish‎ Vazirlar Mahkamasi qarori‎ III chorak‎ Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi‎
49. Sportning olimpiya turlari bo‘yicha sportchilar tayyorlash dasturini ishlab chiqish‎ Dastur‎ III chorak‎ Davlat sport qo‘mitasi, Olimpiya qo‘mitasi‎
50. “Ta’lim to‘g‘risida” Qonunga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar tayyorlash ‎ O‘zgartirishlar va qo‘shimchalar loyihalari‎ III chorak‎ “O‘zistiqbolstat”, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi‎
51. Aholini ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan tadbirlar rejasini ishlab chiqish‎ Tadbirlar rejasi‎ II chorak‎ “O‘zistiqbolstat”, Mehnat vazirligi Moliya vazirligi‎