Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 03.12.1999 yildagi 517-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IMOM ABU MANSUR AL-MOTURIDIY TAVALLUDINING 1130 YILLIGINI NIShONLASh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kalom ilmining asoschilaridan biri, hadis va fiqh, olamining ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan yirik alloma, buyuk vatandoshimiz Abu Mansur al-Moturidiy ilmiy-diniy merosining xalqimiz ma’naviy-ruhiy hayotidagi beqiyos o‘rni va mamlakatimiz keng jamoatchiligi takliflarini hisobga olib hamda ushbu merosni avaylab asrash, qadrlash va jamiyatning barkamol kishilarini tarbiyalashda undan oqilona foydalanishga shart-sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Samarqand viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasi va jamoat tashkilotlarining 2000-yilda Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini keng nishonlash haqidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu sanaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi tarkibi hamda Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tadbirlari rejasi 1, 2-ilovalarga muvofiq. tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyatining Registonga tutash Chokardiza qabristonidagi Imom al-Moturidiy maqbarasini rekonstruksiya qilish,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat hududidagi Imom al-Moturidiy nomi bilan bog‘liq qadamjolar, obidalar ro‘yxatini aniqlash va ularni ta’mirlash-konservatsiya qilish bo‘yicha belgilangan tartibda taklif tayyorlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda “Imom al-Moturidiy va uning islom falsafasida tutgan o‘rni” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi Imom al-Moturidiy asarlari hamda uning hayoti va ijodiga oid nashrlarni o‘zbek, arab, rus va ingliz tillarida chop etishni nashriyotlar rejasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligiga bag‘ishlangan pochta markalari va xatjildlar chiqarsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Teleradio kompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari Imom al-Moturidiy hayoti va ilmiy faoliyatini, yubileyga tayyorgarlikning borishini keng yoritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasi, homiylik qilish istagini bildirgan xorijiy tashkilot va jismoniy shaxslarning o‘z ulushlarini qo‘shish haqidagi taklif-istaklari qo‘llab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 3-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
517-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-dekabrdagi 517-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Karomatov H.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisi‎
Mansurov A.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi (kelishuv asosida)‎
Jo‘rayev N.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi (kelishuv asosida)‎
Ro‘ziyev E.‎ —‎ Samarqand viloyati hokimi, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari‎
Shodiyev B.‎ —‎ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bayram va yubiley tadbirlarini o‘tkazish direksiyasi rahbari, mas’ul kotib‎
Abdullayev F.‎ —‎ O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktori‎
Bahromov A.‎ —‎ O‘zbekiston musulmonlari idorasining raisi, muftiy‎
Boliyev A.‎ —‎ Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi mas’ul kotibi‎
Jo‘rayev X.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri‎
Jo‘rayev T.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti‎
Ibrohimov N.‎ —‎ Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori‎
Komilov A.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri‎
Ko‘chimov D.‎ —‎ O‘zbekiston Teleradio kompaniyasi raisi‎
Murod Muhammad Do‘st‎. —‎ O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori‎
Munavvarov 3.‎ —‎ Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasining raisi‎
Nosirov A.‎ —‎ Samarqand shahri hokimi‎
Oripov A.‎ —‎ O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi‎
Parpiyev B.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari‎
Ro‘zmetov A.‎ —‎ “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori‎
Sobirov F.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi‎
To‘laganov K.‎ —‎ Toshkent shahri hokimi‎
Xayrullayev M.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi sharqshunoslik instituti direktori‎
Shog‘ulomov R.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasining raisi‎
Husanboyev B.‎ —‎ “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eslatma: Tashkiliy qo‘mita a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga shu lavozimga yangi tayinlangan shaxs kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-dekabrdagi 517-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r‎

Bajariladigan ishlar‎

Bajarish muddati‎

Bajarish uchun mas’ullar‎

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

1. QURILISh IShLARI
1.‎ Samarqand viloyatining Registonga tutash Chokardiza qabristonidagi Imom al-Moturidiy qabrini ta’mirlash, zamonaviy me’morchilik an’analari bilan uyg‘unlashgan maqbarasini barpo etish‎ 2000-yil avgust‎ Madaniyat ishlari vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi‎
2.‎ Yangi maqbarani qurish smeta loyiha hujjatlarini tayyorlash‎ 1999-yil dekabr‎ Madaniyat ishlari vazirligi‎
3.‎ Mamlakat hududidagi Imom al-Moturidiy nomi bilan bog‘liq qadamjolar, obidalar ro‘yxatini aniqlash va ularni ta’mirlash‎ 2000-yil iyul‎ Madaniyat ishlari vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi‎
2. XALQARO TADBIRLAR
1.‎ “Imom al-Moturidiy va uning islom falsafasida tutgan o‘rni” mavzuida, xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazish‎ 2000-yil oktyabr‎ Toshkent islom universiteti, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasi‎
2.‎ Imom al-Moturidiy va uning davri madaniyati, ilm-fanning rivojlanishi haqidagi hujjatli ma’lumotlarni to‘plash‎ yil davomida‎ Fanlar akademiyasi‎
3.‎ O‘zbekistondagi chet el diplomatik korpuslari vakillari bilan respublika ziyolilari, din arboblari va olimlarning yubileyga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuvlarini o‘tkazishni tayyorlash‎ 2000-yil yanvar—avgust‎ Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti‎
3. NAShR IShLARI
1.‎ Chop etiladigan asarlar ro‘yxatini tayyorlash va tasdiqlash‎ 2000-yil yanvar‎ Fanlar akademiyasi, Davlat matbuot qo‘mitasi, “Oltin meros”, Imom al-Buxoriy jamg‘armalari‎
2.‎ Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligiga bag‘ishlangan pochta markasi, konvertlar, plakat va albomlar, esdalik sovg‘alari, taqvim va boshqa mahsulotlar eskizlari va nusxalarini tayyorlash, ishlab chiqarish reja jadvallarini tuzish — hamda tashkiliy qo‘mitada tasdiqlash‎ 2000-yil fevral‎ “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi, “Oltin meros”, Imom al-Buxoriy jamg‘armalari, Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi‎
3.‎ “Imom al-Moturidiy va uning islom falsafasida tutgan o‘rni” mavzuidagi ilmiy-amaliy anjuman tezislarini nashrga tayyorlash‎ 2000-yil may‎ Toshkent islom universiteti, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat matbuot qo‘mitasi‎
4.‎ Imom al-Moturidiy asarlari hamda uning hayoti va ijodiga oid nashrlarni o‘zbek, arab, rus va ingliz tillarida chop etishni nashriyotlarning rejasiga kiritish‎ 2000-yil iyul‎ Fanlar akademiyasi, Davlat matbuot qo‘mitasi, “Sharq” nashriyot-matbaa konserni‎
4. OMMAVIY-MA’RIFIY TADBIRLAR
1.‎ Imom al-Moturidiy hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazma tashkil etish‎ 2000-yil sentyabr‎ Badiiy akademiya, Madaniyat ishlari vazirligi, Fanlar akademiyasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita‎
2.‎ Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligiga bag‘ishlab Toshkent islom universiteti va Toshkent islom oliy ma’hadida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazish‎ 1999-yil dekabr —2000-yil avgust‎ Toshkent islom universiteti, Toshkent islom oliy ma’hadi‎
3.‎ Imom al-Moturidiyning hayoti va faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib qilish‎ 2000-yil davomida‎ “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA, Tashqi ishlar vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi‎
4.‎ Imom al-Moturidiy hayoti va faoliyatini aks ettiruvchi radioeshittirish va televizion ko‘rsatuvlar dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish‎ Yil davomida‎ “O‘zteleradio” kompaniyasi‎
5. TAShKILIY MASALALAR
1.‎ Tashkiliy qo‘mita majlisi kun tartibi masalalarini tayyorlash va bayon qarorlari ijrosini nazorat qilish‎ Doimiy‎ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bayram va yubiley tadbirlarini o‘tkazish direksiyasi‎
2.‎ Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlash bo‘yicha o‘z rejasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish‎ yil davomida‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shaha� hokimliklari, vazirliklar, Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasi, idoralar, jamoat tashkilotlari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bayram va yubiley tadbirlarini o‘tkazish direksiyasi‎
3.‎ Yubiley munosabati bilan savdoga chiqariladigan esdalik sovg‘alari, yodgorlik buyumlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish‎ 2000-yil may‎ “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi, “O‘zbeksavdo” kompaniyasi, Davlat matbuot qo‘mitasi‎
4.‎ Imom al-Moturidiy va uning ijodiy faoliyati haqidagi asarlar ro‘yxatini tayyorlash uchun Fanlar akademiyasi huzurida ekspertlik guruhini tuzish‎ 1999-yil dekabr‎ Toshkent islom universiteti, Fanlar akademiyasi‎
5.‎ “Imom al-Moturidiy va uning islom falsafasida tutgan o‘rni” mavzuida o‘tkaziladigan xalqaro anjumanning ilmiy dasturini tayyorlash va tashkiliy qo‘mitaga taqdim etish‎ 2000-yil fevral‎ Toshkent islom universiteti, Fanlar akademiyasi, Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasi, Tashqi ishlar vazirligi‎
6.‎ Xalqaro anjumanga taklif etiladigan xorijiy ishtirokchilarning ro‘yxatini, ularning O‘zbekistonda bo‘lish dasturini, shu jumladan quyidagilarni tashkiliy qo‘mita tasdig‘iga kiritish:
‎— Xorij va MDH mamlakatlari qatnashchilari ro‘yxati
‎— O‘zbekistondan ishtirok etadigan olimlar va din arboblari ro‘yxati
‎— qabul marosimi ishtirokchilari ro‘yxati
‎— diplomatik korpuslar vakillari ro‘yxati;
— rasmiy delegatsiya a’zolari ro‘yxati;
— ommaviy axborot vositalari vakillari ro‘yxati;
‎— kutib olish va kuzatish tartibi;
‎— esdalik sovg‘alari ro‘yxati‎
2000-yil iyul‎ Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bayram va yubiley tadbirlarini o‘tkazish direksiyasi‎
7.‎ Toshkent aeroportining VIP zali orqali xalqaro anjuman ishtirokchilarini aeroport yig‘imlarisiz kutib olish va kuzatishni tashkil etish‎ 2000-yil sentyabr‎ “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent islom universiteti, Fanlar akademiyasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita‎
8.‎ Xalqaro anjuman ishtirokchilari va mehmonlarni transport vositalari bilan ta’minlash:
‎— aviachiptalarga buyurtma berish;
‎— aviareyslarni aniqlash;
‎— aviachiptalarni sotib olish;
‎— avtotransport vositalariga buyurtma berish‎
2000-yil sentyabr‎ Toshkent islom universiteti, Fanlar akademiyasi, Toshkent shahar hokimligi, Samarqand viloyati hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi‎
9.‎ Xalqaro anjuman ishtirokchilariga taklifnomalar jo‘natish‎ 2000-yil mart‎ Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita‎
10.‎ Xalqaro anjuman ishtirokchilari uchun rasmiy qabul marosimi‎ 2000-yil sentyabr‎ Samarqand viloyati hokimligi, “O‘zbeksavdo” kompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi‎
6. RESPUBLIKA BUDJETI VA MAHALLIY BUDJETDAN AJRATILADIGAN MABLAG‘LAR
1.‎ Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash‎ 2000-yil yanvar‎ Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi‎
2.‎ Imom al-Moturidiy me’moriy maqbarasini barpo etish uchun ajratiladigan mablag‘lar smetasini tashkiliy qo‘mita muhokamasiga kiritish‎ 1999-yil dekabr‎ Moliya vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi,. Samarqand viloyati hokimligi‎