03.02.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2076
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 03.02.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2076
Kuchga kirish sanasi
13.02.2010
Hujjat 14.09.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IJTIMOIY TAʼMINOT MUASSASALARI XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 3-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2076]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi 267-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ijtimoiy taʼminot muassasalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir v.b. A. XAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 28-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84-B-son

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 28-dekabrdagi 84-B-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy taʼminot muassasalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ijtimoiy taʼminot muassasalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 27-noyabrdagi 45-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2076-2, 06.12.2019-y) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2076-2/4120-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalar barcha ijtimoiy taʼminot muassasalari (bundan keyingi oʻrinlarda muassasalar deb yuritiladi) uchun taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Qoidalar muassasalarni loyihalash, qurish va qayta qurishda hisobga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Muassasalarda mehnatni muhofaza qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Muassasalarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil qilish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil qilish haqidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq muassasalarda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ichki nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarga rahbarlik qiluvchi va boshqa mansabdor shaxslarning tezkor nazorati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy-jamoatchilik nazorati (uch bosqichli nazorat);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh mutaxassislar xizmati tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joylarining ahvoli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir ishlarni bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni oʻz vaqtida, toʻgʻri oʻrganib chiqilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri sarflanishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Muassasalarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar bilan yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 27-noyabrdagi 45-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2076-2, 06.12.2019-y) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2076-2/4120-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmati oʻz maqomiga koʻra muassasaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va muassasa rahbari yoki uning oʻrinbosariga boʻysunadi hamda muassasaning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Muassasalarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 27-noyabrdagi 45-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2076-2, 06.12.2019-y) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2076-2/4120-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Xodimlarga yoʻl-yoʻriq berish, oʻqitish va ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish ishlarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Muassasalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari hamda bilimlari sinovdan oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash haqidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi va xodimlar hamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash muassasa rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Xodimlarning sogʻligʻini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Muassasa rahbariyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qoʻmitasi va vakolatli sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Muassasalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 27-noyabrdagi 45-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2076-2, 06.12.2019-y) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2076-2/4120-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tibbiy koʻrikdan oʻtishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan boʻyin tovlagan xodimlarni muassasa rahbariyati ishga qoʻymaslikka haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tibbiy koʻriklar muassasaning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud boʻlmagan holda davolash-profilaktika muassasasi tomonidan oʻtkazilishi lozim. Tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Muassasa rahbariyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, muassasa rahbariyati (yoki ish beruvchi) tomonidan dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davriy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik muassasaning rahbari zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Muassasa maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Muassasa maydonlari va binolarning joylashuvi SanMvaQ II-89-80 “Sanoat tashkilotlarining bosh plani”ga mos boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Muassasada transport vositalarini va piyodalarni muassasa hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Transport vositalari va muassasa hududida piyodalarning harakati chizmasi muassasaga kirish va chiqish, hamda yoʻl va yoʻlaklarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Muassasa maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Muassasa maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Yilning yoz vaqtida yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Yoʻlovchilar uchun yoʻlak va muassasaga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m yon tomonlarida devorcha va toʻsiqlarga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Binolarning tomlarini qishki mavsumda qordan, karnizlarni qotgan muzlardan tozalab turish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Muassasa hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Hovlidagi hojatxonalarni ozoda saqlash, muntazam dezinfeksiya qilish, sutkaning qorongʻi paytida esa yoritilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Bino va inshootlarning (harorati, nisbiy namligi, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning maʼmuriy va maishiy binolari” talabiga mos kelishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Muassasalarda binolar va inshootlardan foydalanish va holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Muassasa binolari va inshootlari bir yilda 2-martadan (bahor va kuzda) kam boʻlmagan holda muassasa rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Koʻrik xulosalari, ulardan topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Xodimlar va muassasada yashovchilar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Halokat bartaraf etilguncha muassasada yashovchilar va ularga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Bino tomlarining chetlari toʻsiqlarga ega boʻlishi va soz holatda saqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Binolarning devorlari, tomi va pardevorlari changdan tozalash uchun qulay yuzaga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Muassasalarning pollari mustahkam materiallardan qilingan boʻlib, tekis, sirpanmaydigan, changimaydigan va tozalashga qulay boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Nogironligi boʻlgan shaxslar harakatlanadigan barcha bino va imoratlarda ular uchun zarur boʻlsa nogironligi boʻlgan shaxsning bino sathiga koʻtarilishiga imkon beruvchi pandus yoki lift xoli bilan jihozlanadigan kamida bitta kirish joylari koʻzda tutilishi shart.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 25-2022/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2076-3, 14.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.09.2022-y., 10/22/2076-3/1014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Muassada yashovchilarning harakatlanish imkoniyatlari cheklangan toifalari va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun binolarning kirish joylari maydonchalarga ega boʻlishi kerak, ularning oʻlchami 1,7 x 1,7 m dan kam boʻlmasligi lozim.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 25-2022/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2076-3, 14.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.09.2022-y., 10/22/2076-3/1014-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Binoda paypaslab harakatlanadigan, koʻrish qobiliyati zaif kishilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda loyihalashda devor boʻylab tutqichli harakatlanish yoʻlagining kengligi 0,9 m boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar harakatlanadigan bino va imoratlarga kirish joylari boʻsagʻasiz boʻlishi lozim, unga zarurat boʻlgan hollarda esa uning balandligi 0,025 m dan oshmasligi kerak.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 25-2022/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2076-3, 14.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.09.2022-y., 10/22/2076-3/1014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrindiqli aravachada harakatlanadigan binolarda koridorning kengligi kamida 1,8 m boʻlishi kerak.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 25-2022/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2076-3, 14.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.09.2022-y., 10/22/2076-3/1014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar harakatlanadigan, balandligi uch qavatdan oshiq binolarda kabinasi 2,1 m dan kam boʻlmagan, maxsus jihozlangan kamida bitta lift oʻrnatilishi kerak.
(44-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 25-2022/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2076-3, 14.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.09.2022-y., 10/22/2076-3/1014-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Shamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Muassasalarda ventilyatsiya-havo almashtirish tizimi binolar va maishiy xonalarda havo oqimi koʻrsatkichlarini sanitariya-gigiyena meʼyorlari darajasida boʻlishini taʼminlashi lozim. Maishiy xonalar QMQ 2.09.12-98 “Korxonaning maishiy va maʼmuriy binolari” talablariga muvofiq oqib keluvchi va soʻruvchi ventilyatsiya bilan jihozlanishi lozim. Muassasalarda havo almashtirish tizimining quyidagi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy mexanik havo haydash — tortish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtonom — mahalliy turlari ishlatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Muassasa rahbari buyrugʻi bilan havo almashtirish tizimi qurilmalarini xavfsiz ishlatish boʻyicha javobgar shaxs tayinlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Ventilyatsiya qurilmalari ishga yaroqli holda saqlanishi, davriy ravishda koʻrikdan oʻtkazilib, tozalanib turilishi, nosozliklar aniqlanganida esa, zudlik bilan taʼmirlanishi lozim. Muassasalarda havo harorati amaldagi GOST 12.01.005 raqamli “Ish zonasidagi havoga umumiy sanitariya-gigiyena talablari” asosida boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimiga qoʻyiladigan talablar
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarni ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Ichimlik suvdan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Ichimlik suvining harorati 8°S dan 20°S gacha boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Muassasa hududidagi hojatxonalar issiq va kanalizatsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Muassasada kanalizatsiya tizimi yoʻq boʻlganda hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmaslikka va ishlab chiqarish kanalizatsiyasiga dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralariga ruxsat etiladi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 25-2022/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2076-3, 14.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.09.2022-y., 10/22/2076-3/1014-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Muassasa maydonida, yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sunʼiy yoritishlar QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Yoritish uskunalarini oʻrnatishda qandillarning turlari, lampalarning quvvati va ularning joylashishi tasdiqlangan loyihaga mos boʻlishi kerak. Montaj paytida va undan soʻng har qanday oʻzgarish va qoʻshimchalar amaldagi meʼyorlarga javob berishi va loyihaga tegishli oʻzgartirish kiritilgan holda amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Barcha xonalarda tabiiy yoritishdan maksimal foydalanishni taʼminlash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Quyosh tomonga qaragan oynalar bevosita quyosh nurlaridan himoyalash qurilmalariga (darparda) ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritishlarining sozligi kamida chorakda bir marta tekshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-§. Mehnat va dam olish yuzasidan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Muassasalarda xodimlarning ish vaqti, dam olish vaqti, shuningdek qisqartirilgan ish vaqti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnat sharoiti oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan muddatining talablari inobatga olingan holda, muassasalarning ichki mehnat qoidalari asosida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Tozalash ishlarini olib borishda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Tozalashni boshlashdan oldin asbob-uskunalarning sozligini (chelak, kurak, pol choʻtkasi va boshqalar) tekshirish hamda yigʻishtiriladigan joyni koʻzdan kechirib, mavjud mebellarni tozalash uchun qulay qilib joylashtirish va elektr taʼminotiga ulangan elektr asboblarini uzib qoʻyish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Devorlar, derazalarni changdan tozalashda ularga montaj qilingan elektr qurilmalari oʻchirib qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Elektr changyutgich va boshqa elektr asboblarni ishlatganda quyidagilarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vilka va rozetkalarda tashqi nosozliklarning yoʻqligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vintlarning, tugunlarning mustahkamligini hamda elektr asboblarining koʻchma detallarining sozligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochilib qolgan tok oʻtkazuvchi simlarning yoʻqligini tekshirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Elektr changyutgich bilan ishlaganda elektr oʻtkazuvchi sim oyoqni ostida boʻlmasligi yoki metall, issiq, nam predmetlarga tegib turmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Ishda tanaffus boʻlganda elektr changyutgich elektr tarmogʻidan uzib qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Elektr changyutgich bilan ishlashda isitish batareyalari, vodoprovod, gaz quvurlari va boshqa metall predmetlarga tegish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Elektr changyutgichdan filtrni (changqop) olish faqat dvigatelni oʻchirib qoʻyilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Xonadagi yopiq elektrshitlar, rozetkalar, yoqib-oʻchiruvchilar faqat quruq latta bilan artilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Balandlikda amalga oshiriladigan tozalash ishlari faqat yoyiladigan narvonlar yordamida bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Tozalash ishlari uchun harorati 50°S dan yuqori boʻlgan suvni, shuningdek kuchli taʼsirga ega zaharli va yonuvchi moddalarni (kislotalar, eritgich, benzin va sh. k.) qoʻllash mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Tozalash uchun issiq suv faqat yopiq idishda olib yuriladi, agar bu maqsad uchun qopqoqsiz idish ishlatilsa, uni koʻpi bilan 3/4 qismi suv bilan toʻldirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Stollarni tozalashda ularda oʻtkir buyumlar (igna, knopka, lezviya, shisha siniqlari va h. k.) boʻlmasligiga eʼtibor qaratish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Elektr stol lampalari, kaminlar, sovutgichlarni elektr tarmogʻidan uzib qoʻyib artiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Xlorlangan suvdan foydalanishda, shuningdek bachoklar, hojatxona va boshqalarni dezinfeksiya qilishda rezina qoʻlqoplardan foydalanish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Pechdan kulni olish va chiqarib tashlash faqat u sovugan holatda (choʻgʻsiz) boʻlganda temir idish va ushlagichi uzun metall kurakchadan foydalanib amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Oynalarni artishda ularning mustahkamligi tekshiriladi, artish keng mustahkam derazatokchada yoki yoyiladigan narvonda turib bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Oynalarni fasad tomondan, derazatokchaning chetida turib artish yoki yuvish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Oynalarni tozalashda oyna parchalarini tushishidan saqlash choralari koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Muassasa binolarida oʻrnatilgan muhandislik inshootlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Muassasa binolarini isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Bugʻ qozoni va suv isitish qozonlarining quvvati barcha texnologik jihozlarning bir paytda baravariga ishlashini, shuningdek ishlab chiqarish, xizmat va yordamchi xonalarni yetarli darajada issiqlik hamda issiq suv bilan ishonchli, uzluksiz taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Suv harorati 1150S dan yuqori boʻlgan bugʻ qozoni va suv isitish qozonlarini oʻrnatish, tayyorlash va ishlatish “Bugʻ va suv isitish qozonlari va xavfsiz ishlatish qoidalari” talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Isitish tizimi suv asosida ishlaganda, uning harorati 150°S, suv bugʻi bilan ishlaganda esa 130°S dan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Qozonlar ish faoliyatini boshqarish uchun oʻlchov-nazorat, xavfsizlikni taʼminlovchi va yoqilgʻi berilishini avtomatik tarzda toʻxtatuvchi asboblar bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Soatiga 100 kg bugʻ ishlab chiqaruvchi bugʻ qozoni va suv isitish qozonlarida kamida ikkita saqlagich klapan oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Klapanlarning jami oʻtkazish qobiliyati qozonning bir soatli ishlab chiqarish quvvatidan kam boʻlmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Bugʻ qozoni va suv isitish qozonlari mustahkam poydevorlarga oʻrnatilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Qozon sirtqi yuzasining harorati 450S dan yuqori boʻlsa, u termoizolyatsiya qatlami bilan qoplanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Qozonxona eshiklari tashqariga ochilishi va qulflanmasligi talab qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Qozonlarni tayyorlash va oʻrnatish “Qozonnazorat obyektlarini tayyorlashni nazorat etish qoʻllanmasi” talablari asosida amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan roʻyxatga olinib, ishlatilayotgan qozonlar belgilangan muddatlarda vakolatli organlar tomonidan javobgar shaxs ishtirokida koʻrikdan oʻtkazilishi lozim.
(87-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 27-noyabrdagi 45-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2076-2, 06.12.2019-y) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2076-2/4120-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Qozonlarni muddatidan oldin koʻrikdan oʻtkazish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qozon bir yildan ortiq vaqt davomida ishlatilmaganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
demontaj qilinib, yana qaytadan oʻrnatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qozonning baʼzi qismlari taʼmirdan chiqarilganida;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassa rahbariyati yoki Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tekshiruv oʻtkazish lozim deb topilganida.
(88-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 27-noyabrdagi 45-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2076-2, 06.12.2019-y) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2076-2/4120-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Bugʻ qozoni va suv isitish qozonlariga xizmat koʻrsatish 18 yoshga toʻlgan, maxsus oʻquv kursini tugallagan va malaka komissiyasida attestatsiyadan oʻtgan shaxslarga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Qozonxonada xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning bilimlari har 12 oyda kamida bir marta belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtkazib turilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Oʻlchov-nazorat asboblarini tekshirish ishlab chiqarish qoʻllanmasida belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Qozondan foydalanish quyidagi holatlarda zudlik bilan toʻxtatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saqlagich qopqoqlarining 50% dan ortigʻi ishlamay qolganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosim belgilangan meʼyordan 10% oshganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv oqayotgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv hajmi suv koʻrsatkich asbobining eng yuqori darajasidan koʻtarilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha taʼminot asboblari toʻxtab qolganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha suv oʻlchov-nazorat asboblari toʻxtab qolganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy qismlarda yoriq, boʻrtib chiqishlar va boshqa nuqsonlar aniqlanganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qozonxonada yongʻin sodir boʻlganida yoki gaz yoʻllarida qurum yoki yoqilgʻi boʻlaklari yonib, xizmat koʻrsatuvchi xodimga yoxud qozonga xavf tugʻdirgan holatlarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Elektr asbob-uskunalariga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Elektr asbob-uskunalaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari hamda Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarining talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(93-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 25-2022/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2076-3, 14.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.09.2022-y., 10/22/2076-3/1014-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Elektrotexnik qurilmalar bilan ishlaydigan barcha xodimlardan mazkur Qoidalarni mukammal bilishlari va ularga qatʼiy rioya etishlari talab etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Ushbu Qoidalarga asosan har bir muassasada elektr xavfsizligi boʻyicha IV-V guruhga ega boʻlgan muhandis-texnik xodimlardan alohida buyruq bilan elektr xoʻjalik boʻyicha masʼul shaxs tayinlanishi lozim. U muassasada elektr xoʻjaligining umumiy holati boʻyicha javobgar boʻlib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Muassasada bosh energetik lavozimi boʻlgan taqdirda, elektr xoʻjalik boʻyicha javobgarlik uning zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Elektr xoʻjalik boʻyicha javobgar shaxs boʻlmagan muassasalarda elektr uskunalaridan foydalanish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Shtatlar jadvalida elektrik lavozimi mavjud boʻlmagan muassasalarda elektr jihozlaridan foydalanish ixtisoslashgan tashkilotlarga shartnoma asosida topshirish yoki boshqa tashkilotlarda ishlovchi elektrikni oʻrindoshlik asosida ishga qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Muassasalarda elektr xoʻjaligi boʻyicha javobgar shaxs quyidagilarni taʼminlashi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr qurilmalarning ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr qurilma, apparatura va tarmoqlarda rejaviy taʼmirlash ishlari va profilaktik sinovlar belgilangan muddatlarda oʻtkazilishini tashkil etishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiya sarfining hisobini olib borishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya vositalari va yongʻinga qarshi jihozlar mavjudligi va ularning oʻz vaqtida sinovdan oʻtkazib turilishini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Elektrotexnik xodimlarning bilimlari har yili 1-marta davriy ravishda sinovdan oʻtkazib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Muassasa elektriklari elektr kuchlanish ostida boʻlgan uskuna, jihoz va kabellar bilan ishlaganda elektr tokidan jarohat olishdan muhofaza qiluvchi asosiy (izolyatsiya qiluvchi shtangalar, izolyatsiya qiluvchi dastali qisqichlar, dielektrik qoʻlqop va etiklar, dielektrik gʻilofli asbob-uskunalar) va qoʻshimcha saqlagichlar (izolyatsiya qiluvchi tagliklar, rezina gilamchalar) hamda himoya vositalari bilan taʼminlanishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Muassasa elektr xoʻjaligida yuqori elektr kuchlanish ostida boʻlgan qurilmalar, kabellar bilan ishlashda saqlagichlarsiz ishlash qatʼiyan man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Elektr kuchlanish taʼsirida boʻlgan elektrotexnika qurilmalarining izolyatsiya qilinmagan qismlariga xodimlarning tasodifan tegib ketishi holatlarining oldini olish maqsadida qurilmalarni toʻsiqlar bilan toʻsib qoʻyish talab qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Uskunalar elektr tarmogʻida izolyatsiyaning buzilishi oqibatida elektr tokining uskuna metall qobigʻiga oʻtishi bilan bogʻliq boʻlgan elektrdan shikastlanishlarning oldini olish uchun elektr qurilmalar yerlangan yoki nollangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Koʻchma yoritish asboblari 36 V tok manbaidan ishlaydigan boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Yongʻin xavfsizligi talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Bino, maishiy-xoʻjalik xonalari va omborlarda elektr xoʻjaligida yongʻin xavfsizligi boʻyicha javobgarlik muassasa rahbari buyrugʻiga binoan tegishli xizmatlar rahbarlari yoki boshqa mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Muassasa binolari va maishiy-xoʻjalik xonalari uchun yongʻin xavfsizligi qoidalari, normativ hujjatlar talablari asosida yongʻinning oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar ishlab chiqilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. Yoʻl-yoʻriqlarda quyidagi masalalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino, inshoot, hududni hamda binoni tark etish yoʻllarini saqlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfi mavjud boʻlgan ishlar (payvandlash, elektr jihozlaridan foydalanish, taʼmirlash va h. k.)ni bajarishda yongʻin xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan tadbirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlash, tez alangalanish, yonish xavfi boʻlgan materiallarni saqlash hamda tashish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chekish joylari, ochiq olovdan foydalanish va olov bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yonuvchi mahsulotlar va materiallarni saqlash, yigʻish, muassasa binosidan olib chiqish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlash yoki yongʻinga olib kelishi mumkin boʻlgan nazorat-oʻlchov asboblari (manometr, termometr va boshqalar)ning chegaraviy qiymatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin vaqtida xodimlarning vazifalari va harakati yoritilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. Binoning barcha xonalari, omborxona va yordamchi binolarning koʻrinarli joylarida yongʻindan saqlanishning asosiy qoidalari va oʻt oʻchirish xizmatining telefon raqamlari yozilgan eslatma varaqalari boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. Yengil yonuvchi chiqindilar alohida ajratilgan maydonchadagi qutilarga yigʻilishi va muassasa hududidan oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Binolar, maishiy-xoʻjalik xonalari, yoʻlaklar, omborxonalar birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari hamda yongʻindan xabar berish texnik vositalari bilan toʻliq jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Arxiv, omborxona, havo almashtirish uskunalari oʻrnatilgan xonalar, xoʻjalik va yongʻin nasoslari xonalari eshiklari yongʻinga chidamli qilib ishlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. Yongʻin nasoslari dvigatellari hamda yongʻindan xabar berish avtomatika tizimi moslamalariga elektr toki transformator podstansiyalaridan alohida tortilgan sim orqali keltirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. Muassasalarning yongʻin nasoslari dvigatellari hamda yongʻinni oʻchirish tizimi moslamalarining yoqilishi avtomatlashgan tarzda havo almashtirish va sovutish tizimlarining oʻchirilishi bilan bogʻliq ravishda amalga oshirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115. Muassasa binolarining har bir qavatida yongʻin sodir boʻlganida, xodimlar va muassada yashovchilarni koʻchirish chizmasi oʻrnatilishi shart. Chizmada xonalar, yoʻlaklar, birlamchi yongʻinni oʻchirish vositalari, telefon joylashuvi, xodimlar va muassada yashovchilarni favqulodda holatda zaxira chiqish yoʻllaridan harakat qilish yoʻnalishlari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116. Zaxira chiqish yoʻllarida, qavatlarda, zinapoya va oʻtish joylarida navbatchi yoritish chiroqlari oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117. Zaxira chiqish eshiklari tashqari tomonga ochilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118. Binoning har bir qavatidan evakuatsiya chiqish joylari soni ikkitadan kam boʻlmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119. Muassasa bino va inshootlarida quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yertoʻla, sokol qavatlarida yonuvchi suyuqliklar, gaz sigʻimlari, portlash xavfi boʻlgan mahsulotlarni saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chordoqlarda, texnik qavatlarda, ventkameralar va boshqa texnik xonalarda uskunalarni va boshqa narsalarni saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zinapoya maydonchalari, zinapoyalar, lift xollari, zaxira chiqish yoʻlaklarini har xil mebellar, shkaf, uskuna va boshqa narsalar bilan toʻsib qoʻyish hamda chiqish eshiklarini muhrlab qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaxira chiqish yoʻllarining devorlari, shift va pollariga yengil yonuvchi materiallar bilan ishlov berish, boʻyash, shuningdek zinapoyalar va ular oldidagi xollarga yonuvchi qurilish materiallaridan ishlov berish, yogʻoch panellar bilan bezash, turli qoʻshimcha xizmat xonalarini qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaxira chiqish yoʻllariga yengil yonuvchi sunʼiy poyondozlarni toʻshash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yonuvchi, yengil yonuvchi suyuqliklarni xonalarga olib kirish hamda boshqa maqsadlarda ochiq olovdan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xonalardagi elektr isitkich asboblar, kompyuter va yordamchi asbob-uskunalarni elektr tarmogʻiga ulangan holda qoldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr uskuna va jihozlarni ekspluatatsiya qilishdan avval ularni ishlab chiqargan tashkilot tomonidan berilgan tavsiya va yoʻriqnomada keltirilgan foydalanish qoidalari bilan tanishib chiqmasdan ishlatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr tarmogʻida qisqa tutashuvni keltirib chiqaruvchi, sanoat tashkilotlarida ishlab chiqarilmagan yasama saqlagichlardan, nosoz rozetka, elektr uzgich (rubilnik) va boshqa elektr uskunalaridan, shuningdek qobiqlarining himoyalash darajasi yoʻqolgan yoki zararlangan elektr kabellar va simlardan foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120. Muassasa hududida payvandlash yoki yongʻin chiqadigan bir martalik boshqa ishlar boʻyicha yongʻin xavfsizligi choralarini taʼminlash, ushbu ishlar olib boriladigan ish joyi rahbarining zimmasiga yuklatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121. Payvandlash va olov bilan olib boriladigan ishlarga yongʻin xavfsizligi boʻyicha bilimlari tegishli tartibda sinalgan va bir martalik ruxsatnomaga ega boʻlgan shaxslar qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122. Payvandlash va olov bilan olib boriladigan ishlarni bajarish uchun bir martalik ruxsatnoma joriy ish kuniga beriladi. Ishlar bir necha kun davom ettiriladigan boʻlsa, ish joyi rahbariyat tomonidan qayta tekshiruvdan oʻtkazilgandan soʻng, ushbu ruxsatnoma muddati uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123. Muassasalarda ichki gidrant tarmogʻi joylardagi suv tarmogʻiga ulangan boʻlib, suv quvurlariga oʻrnatilgan yongʻin joʻmraklari, yeng va dastaklar maxsus yongʻin qutilar ichida joylashtiriladi. Yeng va dastak yongʻin joʻmragiga ulab qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
124. Yongʻin joʻmraklarining ishga yaroqliligi har 6 oyda joʻmraklaridan suv chiqarib, u necha metr masofaga otilib chiqishi tekshirib koʻriladi va dalolatnoma asosida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
125. Gidrant qutilariga joʻmraklarning belgisi, qutining tartib raqami, yaqinda joylashgan oʻt oʻchirish qismi telefon raqamlari yozib qoʻyilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126. Gidrant tarmogʻi oʻtkazilmagan yoki oʻtkazilgan taqdirda ham suv bosimi yetarli boʻlmagan joylarda, yaʼni har qavatga toʻgʻri keladigan suv bosimi 1,5 atm dan kam boʻlgan holatlarda, bino yaqinida suv havzasi boʻlishi va u suvni bosim ostida binoning yuqori qavatlariga yetkazib berish moslamasi — motopompa yoki elektr nasos bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
127. Yongʻin jihozlaridan xoʻjalik maqsadlarida foydalanish qatʼiyan man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
128. Yongʻinga qarshi suv havzalari doimo soz holatda boʻlishi, ichidagi suv hajmi yongʻinni oʻchirish uchun yetarli boʻlishi kerak. Suv havzalarining ishga yaroqliligi yiliga kamida ikki marotaba, bahor va kuz mavsumlarida tekshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
129. Muassasa binolari, xonalari amaldagi meʼyor talablari asosida birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
130. Bino qavatlarida oʻrnatilgan yongʻin oʻchirgichlar bir turda boʻlishi, ularda asosiy koʻrsatkichlar hamda foydalanish qoidalari bitilgan yorliq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131. Binolardagi yongʻin oʻchirish doimo soz holda boʻlishi, koʻrinarli va iloji boricha xonadan chiqish eshigiga yaqin joyga oʻrnatilgan boʻlishi, olishga qulay boʻlishi, ularga borish yoʻllari toʻsilmasligi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
132. Har oʻn kunda binolarda oʻrnatilgan yongʻin oʻchirgichlariga qoʻyilgan tamgʻalar, manometrlar koʻrsatkichlari ruxsat etilgan chegaraviy qiymatidan tushib ketmaganligi koʻzdan kechirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
133. Karbonat angidrid gazi asosidagi OU rusumli yongʻin oʻchirgichlarni haddan tashqari qizib ketishdan va quyosh nurlari tushishdan saqlash kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
134. Yongʻin oʻchirgich ballonlarining yuqori bosimga chidamliligi har besh yilda tekshiruvdan oʻtkazilishi lozim. Agar yongʻin oʻchirgichlarni qayta tekshiruvdan oʻtkazish muddati ballon sirtiga oʻyib yozilgan muddatdan oʻtib ketsa yoki unga qoʻyilgan tamgʻa (plomba) buzilgan boʻlsa, yongʻin oʻchirgichlar almashtirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
135. Koʻpikli yongʻin oʻchirgichlarning kimyoviy tarkibi har yili kamida bir marotaba tekshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
136. Koʻpikli yongʻin oʻchirgichlar qishki mavsumda (havo harorati 10°S darajadan past boʻlganda) isitilgan xonalarga olib kirilishi zarur. Yongʻin oʻchirgich olingan joyga yongʻin oʻchirgich qoʻyilgan xonaning tartib raqami osib qoʻyilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
137. Mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmagan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(137-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
138. Ishlarni bajarish bilan bogʻliq holda xodimlarning salomatligiga yetkazilgan zararlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
(138-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
139. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi va “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 15-dekabr

Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 15-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKROMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 15-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vaziri Gʻ. SHOUMAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 15-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 15-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi I. XOLMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 15-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 15-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 5-son, 46-modda, 51-son, 495-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2076-2/4120-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 14.09.2022-y., 10/22/2076-3/1014-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son; 19.05.2026-y., 10/26/3834/0502-son)