11.09.2008 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan Ozarbayjon Respublikasi Aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi oʻrtasida Bitim
Kuchga kirish sanasi
29.07.2009
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan Ozarbayjon Respublikasi Aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim

AXBOROT VA KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI SOHASIDA HAMKORLIK TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan Ozarbayjon Respublikasi Aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 27-mayda Boku shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasida doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma qoidalariga asoslanib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi doirasida axborot va kommunikatsiya texnologiyalari (bundan keyin “AKT”) sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga intilib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli mamlakatlar jamoatchiligiga samarali va barqaror xizmat koʻrsatishning umumiy maqsad va manfaatlariga amal qilib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar uchun axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida umumiy ahamiyatga ega fikrlar, axborot, bilim va tajriba almashishni oʻta samarali deb hisoblab,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar oʻrtasida AKT sohasida iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashda mavjud salohiyat va imkoniyatlardan toʻla foydalanish zarurligini anglab,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AKT sohasida Tomonlar oʻrtasida sarmoyalarning oʻsishida koʻmaklashish, qoʻshma korxonalarni rivojlantirish, umumiy manfaatlarni kengaytirish, texnologik taraqqiyot va iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga intilishni inobatga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda

Tomonlar, oʻz vakolatlari doirasida munosabatlarini oʻzaro manfaatdorlik asosida quradilar, Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligi, xalqaro huquq normalari va prinsiplari hamda ushbu Bitim qoidalariga muvofiq AKT sohasida iqtisodiy, sanoat, texnik, ilmiy va taʼlim yoʻnalishlarida hamkorlikni kelgusida ham rivojlantirish va mukammallashtirish majburiyatini oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda

Tomonlar oʻrtasidagi hamkorlik yoʻnalishlari AKTga oid quyidagi sohalarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Tomonlar mutaxassislari oʻrtasida telekommunikatsiyani tartibga solish boʻyicha tajriba almashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) “elektron hukumat”ni shakllantirish va elektron raqamli imzo texnologiyalarini tatbiq etishda hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) AKT sohasida investitsiya jalb etishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) oʻzaro manfaatli shartlar asosida AKT sohasida qoʻshma korxonalar tashkil etishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Oʻzbekistonning taʼlim muassasalarida Ozarbayjon mutaxassislari uchun oʻquv kurslari tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) AKT sohasida qoʻshma seminar, konferensiya, forum va koʻrgazmalar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) ikki mamlakat milliy manfaatlari bir xil boʻlganda xalqaro tashkilotlarda (Butunjahon pochta ittifoqi, Xalqaro elektron aloqa ittifoqi va Aloqa sohasida mintaqaviy hamdoʻstlik kabilar) bir-birini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) ikki mamlakatning mavjud tranzit telefon trafigi almashinuvi imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalarini mutaxassislar darajasida muhokama qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) tajriba almashish maqsadida Tomonlardan har biri mutaxassislarining safarlarini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) oʻzaro kelishuv boʻyicha AKT sohasidagi hamkorlikning boshqa yoʻnalishlari va shakllari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda

Tomonlar mamlakatlarining tegishli organlari, tashkilotlari va korxonalariga AKT sohasida axborot almashuvini kengaytirish, mustahkam aloqalar shakllantirish va shuningdek bajarilgan ishlarni takomillashtirish, ishbilarmonlar aloqalarini kengaytirish, yangi texnologiyalarni qoʻllash maqsadida maxsus dasturlar va loyihalar bajarish sohasida hamkorlikda koʻmaklashishga yordam beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar qishloq joylarda telekommunikatsiyani rivojlantirish sohasida umumiy amaliyotdan foydalanish uchun, mahalliy tarmoqlarni raqamlashtirish va tartibga solishda ikkala Tomon mutaxassislarining ishlarini muvofiqlashtirilishini taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda

Ushbu Bitim qoidalari Tomonlarning boshqa xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan huquqlari va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda

Tomonlar birgalikdagi faoliyat doirasida boshqa Tomonga beriladigan maxfiy axborotni himoya qilish va shuningdek hech qanday uchinchi tomonga tarqatmaslik maqsadida Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligiga muvofiq zarur chora-tadbirlarni oʻtkazishga javobgardirlar, boshqa Tomonning yozma ravishdagi ruxsati olingan holatlar bundan mustasno. Ushbu Bitimning amal qilishi toʻxtatilgan taqdirda mazkur modda qoidalari amal qilishni davom etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda

Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda yoki qoʻllashda yuzaga keladigan Tomonlar oʻrtasidagi har qanday bahslar muzokaralar yoki maslahatlashuvlar yoʻli bilan hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda

Ushbu Bitim qoidalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha Tomonlar oʻrtasidagi yozishmalar rus tilida olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda

Ikki Tomonning oʻzaro roziligiga koʻra mazkur Bitimga uning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadigan, alohida protokollar bilan rasmiylashtiriladigan va 9-moddada koʻrsatilgan tartibda kuchga kiradigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda

Ushbu Bitim diplomatik kanallar orqali Tomonlarning uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat protseduralarini bajarganligi toʻgʻrisidagi soʻnggi yozma xabarnomani olgan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim 5 (besh) yil muddatga tuziladi va Tomonlardan hech biri uning amaldagi muddatining yakunidan kamida olti oy avval boshqa Tomonni Bitimning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilmasa, uning amal qilish muddati keyingi bir yillik muddatga oʻz-oʻzidan uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boku shahrida 2008-yil 11-sentabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek, ozarbayjon va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, rus tilidagi matn asos qilib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2009-y., 2-3-son)