1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAZORAT QILUVCHI ORGANLAR MANSABDOR SHAXSLARINI XOʻJALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARDA TEKSHIRISH OʻTKAZISH HUQUQINI BERISH BOʻYICHA ATTESTATSIYADAN OʻTKAZISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 20-yanvarda roʻyxatidan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2070]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 21-noyabrdagi 527-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2070-1, 21.11.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirish oʻtkazish huquqini berish boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 25-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2009-yil 25-dekabrdagi 4-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirish oʻtkazish huquqini berish boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 8-modda) 6-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 19-noyabrdagi PF–2114-son “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 10-11-son, 209-modda) 7-bandiga muvofiq nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirish oʻtkazish huquqini berish boʻyicha attestatsiyadan (keyingi oʻrinlarda attestatsiya deb yuritiladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Attestatsiya nazorat qiluvchi organlarning tekshirish oʻtkazuvchi mansabdor shaxslarini (keyingi oʻrinlarda xodimlar deb yuritiladi) malaka va professionallik darajasini baholash, shuningdek ularning nazorat organi faoliyatiga hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishga taalluqli qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan masʼuliyatini oshirish maqsadida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Attestatsiya oʻtkazishda majburiylik, davriylik, oshkoralik, xolislik va kollegiallik asosiy tamoyillar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xodimlar soni, shuningdek ularga qoʻyiladigan kasbiy talablar har bir nazorat qiluvchi organ tomonidan oʻrnatilgan tartibda qonun hujjatlari bilan unga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning oʻziga xos taraflari va xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xodimlar nazorat qiluvchi organ tomonidan belgilangan davriylikda, lekin kamida uch yilda bir marta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Attestatsiya komissiyasini tuzish va uning ishini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Attestatsiya nazorat qiluvchi organ buyrugʻi asosida tashkil etiladigan, kamida besh kishidan iborat boʻlgan attestatsiya komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. Attestatsiya komissiyasi rais, kotib va aʼzolardan tashkil topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organning buyrugʻi bilan uning joylardagi boʻlinmalarida hududiy yoki hududlararo attestatsiya komissiyalari tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Attestatsiya komissiyasi oʻz faoliyatini doimiy ravishda amalga oshiradi, uning faoliyati tashkiliy jihatdan attestatsiya komissiyasining ishchi organi tomonidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organ funksiyasini nazorat qiluvchi organning kadrlar bilan ishlovchi tuzilmasi bajaradi va uning vakili attestatsiya komissiyasining kotibi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organ quyidagi vazifalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat qiluvchi organning tegishli tuzilmasi bilan birgaliklikda attestatsiyani oʻtkazish uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyani oʻtkazish uchun xodimlar roʻyxatini tuzadi va attestatsiya komissiyasiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyani oʻtkazish uchun savollar roʻyxatini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya oʻtadigan sana va joyi toʻgʻrisida xodimlarga xabar qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomga asosan attestatsiya komissiyasi ishi hamda uning qarorlari ijrosi bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Attestatsiya komissiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan oʻtayotgan xodim haqida qisqacha axborotni tinglaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan oʻtayotgan xodimga savollar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya yakunlari boʻyicha ochiq ovoz berishni oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan oʻtayotgan xodim faoliyatini yaxshilash boʻyicha tavsiyalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatini tekshirish oʻtkazish huquqi berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya oʻtkazish, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari asosida xodimga avval berilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirish oʻtkazish huquqini tasdiqlovchi hujjatni bekor qilish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etishga doir qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Attestatsiyani oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Attestatsiyani oʻtkazish muddati attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan xodimlarning xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirish oʻtkazish huquqini tugash muddati, nazorat qiluvchi organning tuzilmasi, shtat birligini oʻzgarishi, xodimlar qoʻnimsizligi va boshqa holatlarni inobatga olib, nazorat qiluvchi organ rahbari bilan kelishgan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Attestatsiyani oʻtkazish toʻgʻrisida nazorat qiluvchi organ rahbarining xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirish oʻtkazish huquqini berish boʻyicha attestatsiyadan oʻtadigan xodimlar roʻyxati tasdiqlash hamda attestatsiya oʻtkazishni tashkillashtirish boʻyicha buyrugʻi qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xodimlar roʻyxatiga nazorat qiluvchi organning xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirish oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan (muddati tugagan yoki tugayotgan) va bunday huquqni olishga taklif etilayotgan xodimlari kiritiladi. Bunda xodimlar roʻyxatiga oldin xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirish oʻtkazish huquqi berilgan, ammo xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirish oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlmagan lavozimga oʻtgan xodimlar kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirish oʻtkazish huquqini beriladigan har bir xodim boʻyicha nazorat qiluvchi organning tegishli tuzilmasi rahbari tomonidan ushbu xodimning ish faoliyatida erishgan natijalari, ijobiy va salbiy xususiyatlari toʻgʻrisida attestatsiya komissiyasiga xizmat tavsifnomasi taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiyadan oʻtkaziladigan xodim attestatsiyadan kamida ikki hafta oldin, attestatsiyani oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq va oʻzi haqidagi xizmat tavsifnomasi bilan imzo qoʻydirilgan holda tanishtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Attestatsiya komissiyasi yigʻilishi attestatsiya komissiyasi tasdiqlangan tarkibining 3/4 qismi qatnashsa vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Attestatsiya attestatsiyadan oʻtayotgan xodim bilan suhbat shaklida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiyadan oʻtuvchi xodim haqidagi tavsifnoma va savollarga berilgan javoblarni inobatga olgan holda har bir attestatsiyadan oʻtuvchi xodimga nisbatan ochiq ovoz berish yoʻli bilan alohida qaror qabul qilinadi. Qaror attestatsiyada ishtirok etgan attestatsiya komissiyasi aʼzolarining koʻpchiligi ovoz berganda, qabul qilingan deb hisoblanadi. Attestatsiya komissiyasi aʼzolarining ovozlari teng boʻlgan taqdirda attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi boʻlib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Attestatsiya natijasi boʻyicha attestatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodim attestatsiyadan oʻtdi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodim attestatsiyadan oʻtmadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Har bir attestatsiyadan oʻtayotgan xodimga ikki nusxada mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida tekshirish oʻtkazish huquqini berish boʻyicha attestatsiya varaqasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiya yakuni boʻyicha attestatsiya komissiyasi tomonidan qabul qilingan qaror attestatsiya komissiyasi raisi, kotibi hamda aʼzolari tomonidan imzolanadigan attestatsiya varaqasiga kiritiladi. Attestatsiya varaqasining ikkinchi nusxasi attestatsiya oʻtkazilgandan keyin uch kun muddatda attestatsiyadan oʻtgan xodimga imzo qoʻydirilgan holda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Attestatsiya yakunlari boʻyicha uch kunlik muddatda bayonnoma tuziladi. Bayonnomada attestatsiya oʻtkazilgan sana va joyi koʻrsatiladi hamda attestatsiya varaqalari ilova qilinadi. Bayonnoma attestatsiya komissiyasi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi va unda har bir attestatsiyadan oʻtuvchi xodimga berilgan savollar mazmuni, javoblar toʻgʻriligi, shuningdek xodimga xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirish oʻtkazish huquqini berish haqida qabul qilingan qarori koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Attestatsiya komissiyasi tomonidan “xodim attestatsiyadan oʻtdi” deb qaror qabul qilingan xodimga attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilanadigan, ammo nazorat qiluvchi organ tomonidan oʻrnatilgan attestatsiyani oʻtkazish davriyligidan oshmagan muddatga xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirish oʻtkazish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Attestatsiyaga uzrli sabablarga koʻra (kasalligi tufayli, xizmat safarida boʻlgan va hokazolar) kelmagan xodimlar attestatsiya komissiyasining keyingi yigʻilishiga qoʻyiladigan xodimlar roʻyxatiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiyadan oʻtmagan xodim, mazkur masala haqidagi tegishli attestatsiya komissiyasi qaroriga muvofiq, ammo attestatsiya oʻtkazilganidan kamida uch oydan keyin qayta attestatsiyaga qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiyadan oʻtmagan hamda unga nisbatan attestatsiya komissiyasi tomonidan qayta attestatsiyaga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan, shuningdek tekshirish huquqi bekor qilingan xodim attestatsiya komissiyasining tegishli yigʻilishi oʻtkazilgan kundan kamida bir yil muddat oʻtgandan keyin qayta attestatsiyaga qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiyadan oʻtgan xodimga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirish oʻtkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma (keyingi oʻrinlarda maxsus guvohnoma deb yuritiladi) beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Maxsus guvohnomalari blanklarini tayyorlash, koʻpaytirish, berish, saqlash va hisobini olib borish nazorat qiluvchi organning mablagʻlari hisobidan, xodimlarning xizmat guvohnomalari uchun belgilangan tartib boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Maxsus guvohnoma yoʻqotilgan yoki foydalanish uchun yaroqsiz holatga kelib qolgan hollarda xodimning murojaati asosida nazorat qiluvchi organ yoki uning hududiy boʻlinmasining buyrugʻi bilan unga maxsus guvohnomaning dublikati berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Nazorat qiluvchi organlarning xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida tekshirish oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan xodimlari ushbu nazorat qiluvchi organning xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida tekshirish oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa lavozimiga oʻtgan taqdirda, unga dastlab berilgan maxsus guvohnoma oʻrniga ushbu maxsus guvohnoma amal qilish muddatiga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirish oʻtkazish huquqi beruvchi yangi maxsus guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Attestatsiya komissiyasi qarori yuzasidan belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirish oʻtkazish huquqini berish boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirish oʻtkazish huquqini berish boʻyicha
Attestatsiya komissiyasi qarori bilan tanishdim, mazkur attestatsiya varaqasini ikkinchi nusxasini oldim.
______________________
(sana, imzo, xodimning F.I.O.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirish oʻtkazish huquqini berish boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiya komissiyasining 20__yil ___._______dagi___-sonli qaroriga asosan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini 20__yil ___. _________gacha tekshirish huquqi berildi.
Xizmat guvohnomasi bilan birgalikda koʻrsatiladi.
(nazorat qiluvchi organ rahbarining imzosi, F.I.O.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: maxsus guvohnomaning hajmi, oldi va orqa tarafining rangi nazorat qiluvchi organning xizmat guvohnomasi koʻrsatkichlariga asosan belgilanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 3-4-son, 26-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2018-y., 10/18/2070-1/2198-son)