O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
1998 YILGI BAHORGI DALA IShLARINI O‘Z VAQTIDA O‘TKAZISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1998-yil hosili uchun bahorgi dala ishlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari shu yil 28-aprelgacha asosiy maydonlarda chigit ekishni tugallash, 5-maygacha esa nihollarni to‘liq undirib olish uchun barcha bahorgi dala ishlarini o‘z vaqtida o‘tkazish yuzasidan zarur tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan chigit ekish muddatlari bo‘yicha taklifi 1-ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari chigit ekishni va ularning navlar bo‘yicha joylashtirilishini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1998-yil hosili uchun paxta navlarini joylashtirishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 15-yanvardagi 24-son qaroriga 1-ilovaga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1998-yilda paxtani plyonka ostida yetishtirish masalalari to‘g‘risida” 1998-yil 21-yanvardagi 37-son qaroriga 1a-ilovaga muvofiq ta’minlasinlar.
2. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi chigit va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda mashina-traktor parklarining samarali ishlashini ta’minlasin hamda qishloq xo‘jalik texnikasi uchun zarur ehtiyot qismlar, uzellar va agregatlar jamlanishini va qishloq xo‘jalik korxonalariga o‘z vaqtida yetkazib berilishini tashkil etsin, mashina va mexanizmlarning yuqori darajada texnikaviy tayyorligini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi qishloq xo‘jaligi korxonalarini navlarning tasdiqlangan joylashtirilishiga qat’iy muvofiq ravishda yuqori sifatli urug‘lik va ko‘chatlar bilan ta’minlasinlar, tuksizlantirilgan chigitlarni va ularning plyonka ostiga ekish uchun dalalarni tayyorlashni alohida nazoratga olsinlar. Kuzgi boshoqli don ekinlarini o‘z vaqtida oziqlantirish, sug‘orish va ularni parvarish qilish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 16-mart,
112-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-martdagi 112-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Chigit ekishni tugallashning
taxminiy muddatlari
| |
Ekish maydoni, ming gektar |
Ekishni tugallash muddatlari | ||
| jami | shu jumladan plyonka ostida |
plyonka ostida | barcha maydonlarda | |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 145 | 15 | 25.04 | 28.04 |
| viloyatlar: | | | | |
| Andijon | 110 | 90 | 10.04 | 10.04 |
| Buxoro | 129 | 20 | 15.04 | 15.04 |
| Jizzax | 111 | 10 | 15.04 | 20.04 |
| Qashqadaryo | 173 | 17 | 10.04 | 20.04 |
| Navoiy | 44 | 10 | 15.04 | 20.04 |
| Namangan | 95 | 50 | 15.04 | 20.04 |
| Samarqand | 97 | 34 | 15.04 | 23.04 |
| Surxondaryo | 120 | 30 | 10.04 | 20.04 |
| �irdaryo | 141 | 10 | 15.04 | 25.04 |
| Toshkent | 108 | 34 | 15.04 | 25.04 |
| Farg‘ona | 127 | 50 | 10.04 | 15.04 |
| Xorazm | 100 | 50 | 15.04 | 22.04 |
| Jami | 1500 | 420 | 25.04 | 28.04 |